Yuklanmoqda...

Xiva bo`ylab 3D virtual sayohat


Ichan Qala
Qadimda Xiva shahri ham boshqa shaharlar kabi uch qismga bo`lingan. Ko`hna ariq inshooti, Dishan-kala va Ichan-Qala shahri. Bugunda Ichan-Qala ochiq joydagi shahar muzey hisoblanadi. 26 gektarda joylashgan ushbu katta shaharda 300 ga yaqin oilalar isteqomat qilishadi.

 

Arab Muhammad xon madrasasi
Arab Muxammad xon ushbu madrasa erlarini va qo’na imoratni 1616-yilda Xivadagi mashhur ayollardan biridan xarid qilgan va uning o’rniga pishgan g’ishtdan yangi madrasa barpo etgan. Madrasa qurilishi mamlakat poytaxtining ko’hna Urgenchdan Xivaga ko’chirilishiga bag’ishlangan. Alla Kuli xon davriga kelib (1838) madrasa ta’mirtalab ahvolga kelgan va o’sha davrda yangitdan Xivaga xos me’yorlarga tayanib qayta qurilgan.


Qutlug’ Murod inoq madrasasi
Qutlug’ Murod inoq madrasasi 1804-1812-yillarda Alla Kuli xonning amakisi Qutlug’ Murod inoq tomonidan barpo etilgan.Qutlug’ Murod inoq madrasasi Xivadagi birinchi ikki qavatli imorat hisoblanadi. Bundan tashqari bu imorat Xivada yuzasi koshinkor sirsiz g’ishtlar bilan bezatilgan yagona imorat hisoblanadi.


Alla-Kuli-xon
Qo’hna ark Xiva xoni Muhammad Irnok tomonidan XVII asrda barpo etilgan (1687-88 y.).XVIII asrning oxirida Qo’hna ark «shahar ichidagi shaharga» aylanib Ichan Qal’a bilan baland devor bilan ajratilgan. Muxammad Irnok tomonidan qurdirilgan Ko’rinish xonaning birinchi imorati XVIII asrning o’rtalarida eron bosqini davrida buzilgan bo’lib, inshootning hozirgi imorati Eltuzar Xon tomonidan qayta (1804-1806) barpo etilgan. Ko’rinish xonaning shimoli-g’arbiy burchagida yo’lak bo’lib u Oq Shayx Bobo tepaligiga olib boradi. Ushbu tepalik Qo’hna Arkning eng baland nuqtasi bo’lib avvallari ark atrofini nazorat qilishda foydalanilgan. Afsonalarga ko’ra XI-V asrlarda ushbu joyda Oq Shayx Bobo kulbasi bo’lgan.


Nurillo Boy saroyi
Nurillo Boy saroyi Dishan Qal’aning shimoli-g’arbiy tomonida joylashgan. Ushbu saroy Muhammad Raximxon II tomonidan og’li va kelajak xon Isfandiyor uchun 1906-1912-yillarda qurilgan.


Ota Darvoza
Ichan-Qala shahriga uyushtirilgan tarixiy safar g`arbiy tomonda joylashgan Ota Darvozadan boshlanadi. Ichan Qal`a shahri to`rt darvoza bilan o`ralgan bo`lib sharqdan Palvon Darvoza, shimoldan Bog`cha Darvoza va janubdan Tosh Darvoza. Ichan qala shahri balandligi 7-8 metr keladigan qalinligi esa 5-6 metrlik devor bilan o`ralgandir.


Sherg’ozixon madrasasi
Ichan Qal’a markazida eng qadimiy madrasalardan biri Sherg’ozi xon madrasasi joylashgan. Madrasa 1718–1720-yillarda ya’ni xonning Xurosonga qilgan yutuqli yurishlaridan so’ng qurilgan.


Pahlavon Maxmud masjidi
Pahlavon Mahmud qabrining oldida 1810-yillar Muxammad Raximxon I tomonidan masjid qurdirilgan bo`lib kirish qismida namoz o`qish uchun mo`ljallangan hovli mavjud. Ichkariga kirib borar ekansiz qabriston tomonga yo`l bor. XX asrlarda bu yerga qo`shimcha qilib ikki qavatdan iborat qorixona va yozgi masjid qurilgan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar