Tuproqlari, o`simlik va hayvonot dunyosi 

3956

 
 O‘zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo‘lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog’liq holda joylashgan. Respublikamiz hududida 3700 o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O`zbekistonda sutemizuvchilarning 97 turi, sudralib yuruvchilarning 57 turi, qushlarning 410 turi, baliqlarning 40 dan ortiq turi bor.
 Respublikamiz tabiat elementlari, xususan, tuproq-o’simlik qoplami tekislikdan tog’ga tomon o’zgarib, balandlik mintaqalarini hosil qiladi. O’zbekiston hududidagi balandlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar akademik K.Z.Zokirov to­monidan ishlab chiqildi. K.Z.Zokirov tavsiya etgan to’rtta: cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosiga ega.
  Cho‘l mintaqasi O’zbekiston hududining 70% ini ishg’ol qilib, okean sathidan 400—500 m balandlikkacha bo’lgan joylarni o‘z ichiga oladi. Yozda yog’in deyarli yog’maydi. Kunduzi soyada havo harorati +45°C, +50°C gacha ko’tariladi, qum yuzasi + 80°C gacha qiziydi.
  Cho’l tuproqlari xilma-xil bo‘lib, unda sur-qo‘ng‘ir, qumli cho’l, o’tloq- botqoq, taqir va bo’z tuproqlar uchraydi.
Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog’lar va Nurota tog’larining etaklaridagi toshloq cho’llarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam (0,3 — 1%) bo’ladi.
 Qizilqum, Markaziy Farg’ona va Mirzacho’ldagi qumli tekisliklarda qumli cho‘l tuproqlari tarqalgan bo’lib, chirindi miqdori 0,3—0,6 foizni tashkil etadi.
 Gilli jinslardan tarkib topgan cho’llarda taqirlar ham uchraydi, ular tarkibidagi chirindi miqdori 0,5—1 foizga yetadi. Taqirlarda o’simlik o’sishi qiyin, tuproq yuzasi qattiq va yorilib-yorilib ketadi.
 Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo’lgan Mirzacho’l, Markaziy Far­g’ona, Qarshi cho’llari va Amudaryo etagida sho’rxok va sho’r tuproqlar tarqalgan.
 O’zbekistonning yirik daryo vodiylarida o’tloq va botqoq tuproqlar uchraydi.
 O’zbekiston hududi tekislik qismining sharqiy va janubiy tog’oldi qismlarida och bo’z tuproqlar keng tarqalgan bo’lib, tarkibida 1—1,5 foizgacha chirindi bo’ladi.
Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo. Quyi Amudaryo va Surxondaryo vodiylaridagi bo’z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida tabiiy xususiyatini o’zgartirib. madaniy bo’z tuproqlarga aylangan.
     O‘simliklari.
  Cho‘l mintaqasining yozi quruq, jazirama issiq, yog’inga nisbatan potensial bug’lanish ko’p bo’lganligi tufayli, o’simliklar shu sharoitga moslashgan.
 Cho’lda sernam bahorda arpag’on, lola, lolaqizg’aldoq, qorabosh, boy-chechak, binafsha, chuchmoma, tariqbosh, chig’ir, isfarak kabi efemerlar (bir yillik o’tlar), iloq, kovrak kabi efemeroidlar (ko’p yillik o’tlar) o’sadi. Bu o’tlar yozning issiq kunlari boshlanishi bilan sarg’ayib, qurib qoladi, so’ngra qurg‘oqchilikka chidamli kserofit о simliklar o’saveradi. Chunki ularning ildizlari uzun (yantoqning ildizi 20 m chuqurlikka tushadi) bo’lib, yerosti suvlaridan foydalanadi, barglari sertuk va mayda bo’lib, namni kam bug’latishga moslashgan. Ularning eng muhimlari qumli yerlarda о`suvchi saksovul, selin, juzg’un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq.
 O’zbekistonning sho’rxok joylarida yulg‘un, sho’ra, sho‘r ajriq, shuvoq, sarisazan, baliqko ‘z o’ssa, toshloqli yerlarida siyrak holda burgan, qora bayalich, isiriq o’sadi.
 O’zbekiston cho’l mintaqasining daryo vodiylarida (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq va b.) to’qayzorlar joylashib, qizilmiya, yantoq, qamish, qo‘g‘a, kendir, turang’il, tol, jiyda, yulg’un, chakanda (oblepixa) kabi o’simliklar o’sadi.
Cho‘l hayvonlari.
 Cho’l hayvonlari mahalliy sharoitga moslashgan bo’lib, aksariyatining rangi qum rangidadir. Cho’llardagi ba’zi hayvonlar (yumronqoziq, qo’shoyoq, ko’rsichqon)jazirama issiq va quruq yozga moslashgan bo`lib, suv ichmay, iste’mol qilgan o’simliklar tarkibidagi nam bilan qanoatlanadilar. Ba’zilari chopqir bo’lib (oqquyruq, jayra soatiga 50—60 km tezlikda chopadi), uzoqdagi suvlardan foydalanadi.
 Yozda kunduzi tuproq va qumlar 75-80°C qizib ketganligi tufayli, ba’zi hasharotlar, kaltakesak, ilon va boshqalar salqin joylarda yoki inlarida bekinib, kech kirishi bilan faollashadi.
 Cho’l mintaqasida sutemizuvchilardan cho’l mushugi, jayron, oqquyruq, qoraquloq, qoplon, xongul, tulki va bo’rilar yashaydi. Shuningdek. kemiruvchilardan yumronqoziqlar, qumsichqon, qo’shoyoq. ko’rsichqon vatipratikanlar uchraydi.
 Cho’llarda sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo’g’ma ilon, kapcha ilon (Turkiston kobrasi), chipor ilon, o’qilon, charxihm, kaltakesaklar, cho’l toshbaqasi yashaydi. Kaltakesaklar ichida eng kattasi echkemar bo’lib, uzunligi 1,5 m ga yetib, mayda kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi.
  Cho`lda hasharotlardan qoraqurt, chayon, falanga (biy), clugirtka kabilar mavjud. Bular ichida qoraqurt o’ta zaharli o’rgimchaksimonlar turiga kiradi.
 Cho’l mintaqasining to’qavzorlarida chiyabo’ri, tulki, bo’rilar, to’qay mushugi, to’ng’iz yashaydi. Qushlardan qirg’ovul, qarqara, birqozon, g’oz. o’rdak va boshqa qushlar yashaydi.
Adir mintaqasi.
 Okean sathidan 400—500 m.dan 1000—1200 m gacha bo’lgan balandliklarda joylashgan. Adir iqlimi cho’ldagidek: jazirama issiq va uncha quruq emas. Yillik yog’in miqdori 300—450 mm bo’lib, o’simlik qoplami qalinroq. Asosiy tuprog’i — oddiy va to’q tusli bo’z tuproq.
 Oddiy bo’z tuproq tog‘ etaklarida, 500—600 m dan 1000 m gacha bo’lgan balandliklarda tarqalgan, tarkibida chirindi 1,5—2,5 foizni tashkil etadi.
  Okean sathidan 1000—1600 m balandliklarda to’q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan bo’lib, tarkibidagi chirindi miqdori 3—4 foizga boradi, ko’pincha ba- horikor ekinlar ekiladi.
 Adir mintaqasida cho’lga nisbatan o’simliklar ko’proq bo’lib, bahorda qizil, sariq rangdagi lolalar va chuchmomalar bilan qoplanadi. Shuningdek. qo‘ng‘irbosh, rang, sasir, yantoq, kavrak va gulxayrilar o‘sadi. Adirlarda zirk, na’matak, do Чапа kabi buta va chinor, terak, qayrag‘och kabi daraxtlar o‘sadi.
 Adir mintaqasida cho’lga xos sudralib yuruvchilardan kaltakesak (agama, gekkon)lar, ilon (kapchabosh ilon. zaharli ko‘k ilonflar, hatto falanga, chayon kabi hasharotlar ham uchraydi.
 Adirda tulki, bo’ri, toshbaqa, yumronqoziq, jayra, bo’rsiq va tipratikanlar uchraydi. Qushlardan pushtirang chug’urchuq(asalarilar kushandasi), ko’k qarg’a, kakhk, zog’cha, kalxat, qirg’iy va burgut kabi qushlar yashaydi.
Adir vohalarida musicha, chumchuq, xushovoz bulbul, mayna, qaldirg‘och vasassiqpopishak yashaydi.
Tog‘ mintaqasi.
 Okean sathidan 1000-1200 m dan 2700-2800 m gacha bo’lgan balandlikdagi joylami o’z ichiga oladi. Tog’ mintaqasida o’simlik qoplamining qalinligi tuproq tarkibida chirindining ko’payishiga sharoit yaratadi. Tog’larda tog’-qo‘ng’ir va tog‘-jigarrang tup­roqlari tarkib topgan bo’lib, tarkibida chirindi miqdori 4-6 foizgacha yetadi. Tog’ mintaqasining daryo vodiylarida va qayirlarda o’tloq. botqoq-o‘tloq tuproqlar uchraydi.
 Tog’larda betaga, rovoch, tog‘yalpizi kabi o’tlar, na’matak, zirk, dukcho‘p vairg’ay kabi butalar o’sadi. Tog’da bodom, pista, do’lana, o’rik, olma, olcha, nok, xandon pista kabi mevali daraxtlar ham uchraydi. Tog’ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan balandliklarida archa, yong’oq, Turkiston qayim, teraklardan tashkil topgan o’rmonlar uchraydi.
 O’rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellaming oldini oladi, tuproqlami yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo‘tadillashtiradi, havodagi zararli moddalami yutib, kislorod chiqaradi.
   Tog’ mintaqasida hayvon turlari adirga nisbatan ko‘p. Lekin havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo’lib, Oloy tog’ iloni, Turkiston agamasi uchraydi.  Tog‘ mintaqasida o’rmon sichqoni, oq sichqon, ko rshapalak, oq suvsar, qunduz, o‘rmon olmaxoniyashaydi. Tog‘da qo’ng’ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, bo’ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, to’ng’izyashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‘a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabilar uchraydi.
Yaylov mintaqasi.
 Yaylov mintaqasi 2700-2800 m dan balandda joylashgan bo’lib, iqlimi sovuq va nam. Bunday sharoitda och qo’ng’ir va o’tloq tuproqlar hosil bo’ladi. Yaylov mintaqasi subalp va alp o‘tloqlaridan iborat. Ayrim, quyoshga teskari yonbag‘irlarda yil bo‘yi qor saqlanishi mumkin. Subalp o’tloqlarda, asosan, baland bo‘yli o‘tlar, shuningdek, boshoqlilardanyovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar o‘sadi. Alp o‘tloqlarida to‘ng‘izsirt, qoqio’t, tipchoq, binafshalar o’sadi.   

 Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan alqor, bug‘u (elik), qo‘ng‘ir ayiq, tog‘ takasi, muflon, qoplon, qor barsi, kiyiklar, kemiruvchilardan — sug‘ur yashaydi. Yaylovdagi oq tirnoqli ayiq «O’zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan. O‘zbekistonning yuqorida qayd qilingan balandlik mintaqalaridagi suv havzalarida baliqlarning bir necha turlari yashaydi. Ularning eng muhimlari laqqabaliq, zog‘orabahq, shohbaliq (oybaliq), marinka, cho‘rtanbaliq kabi baliqlardir. Amudaryo va Sirdaryoda yashovchi qilquyruq balig‘i noyob tur bo lib, «O’zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash