Yuklanmoqda...

O`zbekiston iqlimi 

2961

 O’zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinental iqlimga ega. Kontinental iqlimning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: osmon nihoyatda ochiq va quyoshli; harorat nihoyatda yuqori, yillik yog’in miqdori kam, aksincha, mumkin bo’lgan (potensial) bug’lanish katta: yoz uzoq vaqt davom etib, jazirama issiq, qish esa shu geografik kenglik uchun birmuncha sovuq; yillik va sutkalik haroratning farqi katta. O’zbekiston iqlimining bu xususiyatlari, eng awalo. iqlim hosil qiluvchi omillaiga bog’liq.
  Iqlim hosil qiluvchi omillar. 
 O’zbekiston iqlimining vujudga kelishida uning geografik o’rni va u bilan bog’liq quyosh radiatsiyasi; atmosfera sirkulatsiyasi; relyefi: yer yuzasining holati (yer yuzasi nimalar bilan qoplanganligi) va kishilaming xo’jalik faoliyati (antropogen) ta’sir etadi.
 O‘zbekiston geografik o‘rniga ko‘ra ancha janubiy kengliklarda joylashgan. Shu sababli quyosh uni uzoq vaqt yoritib va isitib turadi. Lekin 0‘zbekiston hududi shimoldan janubga 925 km cho’zilganligi tufayli quyoshning nuri uning hamma qismida bir xil tushmaydi. Agar shimoliy qismiga yozda (22-iyunda) quyosh 71-72° burchak hosil qilib tushsa, janubida 76° ni tash­kil etadi. Binobarin, shimolda quyosh yiliga 2500-2800 soat nur sochib tursa, janubda 3000-3100 soat nur sochib turadi. Shu sababli O‘zbekistonni «serquyosh o‘Ika» deb yuritiladi. О zbekistonda yil davomida har bir sm.kv yuza Quyoshdan shimolda 130, janubda 160 kkal radiatsiya (issiqlik energiyasi) oladi.  0‘zbekiston hududiga yiliga o‘rtacha tushayotgan quyosh energiyasining miqdori 30 mlrd tonna ko‘mir ekvivalentiga teng.
  O‘zbekiston iqlimining vujudga kelishida atmosfera sirkulatsiyasining ahamiyati katta. Qishda 0‘zbekiston hududiga shimoli-sharqdan Sibir antisiklon havo massalari, shimoldan Arktika havo massalari kirib kelib, uning janubiy qismlarigacha yetib boradi. Natijada havo ochiq bo‘ladi, lekin harorat pasayib, sovib ketadi. Shimoliy sovuq havo massalaridan tog‘lar bilan to‘silgan. Surxon-Sherobod vodiysida qish nisbatan iliq bo’ladi. Qishda 0‘zbekiston hududiga o‘rtacha kengliklardagi havo massalari ham kirib kela oladi, tropik oqimlari bilan to’qnashishi oqibatida ob-havo 0‘zgarib, havo biroz ilib, yomg‘ir yoki qor yog‘ishi kuzatiladi.
  Yozda 0‘zbekiston hududi, xususan, uning tekislik qismi juda isib ketishi oqibatida termik o‘choq vujudga keladi. Natijada havo ota qizib. siyraklashib, mahalliy kontinental Turon tropik havosi shakllanadi. Bu bo‘shliqni (past bosimni) to‘ldirish uchun shimoli-g’arbdan va g‘arbdan salqin havo massasi esadi. Lekin havo qizib ketganligi tufayli bu havo massalari yog‘in keltirmaydi. Bu havo oqimi 0‘zbekiston tog’larida nisbatan salqin bo‘lganligi tufayli yomg‘ir yoki qor tariqasida yog‘adi.
  O‘zbekiston iqlimining tarkib topishida relyef ham ta’sir etadi. Respublikaning shimoli, shimoli-g‘arbiy qismi ochiq. Natijada shimoldan, shimoli-g‘arbdan esuvchi sovuq havo massalari bemalol kirib keladi. Aksincha, janubiy qismi togiar bilan o‘ralganligi tufayli iliq tropik havo massalarining kirib kelishiga to’siq bo‘ladi. Tog’larda yozda tekislikka nisbatan havo salqin bo‘lib, yomg‘ir ko‘proq yog‘adi, qish esa sovuq bo’lib, uzoq davom etadi. qor nisbatan ko‘proq yog‘adi. Natijada tog‘larning baland qismida doimiy qor va muzliklar vujudga keladi.
  Insonning xo‘jalik faoliyati tufayli iqlimga ta’sir etilmoqda. havo ifloslan- moqda, mikroiqlimning o‘zgarishiga (sug‘oriladigan mintaqada atrofidagi yerlarga nisbatan yozda harorat 1,5-3,5°C gacha past, nisbiy namlik 10-15% ortiq) sabab bo‘lmoqda.
  Haroratning taqsimlanishi. 
  0‘zbekiston hududida issiqlikning taqsimlanishi haqida tasawurga ega bo’lish uchun yillik o’rtacha haroratni bilish kerak. O’rtacha yillik harorat Nukusda +10,8°C, Toshkentda +11,9°C, Termizda +17,8°C.   
  Yog’inlarning taqsimlanishi.
 O’zbekistonda yog’inlar asosiy suv manbayi hisoblanib, hudud va yil fasllari bo’yicha notekis taqsimlangan. Bu, asosan, havo massalanmng xususiyatiga, yerusti tuzilishiga, tog’larning yo’nalishiga va balandligiga bog’liq. Yog’inlarni, asosan, Atlantika okeanidan esuvchi nam havo massalari keltiradi.
  O’zbekistonda eng kam yillik yog’in miqdori Ustyurt. Quyi Amudaryo va Qizilqumga to’g’ri kelib, 100 mm atrofida. Yog’inlar miqdori sharq va janubi- sharqqa tomon relyefning balandlashishi tufayli ortib boradi. O’zbekistonning adir va tog’oldi qismiga o’rtacha yiliga 300—550 mm, G’arbiy Tyanshan, Hisor-Zarafshon tog’larining janubi-g’arbiy nam havoga ro’para bo’lgan yonbag’irlariga 800—900 mm yog’in tushadi. O’zbekistonda eng ko’p yillik yog’in G’arbiy Tyanshanning nam havoga ro’para bo’lgan qismlariga to’g’ri kelib 2000 millimetrni tashkil etadi. Yog’inlarning asosiy qismi qishda (yillik yog’inning 30 foizi) va bahorda (40 foizi) yog’adi.
 O’zbekistonning tekislik qismida bir yilda 35-40 kun yog’inli bo’lsa, bu ko’rsatkich tog’larda 70-90 kun bo’ladi. Yog’inning bir qismi qor holida tushadi. Lekin hududning tekislik qismida qor qoplami turg’un bo’lmasdan, shimoli-g’arbida 40-50 kun, janubi- sharqida 10-15 kun, tog’larda -90-100 kun saqlanib turadi. Qorning о`rtacha qalinligi tekislik qismida 1-8 sm (eng qalini 30 sm). tog’oldida 10-20 sm (eng qalini 60 sm), tog’larda 60 sm (eng qalini 1,5-2,0 m.) ni tashkil etadi.
  O’zbekistonda yog’inning bir qismi kuchli shamol va jala aralash do’l holida yog’adi. Bunday hodisa har 10 yilda o’rtacha tekislik qismida 1 martadan 6-7 martagacha, tog’oldi va tog’da 1-2 marta sodir bo’ladi.
  Yozda havoning juda isib ketishi yer yuzasidan namlikning ko’plab bug’lanishiga sabab bo’ladi. Natijada O’zbekiston tekislik qismida yillik yog’inga nisbatan mumkin bo’lgan bug’lanish bir necha marta (Toshkentda 3,5 marta, Nukusda 27 marta) ko’p. Bug’lanishning 80-85 foizi may-oktabr oylariga to g’ri keladi.
