Yuklanmoqda...

Asriy armonlar timsoli


 Mustaqillik maydoni xalqimizning asriy armonlari ro`yobidir.
Islom Karimov
Bugun - ulug' va qutlug' qadamjo, taburruk maskan - Mustaqillik maydoni o'zbekistonliklaming ona-Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularidan nurlangan, jilo va joziba topgan eng mo`tabar joy sifatida ardoqli.

O'zbekiston xalqi havas bilan ko'z tikkan, ko'z qorachig'idek avaylab, erki va ozodligining an`anaviy asosi deb bilagan Mustaqillik maydoniga bugungi kunda yana o'zgacha - betimsol va betakror fayz kirgan. Elimizning orzu-istaklari, umid va pok niyatlarini jamuljam etgan Bosh maydonimizda Ezgulik arkasi ham bunyod etildi. Shu boiski, Bosh maydon yanada shukuh-u salobat, insoniylik fazilatlari mujassam muqaddas joyga aylandi. Endi bu muborak qadamjo barcha yaxshi niyailar, pokiza tuyg'ular, odamiylikni tutib turuvchi qutlug' tushunchalar mohiyati aks etgan maydon sifatida yanada ko'rkamlashdi. Shuurimizga eng oliy aqidalarni singdira olish qudratiga ega, yosh avlod qalbida faxr-iftixor tuyg'ulurini uyg'otadigan, o'g'il-qizlarimizga ezgulikdan saboq beradigan maskan bo'lib qoldi.

Agar Vatanimiz Bosh maydoniga qadam ranjida qilsangiz, beixtiyor qalbingizda o'zlik olovi gurillab yonadi. Chindan, biz hech kimdan kam emasligimiz, biz hech kimga qaram bo'lmasligimiz, dunyoda tinchlik va osoyishtalik qo'rg'oniga aylanib borayotgan O'zbekistonning o'z sobit yo'li va maqsad-maslagi borligini his qilasiz.

Mamlakatimizning bosh maydoni - bejiz yurtimizning gupillab urib turgan yuragiga qiyos qilinmaydi. Bu yerda qanchalab orzu-istaklar, kelajak avlod baxt-iqboli, ertangi kuni, saodati haqida kishi ruhida umid uyg'onadigan ko'tarinki kayfiyat tuyasiz.

Istiqlolimizning dastlabki kunlarida go'zal Toshkentning markzida, Mustaqillik maydonida barpo eiilgan Mustaqillik monumenii erksevar elimizning asriy orzu-maqsadlari ushalishi ifodalangan timsol sifatida qad rostlagan edi. Xalqimizning bugungiday hur va ozod kunlariga yetib kelganiga ishora sifatida bunyod eiilgan monument to'la ma'noda O'zbekistonning dunyo bilan bo'ylashayotgani, O'zbekiston ham butun yer-yuzi taqdiriga, ona zaminda tinchiik va osoyishtalik hukm surishi uchun daxldorlik tuyg'usi bilan uyg'oq yashayotganiga ishora bor edi bunda. O'zbek xalqi o'z hayotini bani-bashar kelajagi va qismatidan ayro ko’rolmasligi ifodalangan edi.

Bugungi kunda mana shunday ulug` insoniy g'oyalar aks etgan maydon yana o'zgacha bir mazmuri-mohiyat bilan boyidi, sayqallashdi, mukammallashdi. Ya'ni, Mustaqillik monumenti yoniga baxtiyor ona siymosini ifodalaydigan yangi haykal qo'yildi. Va, maydon yanada chuqur ma'no-mazmunga ega bo'ldi. Chunki, bu yerda eng aziz, eng ulug' bo'lgan ikki qadriyat tutashdi, mujassamlashdi. Mustaqillik va ezgulik degan muqaddas qadriyatlar uyg'unlashdi. Bu esa hayotiylik qadar chuqur ma'noga eqa bo'ldi.
 
Monument yonida farzandini bag'riga olib, unga mehr ko'zlarini tikib turgan bag'ri butun baxtiyor Onaning mana shunday holatini ezgulikka qiyoslasak, ming chandon haq bo'lamiz, deb o'ylayman. Birinchidan, bag'riga o'z jigarbandi, go'dagini bosib turgan ayolning qalbida quyosh harorati, chehrasida oy nurlariday tiniqlik balqiydi. U butun mehr qo'rini dilbandiga ulashadi. Ana shu tushuncha uning farishtaday siymosida, suvrati va siyratida baxtiyorlik qilqib turganini ko'ramiz. U farzandi kamolotini o'ylab ayni shu holatda dunyoga tinchlik, osoyishtalik tilaydi. Barcha ezgu o'ylar uning ko'nglidan shiddatli daryolarday toshib chiqadi. Shunday ekan, buni ezgulikdan o'zga narsa deb atay olamizmi? Yo'q, albatta. Shuning uchun ham mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov poytaxtimizdagi amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish uchun Bosh maydonimizga tashrif buyurganlarida mazkur monumentni "Mustaqillik va Ezgulik monumenti" deb nomlashni taklif qilgan edilar.

Chindan ham mustaqillik va ezgulik tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvurga sig'dirib bo'lmiaydi. Mustaqillik bizning o'zligimiz, iymon-e'tiqodimiz, or-nomusimiz, g'ururimiz, qo'yingki, barcha oliy tushunchalami jam etgan muqaddas tuyg'u. Ona timsoli esa xalqimizda azal-azaldan mehribonlik, fidoyilik, mehr-muhabbat, hayotiylik tismoli bo'lib ardoqlariib kelingin. Mana shu ikki qadriyat birlashib turgan Bosh maydonimizni jami ezgu va muqaddas tushunchalar maskani deb atasakxato bo'lmaydi.
 
Bosh maydonimizning yosh avlod tarbiyasi uchun ham ahamiyati cheksiz va beqiyos. Mustaqillik va ezgulik degan ikki buyuk qadriyat jamuljam maydonda ham siyosiy, ham insoniy bir ma'no mavjud. Avvalo, bu yerga qadam ranjida qiigan farzandlarimiz yurt mustaqilligini asrash, ozodligini himoya qilish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini anglashadi. Ularning qalbida mustaqillik tufayli mana shunday ulug' maskanga ega bo'ldik, degan o'y muhrlanadi. Shunday pokiza bir ziyoratgoh, tinchlik va barqarorlik timsoli sifatida mo`jizakor qiyofaga ega Bosh maydon ozod va obod Vatanimizning eng ko'rkam go'shasi ekanligini ham chin dildan his qiladiiar. Bundan o'zga boylik va baxt-iqbol yo'qligini anglab yetadilar.

Masalaning yana bir tomoni shundaki, yaxshi va ezgu o'ylar bilan kelgan yoshlarimiz bu yerda eng aziz tilaklar jo bo'lganligini ham payqashadi. Chunki minglab yigit-qizlarimiz oliyjanob niyatlar bilan yangi oila qurish arafasida shu yerga kelishib, qalbida jo'shurgan beg'ubor tuyg'ular to'lqinidan ko'ngillari yuksaladi. Ko'tarinki kayfiyat tuyadilar. Ezgulik arkasidan o'tib, oq poyondoz shaklidagi, tiniq va pokizalik yo'li bo'lib tuyulgan keng yo'lkadan o'tishib, "Mustaqillik va Ezgulik" monumentiga ta'zim qilishadi.

Va, o'z farzandini bag'riga bosib turgan baxtiyor ona esa ularga chinakam baxt-iqbol, yorug` va charog'on oila bekasi timsolida ko'rinadi. Ular bunda o'z orzularini ko'rgandek bo'ladilar.
 
Xullas, Bosh maydonimizning qoq markazidagi monument istiqlolimiz manguligi, tirikligimiz bardavomligi misolida ming-millionlab kishilar qalbini hayajonga solaveradi.
Mustaqillik maydoniga kelgan kishining qalbida maydonning keng va charog'on, tiniq va pokizaligi ham ulug'vorlik hissini uyg'otadi.

Maydon chetida qad rostlagan Oliy Majlisimiz Senati hamda Vazirlar Mahkamasining serhasham binosi, iliq kunlar quyosh yog'dusida jilolanib, ko'kka bo'ylashgan faworalar, atrofida tinchlik va sokinlik darakchisi timsolida o'rnatilgan oq laylaklar ramzi - bari tinchlik va ezgulik ummonida suzayotgan oq kema yanglig' Ona-O'zbekistonning betakror husni jamioli ifodasi bo'lib ko'rinadi.

Bosh maydonimiz - tinchlik ramzi, ozodlik ramizi. Ezgulik ramzi. Baxt-iqbol va kelajagimiz ramzi. Butun 0‘zbekiston xalqi bu tabarruk qadamjoni ana shunning uchun ham e'zozlaydi.

O’z yurti, o'z Vatanini, tabarruk maskanini ardoqlash, ko'z qorachig'iday avaylash esa har bir xalqning iymon-e'tiqodi salomatligining ham nishonasidir. O'zbekistonliklar bu muqaddas joyni nonday aziz, dasturxonday pokiza, sajgah singari muqaddas biladilar.
 
Bugungi kunda har bir o'g'il-qizimiz mana shunday ulug' va muborak maydonimiz borligi va bu barchamizning bebaho mulkimiz ekanligini his qilishlari lozim. Chunki Vaian bitta bo'ladi. Vatandan tashqarida esa Vatan yo'q. Vaianning Bosh maydoni ham bitta bo'ladi. Uni aziz va muqaddas bilib, qalbiga jo etgan xalqni hech kim, hech qanday g'oyalar vatanparvarlik ruhidan judo qilolmaydi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar