Yuklanmoqda...

Dunyo aholisining eng sevimli joylari


BMT Xalqaro Turizm tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko’ra, Fransiya sayyohlar eng ko’p tashrif buyuradigan davlat hisoblanadi. Parij shahri esa, turli so’rov natijalariga ko’ra, sayyohlar e’tiborini eng ko’p tortadigan shaharlar beshtaligiga kirgan. 

Ammo TripAdvisor tomonidan dunyoning eng sevimli va e’tiborga molik joylari ro’yxatida na Eiffel Tower (Eyfel minorasi) na Fransiyaning boshqa sayyohlik markazlarini ko’rasiz. 
Ular orasida, shuningdek, The Statue of Liberty (Ozodlik haykali), Buyuk Xitoy devori yoxud Sydney Opera House (Sidney Operasi binosi)ni ham uchratmaysiz. 

Sayyohatchilarga maslahat berishga ixtisoslashgan TripAdvisor saytida o’tkazilgan so’rov natijalariga, Travelers' Choice (sayyohlar tanlovi ro’yxati)da Kambojadagi Angkor Wat (Angkо́r-Vat) va Vatikanning St. Peter's Basilica(Avliyo Pyotr sobori) joy olgan.

Ammo bu ro’yxatni, an’anaviy joy nomlari bo’lmagani bois, qiziqarli deb atash mumkin. 
TripAdvisor’ning izoh berishicha, mazkur ro’yxat jahondagi ko’zga ko’ringan markazlarga bir yil davomida tashrif buyurgan sayyohlar soni va qoldirilgan fikrlar asosida tuzilgan. Albatta, TripAdvisor jamoasi fikri barchaga tegishli bo’lmasligi aniq. Shunga ko’ra, quyidagi ro’yxatni o’qib, unga tuzatish kiritish sizga havola. 

TripAdvisor’ga ko’ra, dunyo aholisining eng e’tiborli joylari:

10. Milan kafedral sobori (Milan, Italiya)

 
9. Linkoln xotira hafzasi (Vashington shahri, AQSh)

 
8. Alhambra tarixiy majmuasi (Granada, Ispaniya)

 
7. Spas-na-Krovi ibodatxonasi (Sankt-Peterburg, Rossiya)

 
6. Kordoba jome’ masjidi (Kordoba, Ispaniya)

 
5. Toj Mahal (Agra, Hindiston)

 
4. Avliyo Pyotr sobori (Vatikan, Italiya)

 
3. Angkor-Vat (Sim Rip, Kambodja)

 
2. Shayx Zayd Buyuk Masjidi (Abu-Dabi, BAA)

 
1. Machu Pikchu (Machu Pikchu, Peru)


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar