Nima iste`mol qilayotganingizni bilasizmi? 

3 516

Sabzi – Ko`zlaringizga foyda! Kunora 2 tadan xom sabzi iste`mol qilish ko`z kasalliklari profilaktikasidir. Nahorga ichilgan 1 stakan sabzi sharbati esa uzoq vaqt kompyuterda ishlaydiganlar uchun asqatadi.

Yong`oq – Miyani oziqlantiradi! Tarkibida Omega-3 to`yingan yog` kislotalari bo`lib, miya faoliyatini barqarorlashtiradi. Kunora 3-4 tadan yong`oq kifoya.

Kashnich ko`kati – Suyaklarni mustahkamlaydi! Iloji bo`lsa, har kunlik taom va eguliklarga qo`shib iste`mol qilish lozim. Kashnich tarkibida kremniy zahirasi bo`lib, suyaklar minerallashuvi jarayonini normallashtiradi.

Avokado – Ayollar salomatligi! Bu ekzotik meva nomi biroz noodatiy bo`lsa-da, narxi u qadar qimmat emas. Bir haftada bir marta iste`mol qilinsa ham bachadon bo`yni displaziyasidan himoyalaydi. Chunki avokado tarkibida foliy kislotasi juda ko`p.

Dengiz mollyuskalari – Erkaklar salomatligi uchun! Farzand ko`rishni rejalashtirayotgan oilalarga ko`proq dengiz mahsulotlari xususan, mollyuskadan tayyorlangan taom va eguliklar tavsiya etiladi. Dengiz mollyuskalari muzlatilgan holida ham foliy va rux moddasiga to`yingan bo`ladi. Mazkur moddalar esa erkak reproduktiv tizimi uchun foydalidir.

Pomidor – Yurakka quvvat! Tarkibidagi lipokin moddasi hisobiga yurak xastaliklarini oldini oladi. Pomidordan tayyorlangan salatlarga ozroq zaytun yog`idan aralashtirsangiz, lipokin xususiyati ikki karra ortadi. Demakki, foydasi ham shunchalik ko`p bo`ladi. 

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.