Buyuk Iрak yo‘li 

4 136

Iрak (shoyi xomashyosi) yo‘li deb atalishining asosiy sababi shundaki, qadimgi davrlarda Xitoy, Misr, Hindiston, Yevropa mamlakatlari orasida savdo ishlari olib borilgan, ularni bog‘lagan oraliqlar, masofalar, turli manzilgohlar mavjud bo‘lgan. Bunda karvonlarga (tuya, ot, xachir, eshak, arava va hokazo) ortilgan turli-tuman iste’mol mollari davlatlar o‘rtasida oldi-sotdi qilingan. Ular orasida Xitoyning iрaklari, shoyidan to‘qilgan rango-rang matolari, chinni buyumlar va boshqa turli xil narsalar asosiy o‘rinda turgan. O‘z navbatida Misr, Tehron, Bolqon va boshqa Yevropa mamlakatlarining rangli metallardan (oltin, kumush, mis, jez va hokazo) yasalgan  qurollari, taqinchoq, bezaklari,  ust-bosh,  kiyimlar Xitoy tomonga boradigan karvon yo‘llarida savdo qilingan.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Xitoydan boshlangan Buyuk Iрak yo‘lining tashkil etilishi eramizdan avvalgi II–I asrlarga to‘g‘ri keladi. Dastlabki davrlarda (yangi eraning X–XII asrlarigacha) karvon yo‘llari asosan Markaziy Osiyodan o‘tib, Misr, O‘rta yer dengizi atrofi, Hindiston va ular bilan yaqin mamlakatlarni tutashtirgan. Keyingi davrlarda esa Chingizxon bosqinchiligi hamda ularning avlodlari tomonidan hukmronligi natijalari asosida shimolda yangi karvon yo‘llari vujudga kelgan. Bu asosan Qozog‘iston, Oltin O‘rda, Kaspiy qirg‘oqlari bo‘ylab Yevropa mamlakatlarini birlashtirgan.

Xitoyning Markaziy Osiyo va uning janubiy tomonlarini bosib olishi natijasida karvon yo‘llari Hindiqush tog‘lari orqali Afg‘oniston, Hindistonga ochilgan. Kemalarning yaratilishi va mamlakatlar o‘rtasida turli xil savdo-sotiq ishlari, harbiy qurollarning tarqalishi tufayli karvon yo‘llariga dengiz-suv yo‘llari ham qo‘shilgan. Ya’ni Xitoy daryo va dengiz yo‘llaridan foydalanib, o‘zining buyumlarini Hindiston orqali Arab mamlakatlari va rus, yapon yo‘llari orqali Yevropaga yetkazishga muvaffaq bo‘lgan. O‘z navbatida esa, u mamlakatlar ham shu yo‘llar orqali Xitoy va uning yo‘lidagi mamlakatlarga o‘zlarining xaridorgir mollarini chiqarib, oldi-sotdi ishlari rivoj topgan. Shunday bo‘lsada Markaziy Osiyodan o‘tadigan karvon yo‘llari o‘z mohiyatini yo‘qotmagan. Buning  sabablari asosan ikki yo‘nalishdan iborat bo‘lgan. Ya’ni, birinchidan Xitoy shoyisi va chinni buyumlariga xaridorlar bu yo‘lda ko‘proq uchragan. Ikkinchidan esa Eron, Turkiya, Misr, Bolqon mamlakatlari ishlab chiqqan metall buyumlar, jun, teri va oziqalarni savdoga olib chiqarishda bu yo‘l qulayroq bo‘lib hisoblangan. Shu sababdan bu karvon yo‘llari tarixda Buyuk Iрak yo‘li nomini olgan.

Shanxay (Xitoy) va boshqa yirik shaharlardan chiqqan katta karvonlar Manchjuriya (Tibet) – Yorkent, Andijon, Qo‘qon, Xo‘jand, Xovos, O‘raTepa, Zomin, Jizzax, Sarbozor (G‘allaorol), Bulung‘ur, Jomboy, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Malik cho‘li, Buxoro, Ashxobod, Tehron, Misr, Damashq va Bolqon mamlakatlariga yetib borgan. Bu katta karvon yo‘lining o‘z atroflarida ham katta-kichik tarmoqli karvon yo‘llari bo‘lib, mahalliy xalqlarning iste’mol mollarini sotib olish, o‘zining mollarini sotish, almashtirish, dam olish, hordiq chiqarish, joylarni o‘rganish, izlanish kabi ijtimoiy foydali turmush faoliyatlari yuritilgan. Ularni quyidagi yo‘nalish tarmoqlarida ko‘rish mumkin. Ya’ni, hozirgi O‘zbekiston hududlaridan o‘tgan Buyuk Iрak yo‘li tarmoqlari: Andijon Asaka–Namangan, Chust–Pop, Uchqo‘rg‘on, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona, Shohimardon, Isfara, Konibodom (Tojikiston hududlari), Qamchiq dovoni orqali Ohangaron, Olmaliq, Piskent, Toshkent, Xo‘jand (Tojikiston) – Xovos, O‘ratepa–Zomin, Jizzax yo‘lidan; Forish, Nurota, Qozog‘iston cho‘llari. Jizzax–Sarbozor, Bulung‘ur–Jomboy-Samarqand yo‘lidan; G‘azara, Chelak, Ishtixon, Mitan, Qo‘shrobod, Nurota, Samarqand: Qorataxtacha (Omonqo‘ton) dovoni orqali Kitob, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Samarqand–Buxoro yo‘lidan:  Katta qo‘rg‘on, Oqtosh, Xatirchi, Narpay, Karmana (hozirgi Navoiy shahri) – Qiziltepa, Qorako‘l, Olot va hokazo.

E’tirof etish lozimki, Buyuk Iрak yo‘lining O‘zbekiston hududlaridan o‘tishi faqat savdo-sotiqdagina emas, balki ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlarini yaxshilash, xalqaro aloqalarni bog‘lash, qurilish ishlarini amalga oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini boyitish kabi jarayonlarga ham ijobiy ta’sir o‘tkazgan. Shu sababdan Mahmud  Qoshg‘ariy, Imom al-Buxoriy,  Abu  Ali ibn  Sino,  Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab kabi ma’rifat, tibbiyot daholarining bu katta karvon yo‘llarida kezishlari, ilmiy-ijodiy faoliyatlar bilan shug‘ullanishlari yuzaga kelgan.

Qolaversa Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad  Bobur kabi davlat arboblari Buyuk Iрak yo‘lidan maqsadli foydalanishi uchun o‘zlarining amaliy hissalarini qo‘shganlar. Bu esa xorijiy mamlakatlarning elchilari, sayyohlari, sarguzashtlik bilan shug‘ullanuvchilarga katta imkoniyat yaratgan. Shuningdek, Turkiston o‘lkasining savdogarlari, elchilari, solnomachilari, ijod bilan shug‘ullangan iqtidorli ishbilarmonlari ham chet mamlakat larga chiqishga muyassar bo‘lishgan.

Qadimgi Buyuk Iрak yo‘li jahondagi juda ko‘p yirik mamlakatlarning tarixchi, arxeologlari, faylasuflari va boshqa sohalardagi olimlarining (Fransiya, Germaniya, Angliya, Yaponiya, Arab mamlakatlari va hokazo) diqqat-e’tiborini jalb qilib kelgan. Shu
sababdan ham  XX asrning so‘nggi yillarida (1980–1990-yillar) birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) maxsus qarori asosida Buyuk Iрak yo‘lini o‘rganish amalga oshirildi. Iрak yo‘lini o‘rganish bo‘yicha YUNESKOning maxsus qo‘mitasi tuzilib, uning tarkibida O‘zbekistonlik olimlar, sayyohlar ham faol ishtirok etishdi. Natijada Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Xiva shaharlaridagi tarixiy yodgorliklar YUNESKO muhofazasiga o‘tkazildi va uni ta’mirlash, muhofaza qilish, xalqaro turizm maskanlariga aylantirishda bevosita yordam qilmoqda. Shu sababdan ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan "O‘zbekturizm” kompaniyasi tashkil etilib (1995) mamlakatimizda xalqaro  turizmni rivojlantirish  yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining "Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni (1999) hamda respublika hukumatining turizmni rivojlantirish va mutaxassis kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish sohasidagi qarorlari (1999-yil, avgust) muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti tarkibida turizm fakulteti tashkil etildi. Shuningdek, Samarqand, Buxoro va yana bir qator joylarda kasb-hunar turizmi kollejlari, turizm bo‘limlari ishga tushirildi. Bu ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi mamlakatning tarixiy rivojlanishi, Buyuk Iрak yo‘lining ahamiyatini bo‘lajak mutaxassislarga o‘rgatishdan iborat. Shu bilan birgalikda sayyohlarga (mahalliy va xorijiy sayyohlar)  madaniy  hizmat ko‘rsatish,  ya’ni mehmonxonalarga joylashtirish, oziq-ovqatlar  bilan ta’minlash, avtoulovlarni tashkil etish, yo‘lboshchilik (ekskursovod) qilish, madaniy hordiq chiqarish (teatr,  kino, sport,  go‘zal  manzarali joylarni tomosha qilish va hokazo) kabi turli-tuman faoliyatlarning tashkiliy asoslari ham o‘rgatiladi. Bo‘lajak mutaxassislar moddiy-texnik ta’minot, tejash (ekonom qilish), buxgalteriya ishlari, tijorat, savdo va shu kabi ko‘p sohalardagi nazariy bilim hamda amaliy faoliyatlarni ham egallashadi.

Ta’kidlash lozimki, turizm bo‘yicha o‘qitiladigan maxsus fanlarning dasturlarida faqat sayr (ekskursiya)ishlarigina mazmun topgan. Turizm maqsad, mazmun va mohiyat jihatdan ko‘p tarmoqli soha sifatida faqat tarixiy yodgorliklar, madaniy obidalarni tomosha qilish  bilan  chegaralanmaydi. Balki tabiatni sevuvchi, jismonan chiniqishni hamda o‘lkani o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan yoshlar va mehnatkashlarga ham xizmat qiladi. Bu yo‘lda ommaviy (guruh) ravishda tabiat qo‘yniga chiqish, sof havodan to‘yib nafas olish, zilol suvlardan bahramand bo‘lish (ichish, cho‘milish), quyosh nurlarida toblanish, yuklarni ko‘tarib uzoq masofalarga, ayniqsa, tog‘li joylarda piyoda yurish muhim ahamiyatga egadir. Shu sababdan piyoda yurish sayohatlarini turizm mutaxassislariga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun esa avvalo o‘quv dasturlariga uni kiritish, shu asosda maxsus piyoda yurish (bir kunlik va ko‘p kunlik) sayohatlarini doimiy ravishda tashkil qilish lozim bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, Buyuk Iрak yo‘lining O‘zbekiston hududlaridan o‘tishi tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bunda millatimizning jahon xalqlari orasidagi obro‘yi, shon-shuhratining oshishi, tarixiy  yodgorliklarimiz, buyuk  allomalarimizning so‘nmas faoliyatlarini o‘rganishda yurtimiz aholisi va xorijiy sayyohlarning tashrif buyurishlari muhim o‘rin egallaydi.

Mustaqillik sharofati tufayli madaniy obidalar, tarixiy yodgorliklar qayta ta’mirlanmoqda, yangidan madaniyat, sport, ta’lim, san’at, sayyohlik manzillari, maskanlari tashkil etilib, koshonalik qasrlar, arxitektura qurilishlari paydo bo‘lmoqda.

Turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qonunlar, qarorlar asosida mutaxassis kadrlar tayyorlash, sayyohlarga madaniy xizmat ko‘rsatish yo‘lida xalqaro andozalarga (standart) mos bo‘lgan sayr-sayohatlar, ommaviy madaniy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Eng muhimi esa o‘quvchi-yoshlar, talabalar va mehnatkashlar ommasi uchun turli shaharlar, hatto xorijiy mamlakatlarga sayohat qilishga shart-sharoitlar yaratilmoqda.

O‘z o‘rnida shuni aytish lozimki, turizm sohasida kadrlar tayyorlash, ularning faoliyatida sihat-salomatlikni yaxshilash hamda jismonan barkamollikni ta’minlashda go‘zal va xushmanzarali joylarga piyoda yurish sayohatlaridan maqsadli foydalanishni izga tushirish kerak bo‘ladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.