Yuklanmoqda...

Quyi Amudaryo 

2523

 O’lka g’arbda Ustyurt bilan, janubi-g’arbda Turkmaniston bilan, sharqda Qizilqum bilan, shimolda Orol dengizi bilan chegaralanadi. Maydoni 50 ming kv. km atrofida.
Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari
  Quyi Amudaryo o’lkasi janubi-sharqdan shimoli-g‘arb tomonga cho zilgan bo‘lib, shu tomon kengayib, pasayib boradi. O’lka janubi-sharqda Tuyamo’yin tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom etadi. Shu masofada uning uzunligi 400 km bo’lib, kengligi bir xil emas. Pitnak balandligida (mutlaq balandligi 200 m atrofida) Amudaryo vodiysi juda torayib, Tuyamo‘yin tangligini hosil qiladi. Tuyamo‘yin tangligidan o‘tgach, o’lkaning kengligi kattalashib, taxminan 10-12 km, mutlaq balandligi 150 m ni tashkil etadi. So’ngra Amudaryoning qadimiy deltasi boshlanib, kengayadi (75—80 km).
 Taxiatosh tangligidan shimoli-g‘arbga qarab Amudaryoning hozirgi zamon deltasi boshlanadi. Delta bu qismda kengayadi (140—150 km) va pasayib, mut­laq balandligi 60-95 m ga tushib qoladi. Bu deltaning maydoni Orol suv sathining pasayishi hisobiga kengayib bormoqda. Orolning qurigan o’rnida ulkan qum-sho‘r, sho’rxokli landshaftlar majmuasidan iborat tipik cho‘l tarkib topdi. Bu cho‘lni Orolbo’yi qumi yoki Orolqum deb atash maqsadga muvofiq bo’ladi. Shamol ta’sirida o‘sha qumlar uchib, Quyi Amudaryoga tuz yog‘ini yog‘moqda. Mo‘ynoq shahri atrofidagi har gektar maydonga 1000 kg tuzli changlar tushmoqda.
  Quyi Amudaryo yer yuzasi tekis bo’lganligidan Amudaryo tarmoqlanib, ilonizi bo‘lib oqib, bir necha o‘zanlar hosil qilgan. O’sha eng muhim qadimiy o’zanlari o’ng qirg’oqdan Orol tomon yo’nalganlari-Qora 0‘zak, Shertanboy, Kindiksoy, Qorako’lsoy. Chap qirg’oqdan bosh­lanuvchi va Sariqamish tomon yo’nalgan eng qadirmy o‘zanlari — Ko’hnadaryo, Daryoliq, Davdan. Ana shu qadimiy o’zanlar orasida nisbiy  balandliklari 60—80 m ga yetuvchi bir necha tepaliklar, qoldiq tog‘lar joylashgan. Ularning eng muhimlari Quyanchiq, Qoratov, Jumirtov, Barlitov, Zangibobo va boshq.
  Quyi Amudaiyo o`lkasining negizida bo‘r davri yotqiziqlari joylashgan. Uning ustilarini paleogen, neogen va antropogen alluvial yotqiziqlari (gil, gilli qum, qumoq va boshqalar) qoplab olgan. «Eng yosh» yotqiziqlar Orol dengizining quruqlikka aylangan qismida bo`lib, tarkibini tuzlar bo`lgan qum va qumloqlar tashkil etadi. 0‘lkada qazilma boyliklardan har xil tuzlar, qurilish materiallari, Sulton Uvays tog‘ida marmar, temir koni mavjud.
Iqlimi va suvlari.
  Ouyi Amudaryo o’lkasining iqlimi kontinental bo lib, qishi davomli va sovuq, yozi nisbatan quruq va issiq. O`lkaning shimoliy qismi tekis bo`lganligidan qishda shimoli-sharqdan Sibir sovuq havo massasi, shimoldan Arktika havosi to’siqsiz kirib keladi. Natijada, qishda harorat pasayib, yanvarning o’rtacha harorati -4,5,-7,6°C atrofida o‘zgaradi. Ba’zan sovuq havo massalarining turib qolishi natijasida eng past harorat  -32-,-33°C ga tushib qoladi. Iyulning o‘rtacha harorati +27,0 +28,0°C. Eng yuqori harorat +44 +46°C.
   Quyi Amudaryo hududi O’zbekistonda eng kam yog’in tushadigan joy. 0‘rtacha yillik yog`in miqdori 80-100 mm. Bunga asosiy sabab, okeanlardan uzoqda, yerusti tekis, yozgi haroratining yuqoriligidir. Yog`in, asosan, bahorga to‘g‘ri keladi. Chunki bu davrlarda g‘arbdan va shimoli-g‘arbdan nam havo massalari esib turadi. Qor qoplami uncha qalin emas. Lekin mumkin bo`lgan bug`lanish yog`inga nisbatan 20 marta ko‘p bo`lib, yillik miqdori 2000 mm ga yetadi.
   Quyi Amudaryo o`lkasining yagona daryosi — Amudaryodir. Bundan 48 yil muqaddam daryo sersuv bo`lib (1961-yili), Orolga yiliga 30,98 km3 suv quygan edi. So’ngra Amudaryo havzasida suvdan xo‘jalikda betartib foyda­lanish tufayli daryo Orolga yil sayin kam suv quya boshladi. Amudaryo suvi Shovot, Toshsaqa, Qizketgan, Suyenli kabi magistral kanallar orqali sug‘orishga sarflanib, qolgan suv Oqdaryo orqali Orolga oqizilmoqda. Sug’oriladigan mintaqada vujudga kelgan zovur suvlari Daryoliq (Ozerniy) magistral zovuri orqali yiliga 4,5-5,5 km.kub qaytarma suvlar Sariqamish ko`liga oqizilmoqda. Quyi Amudaryo o`lkasining shimoliy qismida vujudga kelgan zovur suvlarining bir qismi (yiliga 1,0 km kub) Orolga yo’naltirilgan, qolgan qismi tabiiy chuqurliklarga oqizish tufayli bir necha ko‘llar vujudga kelgan. O‘sha ko‘llarning eng muhimlari — Sudochye, Qorateren, Xo‘jako‘l, Sho’rko’l, Ziyko‘l, Abilko‘l va boshq. Quyi Amudaryo o‘lkasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Tuyamo’yin suv ombori (suv sig imi 8,6 km kub) qurilgan.
 Amudaryoda yerosti suvlari yuza joylashgan bo’lib (yer yuzasi tekis bo`lganligi tufayli), siljishi qiyin. Binobarin, ularning suvi sho‘r bo`lib, chuqurligi sug‘oriladigan mintaqada 1,0—2,5 m, sug’oriladigan mintaqadan tashqaridagi yerlarda 10-5 m.

Tuproqlari, o`simliklari va hayvonot dunyosi.
 Quyi Amudaryo hududida eng keng tarqalgan tuproq bu o`tloq-voha tuproqdir. Bu tuproq alluvial yotqiziqlar ustida vujudga kelgan bo`lib, chirindi miqdori 2% atrofida. Amudaryoning qayirlarida o`tloq-botqoq, botqoq-sho’rxok tuproqlar, to‘qayzorlarida botqoq tuproqlar mavjud. Amudaryodan uzoqlashgach, tuproq turlari o’zgarib, o`tloq-tuproq o‘rnini sho’rxok va taqir tuproqlar egallaydi. Balandlik va kichik past tog’larda sur-qo’ng’ir tuproqlar, Orol dengizining quruqlikka aylangan qismida sho’rxoklar mavjud.
 Shunday qilib, Quyi Amudaryo o’lkasining ko’p qismini o’tloq-qayir al­luvial, sug’oriladigan o’tloq (o’tloq-voha) tuproqlari tashkil qiladi. O’tloq-qayir alluvial va o tloq-botqoq tuproq turlari ko’proq Amudaryoning hozirgi zamon deltasining quyi qismida joylashgan. Bu tuproq turlari hamma qismida sho’rlashgan. Sug’oriladigan o’tloq (o’tloq-voha) tuprog’i asosan Amudaryoning qadi­miy deltasida, qisman hozirgi zamon deltasining yuqori qismidagi o’tloq-qayir alluvial va о`tloq-botqoq tuproqlar tarqalgan mintaqaning o ng va chap tomonlarida joylashgan. Quyi Amudaryoning Qoraqum va Qizilqumga tutashgan yerlarida qumoq, qumli tuproqlar tarqalgan.  Quyi Amudaryo o’lkasidagi ko’llar atrofida va ayniqsa, Orolning qurib qolgan qismida botqoq-sho’rxok va sho’rxok tuproqlar mavjud.
 Uning to‘qayzorlarida gamish, yantoq, qo‘g‘a, turang’il, yovvoyi jiyda, yulg’un, chingil, qo’g’a, Qiyoq, tol kabi o‘simliklar o‘sadi. O‘tloq tuproqli yerlardabug‘doyiq, ajriq, rovak kabilar mavjud.
 Quyi Amudaryoning o‘zlashtirilgan qismlarida uy sichqoni, ko‘rsichqon, kalamush, tipratikan va har xil qushlar (chumchuq, mayna, zarg ‘aldoq, bedana) yashaydi. Daryo qayirlarida, ko‘llar atrofida va to‘qayzorlarda g‘oz, o’rdak, oqqush, qirg’ovul, qo’ton, jingalakdor birqozon, qorabuzov, saqoqush, ondatra, tulki, chiyabo‘ri, to’qay mushugi, to‘ng‘iz, bo’rsiq uchraydi. Quyi Amudaryoning o‘zlashtirilgan cho`llarida yumronqoziqlar, kulrang gekkon, qum sichqoni, kaltakesaklar, o‘qilon, efa, cho‘l mushugi, tulki yashaydi.
 Quyi Amudaryo tabiiy geografik o‘lkasidagi to‘qay landshafti va u yerdagi hayvon hamda qushlarni (Buxoro bug‘usi, to‘ng‘iz, qirg‘ovul, olachipor va boshq.) muhofaza qilish uchun Badayto‘qay qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Shuningdek, Amudaryo deltasidagi faunani saqlash uchun Amudaryo delta buyurtmasi, Quvonishdaryo arig‘i bo‘yidagi flora va faunani saqlash uchun Nukumtubek kabi buyurtmalar mavjud.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash