Yuklanmoqda...

Kichik Chimyon



  
Kichik Chimyon - Toshkent viloyatidagi togʻ. Chotqol togʻining shimolida joylashgan. Chotqol togʻ tizmasi tarkibiga kiradi. Gʻarbdan Chimyonsoy vodiysi, januni-gʻarbdan Katta Chimyon togʻi va sharqdan Qoʻylisoy bilan oʻralgan.

Katta Chimyon togʻidan Gulik dovoni orqali ajralib turadi. Eng baland joyi 2098 m. Paleozoy togʻ hosil boʻlish davrida burmalangan, ohaktoshlardan tarkib topgan. Keyinchalik nurab, ayrim joylarida granit jinslari ochilib qolgan. Yon bagʻirlari ancha qiya. Qoʻngʻir oʻrmon va jigarrang tuproqlar tarqalgan. Quyi qismida mevali daraxtlar, yuqorida archazor, yongʻoqzorlar va boshqa oʻsimliklar bor. Eng yuqori qismi toshloq, daraxt kam. Chimyonsoyda kurort ("Chimyon"), sanatoriy va bolalar oromgohlari joylashgan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash


To Top