Qashqadaryo 

2837

 Qashqadaryo o’lkasi O’zbekistonning janubida, asosan, Qashqa­daryo havzasida joylashgan. Uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog’lari orqali, g’arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko‘l balandliklari orqali o’tadi. Janubi va janubi-g’arbida Sandiqliqum o‘lkani Turkmanistondan ajratib turadi. 0‘lkaning sharqidagi Hisor tog‘lari, janubi-sharqidagi Boysun tog‘lari uni Surxondaryo o‘lkasidan ajratib turadi.
Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari
 Qashqadaryo tabiiy geografik o‘lkasi yer yuzasi tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning shimoli, shimoli-sharqiy va sharqiy qismida Zarafshon, Hisor va Boysun tog‘lari joylashgan. Qashqadaryo o’lkasining shimoli-sharqida Zarafshon tizmasining g arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari joylashgan. Chaqilkalonning eng baland Zebon cho’qqisi 2336 m ga yetadi. Bu tog‘ g‘arbga davom etib Taxtaqoracha dovonida (1630 m) tugab, so‘ngra Qoratepa tog’i boshlanib, eng baland yeri 2195 m ga yetadi. Qoratepa tog’i Jom cho‘lida tugab, so’ngra g‘arbga qarab Zirabuloq (Zindontog’ cho‘qqisi 1115 m) va Ziyovuddin ( Dartko’l cho’qqisi -914 m) tog’lari davom etadi.
 Qashqadaryo tabiiy geografik o’lkasining sharqiy qismida Hisor tizmasi va uning davomi hisoblangan Hazrati Sulton (4643 m), Chaqchar, Boysun tog’lari joylashgan. Chaqchar tog’idan janubi-g’arbga tomon yo’nalgan Osmontarash, Beshnov, Ebhonmaydon kabi tog’lar joylashgan. Chaqchar va Hisor tog’lari tutashgan joylarda Botirboy, Seversev kabi kichik muzliklar mavjud.  

 Qashqadaryo tabiiy geografik o‘lkasining tog’li qismi g’arbga va janubi- g’arbga pasayib, Kitob—Shahrisabz botig’iga, so’ngra adirlarga va tekisliklarga tutashib ketadi. O’lkaning tekislik qismi yuzasi bir xil emas, unda onda-sonda qoldiq tog’lar va platolar uchrab turadi. Bu qoldiq tog’larning eng muhimlari Qarshi shahrining shimolida joylashgan Qo‘ng’irtog‘, Koson shahrining janubidagi Kosontog’, Maymoqtog’ (500m), Sandiqli qumligining sharqidagi Olovuddintog’ (485 m), o’lkaning g’arbidagi Jarqoq platosi (397 m), Dengizko’l (380 m) va boshqalar.

 Qashqadaryo tabiiy geografik o’lkasining markaziy qismida Qarshi cho’li va vohasi joylashgan. Bu cho’lda nisbatan pastqam joylar bo’lib, ular sho’rxoklardan iborat. Ularning eng muhimlari Do’ltalisho’r, Sho’rsoy, Suxtasho‘r, Yonboshsho’r va boshqalar. Qashqadaryo tabiiy geografik o’lkasida bir necha cho’ilar joylashgan. Qarshi cho’lining shimoli va shimoli-g’arbida Qamob, Malik, Jom cho’llari, janubi-sharqida Nishon cho’li joylashgan.
  Qashqadaryo tabiiy geografik o’lkasi geologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning tog’li qismi paleozoy erasining gersin tog’ hosil qilish jarayonida burmalangan bo’lib, kristalli slanes, ohaktosh, marmar, granit kabi jinslardan tashkil topgan. Zarafshon tog’ining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon ko’proq gips, mergel, ohaktoshlardan tashkil topganligi tufayli kars jarayoni rivojlangan. O’sha tog’da O’rta Osiyodagi eng chuqur g’or — Kili (1082 m) g‘ori joylashgan.
 Qashqadaryo tabiiy geografik o’lkasining tekislik qismi esa Turon plitasining sharqiy chekka qismi ustida joylashgan. Uning ustini esa qum, gil, konglomerat kabi jinslar qoplab olgan. Tekislikdagi qoldiq tog‘lar (Oloviddintog’, Kosontog’ va boshqalar) paleozoy va mezazoy jinslaridan tashkil topgan. Qashqadaryo o‘lkasida gaz, neft, marmar, marganes rudasi, gips, dala shpati, har xil qurilish materiallari konlari bor.
   Iqlimi. 
  Qashqadaryo tabiiy geografik o‘lkasining yozi issiq, quruq va davomli, qishi nisbatan iliq. O’lka shimol va sharq tomondan tog’lar bilan o’ralgan. Bu esa Arktika va Sibirdan keladigan sovuq havo massalarining yo’lini to’sadi. Aksincha, g’arbiy qismi ochiq bo’lib, mo’tadil dengiz va subtropik havo massalarining to’siqsiz kirib kelishiga imkon beradi. Shu sababli qishda, yanvarning o’rtacha harorati tekislik qismida 0+2°C, G’uzorda +1,9°C, Kitobda +0,8°C, Qarshida +0,2°C. Ba’zan tabiiy o’lkaga Sibir va Arktika sovuq havo massasi kirib kelib, turib qoladi va hududni sovitib yuboradi. Natijada harorat G’uzorda -23°C, Kitobda -26°C, Qarshida -27°C Dehqonobodda -29°C gacha pasayadi. Yoz o’lkaning tekislik qismida issiq, quruq va quyoshli bo’lib, uzoq davom etadi. Iyul oyining o’rtacha harorati 28-29°C atrofida (Qarshida +28,8°C, Kitobda +28,4°C, G’uzorda +29,4°C, Dehqonobodda +28,4 C) bo’ladi. Ba’zan yozda eng yuqori harorat Qarshida +46°C, Kitobda +43°C, Dehqonobodda +43°C ga ko’tariladi. O’lkaning tog’li qismida yozda havo salqinroq bo’ladi. O’lkada bahor erta, kuz esa kech boshlanadi.  

  O’lkaning g’arbiy qismida yillik yog’in 131-155 mm bo’lsa, shimoli-sharqida 368-545 m. Tog’li qismida 700-800 mm yog’in tushadi. Qc’shqadaryo tabiiy geografik o’lkasida sovuqsiz kunlar 210-242 kun davom etadi (Qarshida 209 kun, Dehqonobodda 216 kun, Kitobda 219 kun, G’uzorda 242 kun). O’rtacha sutkalik harorat +10°C dan yuqori bo’lgan davrdagi haroratning umumiy miqdori  2500-2700° ga teng.

  Suvlari. 
  Qashqadaryo tabiiy geogafik o‘lkasida yerusti suvlari ichida eng muhimi daryolardir. O`lkada uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 33 ta daryo mavjud bo‘lib, ularning bir yillik suv miqdori 1,2 km.kub yoki o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi sekundiga 45 m3 atrofida. О`lка daryolari ichida eng kattasi Qashqadaryodir.
  Qashqadaryo Hisor tizmasining Tog‘tosh dovoni yaqinidan boshlanib Muborakka yetmasdan qumlarga singib ketadi. U tog‘li qismida tor o‘zanda tez oqadi, Oqsuv irmog‘i qo‘shilgandan so‘ng vodiysi kengayib tekislikka chiqadi. Qashqadaryo so’ngra Tanxoz, Yakkabog`daryo, Langar, G‘uzordaryo kabi irmoqlarini qo‘shib oladi. Qashqadaryoning o‘ng tomonida irmoqlari yo‘q, faqat Qoratepadan boshlanuvchi bir necha soylar mavjud. Qashqadaryo qor suvlaridan to‘yinsa-da, lekin uning Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabog‘ va Tanxoz irmoqlari qor-muzlik suvidan to‘yinish turiga kiradi. Chunki ularning havzasida umumiy maydoni 20,3 km.kv maydonga ega bo‘lgan kichik muzliklar joylashgan.
 Jinnidaryo Hisor tizmasining Oqota va Sherdog’ tog‘lari orasidagi buloqlardan boshlanib, uzunligi 57 km. U qor va muz erishidan to‘yinib, suvi mart-iyun oylarida ko’payadi. 0‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi sekundiga 1,56 m3. Uning 68,3% ini mart-iyun oylarida oqizadi.
 Oqsuv. Uzunligi 115 km bo‘lib, Hisor tizmasidagi Botirboy va Seversev muzligidan boshlanuvchi Botirboy bilan Xonakasuv irmog‘ining qo’shilishidan vujudga keladi. U qor-muzliklaming erishidan to‘yinib, o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi sekundiga 12,3 m3, uning 48,3% ini mart-iyunda oqizadi.
 Tanxozdaryo. Uzunligi 104 km Hisor tizmasidagi G’oziko’ldan boshlanib, qorlarning erishidan va yerosti suvlaridan to‘yinib, o‘rtacha ko’p yillik suv sarfi sekundiga 4,23 m3. Uning 63,6% ini mart-iyun oylarida oqizadi.
 Yakkabog‘daryo. Uzunligi 108 km bo‘lib, Hisor tizmasining janubi- g‘arbiy yonbag’ridan boshlanadi. U qorlarning erishidan to‘yinib. o’rtacha yillik suv sarfi sekundiga 6,73 m3, uning 61,6% ini mart-iyun oylarida oqizadi.
 G’uzordaryo. Uzunligi 86 km bo’lib, Chaqchar tog’idan boshlanadi. U qorlarning erishidan va yerosti suvlaridan to’yinib, o’rtacha yillik suv sarfi sekundiga 5,90 m3 boiib, uning 63,9% ini mart-iyun oylarida oqizadi.
 Qashqadaryo tabiiy geografik o’lkasida yerosti suvining katta zaxirasi bor. Bu yerda to’rtlamchi davr yotqiziqlari orasidan chiqadigan suvlar ichishga yaroqli bo’lib, hozirgi paytda aholini va chorvachilikni suv bilan ta’minlashda muhim rol o’ynamoqda. Bulardan tashqari bo’r, paleogen davr yotqiziqlari orasidan shifobaxsh issiq mineral suvlar topilgan. Qashqadaryo o’lkasida bir necha suv omborlari qurilgan. Shundan, Chimqo‘rg‘on suv omborini (suv sig’imi 500 mln. kub. m, maydoni 49,2 kv. km, uzunligi 15,7 km) suv bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Zarafshondan boshlanuvchi eski Angor kanali xizmat qiladi. G’uzordaryodagi Pachkamar (suv sig’imi 280 mln. kub.m, maydoni 13,8 kv. km), Qarshi magistral arig’ida qurilgan Tallimarjon (suv sig’imi 1900 mln. kub.m) va Sho’rsoy (suv sig’imi 2500 mln. kub. m) suv omborlaridir. Qarshi magistral kanalining uzunligi 200 km bo’lib, kuchli nasoslar yordamida Amudaryo suvini 150-200 metr balandlikka ko’tarib beradi.
Tuproqlari, o`simliklari va hayvonot dunyosi.
     Tuproqlari. 
  Qarshi cho’lida ko’proq och bo’z tuproq tarqalgan. Uning g’arbida esa cho’l sur-qo ng’ir qumli, sho’rxok va o’tloq tuproqlar uchraydi. Sandiqli cho’lining katta qismi qumliklar bilan band. Qashqadaryoning qadimiy o’zanlarida o’tloq va sho’rxok tuproq uchraydi. O’lka tekislik qismining atroflaridagi nisbatan baland joylarda och bo’z tuproq keng tarqalgan. Adirlarda esa oddiy va to q bo’z tuproqlar uchraydi. Bu tuproq turlari 1200 m gacha bo’lgan baland joylarda tarqalgan. Ular tarkibida chirindi miqdori 1,5—2,5 foizga boradi. 1200—2500 m balandliklarda tog‘- jigarrang va tog’-qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. O’lkadagi tog’larning 2500 m dan baland qismlarida qo’ng’ir tog’-o’tloq, torfli-o’tloq va o’tloq tuproqlar tarqalgan. Qashqadaryo o’lkasidagi sug’oriladigan yerlarda madaniy voha tuprog’i uchraydi.
  O’simliklari.
 O’lkaning g’arbiy tekislik qismida hamda janubi-g’arbidagi Sandiqliqumhgida qurg’oqchilik va qumga moslashgan o’simliklar — juzg’un, iloq, selin, kavrak, qizil qandim, yetmak, bulduruq о‘ti va saksovul o’sadi. Mus- tahkamlangan qumlarda shuvoq vaefemerlar ko’proq. Gilli cho’llardashuvoq, sho’ra o’tlar, mingbosh, juzg’un va boshoqli o’simliklar o’sadi. Qashqadaryo adirlarida shuvoq, burg’un, bug‘doyiq, kavrak, oqquray, qo’ziquloq, qurg’oqchil va toshloq yerlarda bir yillik astragal, chiy kabilar o’sadi. Adirda, shuningdek, bodom, zirk, do‘lana kabilar ham uchraydi. 1500-2500 m balandliklarda o’tlardan bug’doyiq, shuvoq, tipchoq, javdar, shirach, daraxtlardan archa, yong’oq, zarang, qayin, tol, terak, bodom, pista, olcha, do‘lana o’sadi. 
     Hayvonot dunyosi.
 Uning tekislik qismida cho’lga moslashgan hayvonlar-sariq yumronqoziqlar, qo‘shoyoq, sichqon, kaltakesak, echkemar, ilon, bo’ri, tulki, jayronlar yashaydi. Daryo vodiylaridagi to’qayzorlardachiyabo’ri, qirg’ovul, to’qay mushugiuchraydi. О`lkaning tog’li qismida ayiq, tog‘ takasi, tog‘ qo’yi, bo’rsiq, bo’ri, to’ng’iz, silovsin, o’rmon kalamushi, qizildum sug’uri, kulrang sassiqko’zan, suvsar, jayra, burgut, kaptarhamda shunga o’xshash hayvon va parrandalar yashaydi. O’lka hududida Hisor qo’riqxonasi barpo etilgan. Bu qo’riqxona Hisor tizmasining g’arbiy qismida joylashgan. Uning maydoni 78 ming gektar bo’lib, archazorlar va u yerda uchrovchi oq timoqli Hisor ayig’i, qor qoploni, tog’ echkisi, to’ng’iz, kaklik, Turkiston silovsini, alqor, kiyik kabilar muhofaza qilinadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash