Yuklanmoqda...

Toshkent. Opera va Balet akademik teatri




Opera va Balet akademik teatri
Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Alisher Navoiy nomli katta Davlat Opera va Balet akademik teatri 1939-yil o`zbek musiqiy teatri asosida tashkil etilgan. Teatr binosi, qurilishi, arxitekturaviy asosi o`zbeklar ruhiyatini, milliyligini aks etirishi lozim deya topildi va ko`pgina tanlovlar asosida akademik A.V.Shusaev loyihasi g`olib deya e`lon qilindi. 1947-yilning noyabr oyida teatr o`z faoliyatini boshladi. Teatr o`z faoliyatini boshlagandan beri Toshkent shahrining faxri va ko`rki hisoblanadi. Bu yerda qanchadan qancha buyuk ijod ahli o`z san`atini namoyish etgan va etib kelmoqda. Hozirda teatr binosining ro`parasida musiqaviy chiroqlar bilan bezatilgan favvora insonlar ko`nglini hushnud etmoqda.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar