Ustyurt 

1808

 Ustyurt platosining faqat janubi-sharqiy qismi 0‘zbekistonga qaraydi. 0‘zbekibtonga qaraydigan Ustyurt respublikamizning eng shimoli-g‘arbida joylashgan hudud hisoblanadi. Ustyurt tabiiy geografik o‘lkasi shimolda va g‘arbda Qozog‘iston bilan, janubda Turkmaniston bilan, sharqda Orol dengizi va Quyi Amudaryo o‘lkasi bilan chegaralanadi. 
Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari.
  Ustyurt arid-denudatsion plato hisoblanib, mutlaq balandligi 100—200 m bo‘lib, atrofi chinklar bilan o‘ralgan. Chinklaming balandligi Orol dengizi qirg‘oqlarida 190 m ga yetadi. Ustyurt Turon plitasida joylashib, negizi paleozoy yotqiziqlaridan iborat bo‘lib, ustini qalin —3—4,5 km mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari (ohaktoshlar, mergellar, gillar va boshq.) qoplab olgan. Ustyurt platosi kimmeriy burmalanishida vujudga kelib so‘ngra pasayib, dengiz suvi bosgan. Neogenni oxiri, to’rtlamchi davr boshlarida u quruqlikka aylangan. 
  Ustyurt o`lkasi geologik tuzilishi jihatidan kenglik bo’ylab yo’nalgan bir necha bukilma va ko’tarilmalardan iborat. Platoning shimoliy qismida Shimoliy Ustyurt bukilmasi, uning janubida Kassarma ko‘tarilmasi, undan janubda Borsakelmas bukilmasi, uning janubida Markaziy Ustyurt (Qorabovur) ko‘tarilmasi, nihoyat platoning eng janubida Asaka-Ovdan bukilmasi joylashgan. Bu geologik strukturalarning negizi qattiq jinslardan, usti esa cho’kindi jinslardan (gil, mergell, tuzlar, ohaktoshlar, gips va boshq.) iborat.
  Ustyurt tabiiy geografik o‘lkasi relyefi (yer yuzasi) uning geologik strukturalariga, ya’ni balandliklar ko‘tarilmalarga, botiqlar esa bukilgan yerlarga to’g’ri keladi. Ustyurtning shimolidagi bukilmada (mutlaq balandligi 100 m) sho’rxoklar, kichik-kichik botiqchalar joylashgan. Kassarma ko‘tarilmasida (antiklinalida) hudud balandlashib, shu nom bilan ataluvchi va mutlaq balandligi 219 m ga yetuvchi balandlik o‘rnashgan. Kassarma balandligini janubidagi bukilmada Borsakelmas botig’i joylashib, mutlaq balandligi 100 m., ba’zi joylarda 63 m ga tushib qolgan. Uning markazi botqoqlashgan sho’rxoklardan iborat. Borsakelmas botig’i janub tomon balandlashib Qorabovur balandligiga aylanadi va mutlaq balandligi 292 m ga yetadi. Qorabovur balandligini janubidagi bukilmada Asaka-Ovdan botig’i joylashib, dengiz sathidan 29 m balandda. Uning janubi-g’arbiy qismida Sariqamish ko’li joylashgan. Ustyurt platosida neft va gaz konlari, har xil qurilish material konlari mavjud.
Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o`simliklari va hayvonot dunyosi.
  Ustyurt o’lkasi keskin kontinental iqlim xususiyatiga ega bo’lib, qishi quruq va sovuq, yozi issiq va quruq. Ustyurt O’zbekistonning qishi eng sovuq hudu- didir. Buning sababi u eng shimolda joylashgani bo’lib, tabiiy to’siqlaming yo’qligi tufayli Arktika va Sibir sovuq havo massalarining bemalol kirib keli- shidir. Shu tufayli yanvarning o’rtacha harorati —10—11 С, ba’zan sovuq havo massalarining turib qolishi natijasida harorat —38°C gacha pasayadi. Yozi qisqa va uncha jazirama issiq emas, iyulning o’rtacha harorati +26 +27°, ba’zan eng yuqori harorat +44°C ga yetadi. O’lka ancha shimolda joylashganligi tufayli, oktabrning boshlaridan sovuq tusha boshlaydi, binobarin, sovuq bo’lmaydigan kunlar O’zbekiston bo’yicha eng qisqa bo’lib, 153 kunni tashkil etadi. Bunga yana bir sabab, Ustyurtning shimol tomoni ochiq bo’lganligi tufayli sentabrning boshidan may oyigacha shimoli-sharqiy shamollarni esib turishidir.
  Ustyurtda yog’in kam tushadi, uning o’rtacha yillik miqdori 100—120 mm. Yog’inni, asosan, g’arbiy va shimoli-g’arbiy havo massalari olib keladi. Eng ko’p yog’in bahorga, eng kami qishga to’g’ri keladi. Qor juda kam yog’ib, izg’irinli shamollar uni uchirib ketishi natijasida yer yuzasi muzlaydi. Ustyurt tabiiy geografik o’lkasiga tushadigan yog’in miqdorini 100% desak, o’shani 17% i qishga, 34% i bahorga, 23% i yozga, 26% i kuzga tog’ri keladi. Ustyurt O’zbekistonning eng shimoliy qismida joylashganligi tufayli, qishi quruq sovuq bo’ladi, chunki antisiklon ob-havosining uzoq vaqt turib qolishligi sababli yog’in kam tushadi, aksincha yozda O’zbekiston bo’yicha eng ko’p yog’in yog’adi. Bunga asosiy sabab g’arbiy havo massalariga yaqinligi, haroratni nisbatan pastligi va Kaspiy dengiziga yaqinligidir.Ustyurt tabiiy geografik o’lkasida doimiy oqar suvlar yo’q. Bahorda berk botiqchalar va pastqam yerlar yomg’ir va erigan qor suvlari bilan to’lib, kichik ko’lchalarni (efemer ko’llarni) hosil qiladi. Yozda bu ko’lchalardagi suvlar bug’lanib ketib, sho’rxok-botqoq yerlarga aylanib qoladi. Yerosti suv­lari mavjud bo’lib, ularning chuqurligi 20—50 m atrofida, lekin aksariyati sho’r, ichishga yaroqsiz. So’nggi paytlarda bu davr yotqiziqlari orasida ichishga yaroqli suvlar mavjudligi aniqlandi.
 Asosiy tuprog’i sur-qo’ng’ir bo’lib, chirindi miqdori oz (0,5—0,8%), sho’rlashgan. Shuningdek, botiqlarda sho’rxoklar, sho’rxok-botqoq tuproqlar va qumli tuproqlar tarqalgan.
 Ustyurt o’simligi, asosan, shuvoq va sho‘ralardan iborat. Bundan tashqari, iloq, qora saksovul, burgan, sarisazan, tetir o’sadi. Bahorda efemer va efemeroid o’simliklar o sib, ular yozda qurib qoladi.
 Ustyurtda jayron, sayg‘oq, bo’ri, tulki, yumronqoziq, qo’shoyoqlar,qushlardan to’rg’ay, xo’jasavdogar, quzg’un uchraydi. Ustyurtda «Qizil kitob»ga kirgan katta shalpangquloq, qoplon (gepard), Ustyurt qo’yi kabi hayvonlar yashaydi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash