Olma umrni uzaytiradi 

4 729

G’arbiy Avstraliya universiteti olimlari o’n besh yil davom etgan tadqiqotni nihoyat yakunlab, bir to’xtamga kelishdi.

Ma’lum bo’ldiki, kuniga bir dona olma iste’mol qilgan odamda muddatidan oldin o’lish xavfi 35 foizga kamayar ekan. Albatta, bunga olma tarkibidagi foydali moddalar sababchidir. Bu moddalar qondagi xolesterin miqdorini keskin kamaytiradi, qon bosimini me’yoriy holatga keltiradi, saraton xastaligi xavfini bartaraf etadi. Magniy, kaliy moddalari esa qon aylanishini yaxshilab, yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.