Gilosning xususiyatlari 

5 624

Gilos mevasi o`zining vitaminlarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Vujudimizda kechuvchi moddalar almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega bo`lgan kalsiy, temir, magniy, fosfor, kaliy, natriy minerallariga ham boy hisoblanadi.

Shu bilan birga, gilos mevalari organik kislotalar, saxaroza (fruktoza, glyukoza), RR va V6 vitaminlari, yod, ftor, xrom, kremniy, nikel, rux, marganes singari mikroelement¬lar, pektinlar, flavonoidlar guruhiga mansub antosianlarni o`zida saqlab, salomatligimizni mustahkamlashda ko`maklashadi.

Gilos mevasidan tabobatda ko`pgina kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadida foydalaniladi.

Jumladan:

Gilos buyrak va jigar faoliyatini yaxshilab, qon aylanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Gipertoniya bilan og`rigan bemorlar uchun faol birikmalarga boy bo`lgan to`q qizil gilosning eng foydali miqdori kuniga 250-300 grammni tashkil etadi. Artrit, revmatizm va podagrada og`riqlarni kamaytirish uchun yangi uzilgan shirin gilos mevasining 15 donasi yoki quyuq gilos sharbati osh qoshiq yoxud bu mevaning kompoti qaynatmasini kuniga uch mahal iste`mol qilish tavsiya etiladi. Ushbu qaynatma quyidagicha tayyorlanadi: 1 litr suv qaynagandan so`ng unga uncha to`la bo`lmagan bir hovuch meva solinadi va past olovda 7 daqiqa qaynatiladi. So`ngra olovdan olinib, og`zi bekitilgan holda 20 daqiqa dam beriladi. Qaynatmadan bir kunda kamida 0,5 litr iste`mol qilish lozim. Ichak vorsinkalari faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun gilos mevalari ichaklar atoniya¬si (ichak faoliyati susayishi), kolit (qabziyat) va boshqa ichki xastaliklarda davo sifatida qo`llaniladi. Gilos sharbati va qaynatmasi ovqat hazm qilishi tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Uning mevalari tarkibida kam miqdorda organik kislotalar mavjudligi sababli uni iste`mol qilish me`da shilliq qavatining yalig`lanishi (gastrit) bilan og`rigan bemorlarda kislota miqdorining ortishini keltirib chiqarmaydi. Shuningdek gilos mevalarida temir va vitaminlar ko`pligi bois kam¬qonlikda iste`mol qilish tavsiya etiladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.