Yuklanmoqda...

O'zbekistonning tabiiy-geografik o'lkalari


O‘zbekistonning turli qismlari tabiiy sharoiti jihatidan bir-biridan farq qiladi.
O‘zbekiston hududi tabiiy sharoitiga ko‘ra ikki yirik qismga bo‘linadi:
1.Tekislik qismi. 
2.Tog‘oldi va tog‘li qismi.
Tekislik qismi respublikamizning shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy hududlarini o‘z ichiga oladi. 
Tog‘oldi va tog‘li qismi respublikamizning janubi-sharqiy va sharqiy hududlari (adirlar, tog‘oldilari, tog‘lar, tog‘ oraliqlaridagi vodiylar) ni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonning tekislik qismi ham, tog‘oldi va tog‘li qismi ham tabiiy sharoitiga ko‘ra, o‘z navbatida, bir necha tabiiy-geografik o‘lkalarga bo‘linadi.
O‘zbekistonning tekislik qismi 3 ta tabiiy-geografik o‘lkaga bo‘linadi:
1. Ustyurt.
2. Quyi Amudaryo.
3. Qizilqum.
O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li qismi esa 6 ta tabiiy-geografik o‘lkaga bo‘linadi:
1. Surxondaryo.
2. Qashqadaryo.
3. Zarafshon vodiysi.
4. Mirzacho‘l.
5. Chirchiq-Ohangaron vodiysi.
6. Farg‘ona vodiysi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing!

Sharhlar

kodni yangilash