PISA topshiriqlari. Gaz sanoati 

4 166

Yoqilg‘i sanoatining eng yosh tarmog‘i bo‘lgan gaz sanoati keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. Gaz – yoqilg‘ining juda arzon turi. Gazdan sanoatda ham, maishiy hayotda ham foydalaniladi. Gaz qimmatbaho kimyoviy xomashyo hamdir. Yoqilg‘ining boshqa turlariga qaraganda gaz mhavoni eng kam ifloslantiradi.

Mamlakatimizda ko‘mir va neftga nisbatan tabiiy gaz ancha ko‘p. Aniqlangan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin. Gaz konlari neft konlari bilan yonma-yon joylashgan. Gazning ozroq qismi (yo‘ldosh gaz) neft bilan birga qazib chiqariladi, lekin gazning asosiy qismi sof gaz konlaridan olinadi. Respublikamizda o‘tgan asrning o‘rtalarida dastlab Farg‘ona vodiysidagi neft konlarida uchraydigan yo‘ldosh gazdan sanoatda va aholining maishiy ehtiyojida foydalanila boshlandi.

1950-yillarda O‘zbekistonda jami 9 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan bo‘lsa, endilikda yiliga qazib olinayotgan gaz 60 mlrd kub metrdan ortadi. Tabiiy gazdan foydalanish tufayli mamlakat yoqilg‘I balansida jiddiy o‘zgarish yuz berdi. 

Quyidagi diagrammada gaz qazib olish sanoatining qazib olish hajmi keltirilgan.
Izoh: o`lchov birligi mlrd.m.kub 

Gaz sanoatining jahon YEB dagi hissasi 22% ni tashkil qiladi. Tabiiy  gaz yoqilg‘i turlari orasida ekologik jihatdan eng tozasi hisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha bu sanoat tarmog‘i asosan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos edi. So‘nggi yillarda gaz sanoatining ahamiyati rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuchayib bormoqda.  

Hozirgi vaqtda tabiiy gaz zaxiralari hajmiga ko‘ra jahonda Rossiya, Eron, Qatar, Turkmaniston davlatlari yetakchilik qiladi. Gazni qazib chiqarishda esa Rossiya, AQSH, Kanada, Niderlandiya, O‘zbekiston davlatlarining ko‘rsatkichlari yuqori. Jahonda gazni eksport qilish hajmiga ko‘ra Rossiya, Niderlandiya, Kanada, Indoneziya, Jazoir, Turkmaniston davlatlari  
oldinda bormoqda.  

Umuman, jahonda jami qazib chiqarilayotgan gazning 15% i tashqi bozorga chiqarilmoqda. Gazni import qilishda Germaniya, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Italiya davlatlari ajralib turadi. 

Savollar 
1.  1950-yillarda O‘zbekistonda jami necha mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan?
A.  6
B.  8
C.  10
D.  9 

2.  Jahonda jami qazib chiqarilayotgan gazning nech % i ichki bozorga chiqarilmoqda?
Javobni izohlang…

3.  Gazni import qilishda qaysi davlatlar ajralib turadi? 
4.  Diagrammadan foydalanib, qaysi yilda gaz qazib olish hajmi eng yuqori bo`lgan?
A.  2012
B.  2010
C.  2014
D.  2008 

5.  Gaz – yonilg`ining juda arzon turi.  Ha/yoki  Javobni izohlang…

6.  Yoqilg‘ining boshqa turlariga qaraganda gaz havoni eng kam ifloslantiradi. Fikrni isbotlang. 
7.  2006-, 2010-, 2012-yillarda jami qancha qazib chiqarilgan? 

8.  Mamlakatimizda qaysi foydali qazilmaga nisbatan tabiiy gaz ancha ko‘p?
9.  Olimlarning fikricha, gaz qimmatbaho kimyoviy xomashyo hisoblanadi. Olimlarning fikrini izohlang…  
10. 2004-yildan 2014-yilgacha jami qancha gaz qazib chiqarilgan? 
11. So‘nggi yillarda gaz sanoatining ahamiyati rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuchayib bormoqda. Siz rivojlanayotgan mamlakatlar deganda qanday davlatlarni tushunasiz? Qaysi davlatlarni misol tariqasida yoza olasiz?
12. 2010-, 2012-, 2014-yillarda qazib chiqarilgan gaz hajmi 10 yil ichida qazib umumiy qazib olingan gaz hajmiga nisbatan necha mlrd.kub.m ko`proq?
13. Qaysi yilda eng kam va ko`p gaz qazib chiqarilgan? Orasidagi tavofutni toping. Nima sababdan gaz qazib chiqarish kamaygan yoki ko`payganini izohlang?

Tuzuvchi: 
Azimov Nozimjon
Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani 
30-maktab geografiya fani o`qituvchisi 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.