    Shamollar. 
 O’zbekiston hududiga yil davomida shamollar shimoli-g’arbiy, shimoliy va g’arbiy tomondan esib turadi. Qishda shamollarning yo’nalishi Sibir antisikloni va Turon tekisligining janubidagi siklonlar ta’sirida sodir bo’ladi. Shu sababli O’zbekiston shimoliy qismida shamollar shimoli-g’arbiy, shimoliy va shimoli-sharqiy yo’nalishda esadi. Janubiy qismida esa ko’proq janubi-g’arbiy yo’nalishda siklonlar harakat qiladi.
 Yozda O’zbekistonga shimoli-g’arbdan, shimoldan va g’arbdan shamollar esadi. Ammo tekislik qizib ketganligi tufayli yog’in vujudga kelmaydi, aksincha, tog’ tomon ko’tarilgan sari havo sovib borishi oqibatida, bulutlar hosil bo’lib, yog’in yog’adi.O’zbekistonda yana mahalliy tog’-vodiy, bekobod (havos), qo’qon, afg’on shamollari esib turadi.
 Tog’-vodiy shamollari O’zbekistonning barcha vodiylarida kuzatiladi. Bunda kunduzi vodiydan tog’ga, kechasi tog’dan vodiyga tomon esadi. O’zbekistonda yoz quruq va i iq bo’lih. uning tekislik qismida iyulda o’rtacha harorat +26-30 С ga yetsa, janubda +31 +32 С ga yetadi. Eng yuqori harorat Termizda +50 С gacha yetadi. Qumlar yuzasi esa +75-+80 С gacha qiziydi.
 Qishda — yanvarda o’rtacha harorat O’zbekistonda shimoli-g’arbdan (Ustyurtda -10—11 С) janubi-sharqqa qarab (Samarqandda +0,3 C) ilib boradi. Ba’zan Arktika va Sib’r havo massalarining kirib kelishi va turib qolihi natijasida qish sovib ketadi, eng past harorat Surxondaryoda -20 C, Toshkentda -30 C, Ustyurtda —38 C gacha pasayadi.
 O’zbekiston tog’larida harorat yuqoriga ko’tarilgan sari pasaya boradi. Bundan tashqari, haroratning taqsimlanishi tog’ tizmalarining yo`nalishiga quyoshga ro’paraligiga, havo massalarining yo’nalishiga bog’liq.
  Bekobod shamoli qishda Farg’ona vodiysida bosim yuqori. g’arb tomonda bosim past bo’lganda «Xo’jand» darvozasi orqali Mirzacho’l tomonga esadi, tezligi sekundiga 30 — 40 m ga yetadi. undan xalq xo’jaligiga zarar yetmoqda.
 Qo’qon shamoli bahor va kuzda Farg’ona vodiysida bosim past bo’lganda g’arbdan vodiy tomonga esib. tezligi sckundiga 15-25 m ga yetadi.
 Surxon-Sherobod vodiysiga janubi-g’arbdan chang-to’zonli va quruq afg on shamoli esib, tezligi 15—20 m ga yetadi bir necha kun esib turadi. Afg’on shamoli qishloq xo’jalik ekinlariga, mevali daraxtlarga zarar yetkazadi.

  O’zbekistonda yil fasllari shu geografik kenglikda joylashgan boshqa hududlardan farq qiladi. Taqvim bo’yicha yil fasllari uch ojdan to’rt fasl davom etsa-da, Respublikamiz serquyoshdir. Quyosh uzoq vaqt yoritib, isitib turishi natijasida yoz uzoq vaqt davom etadi va qishi qisqadir.   

 Qish. O’zbekistonda qish shu kengliklarda joylashgan O’rta dengiz atrofidagi hududlarga nisbatan sovuq. Qishda ob-havo tez-tez o’zgarib turadi, havo ko’pincha ochiq bo’ladi va sovuq kunlar ba’zan iliq bulutli va yog’inli kunlar bilan almashinib turadi. Qishda yillik yog’inning 20-40 foizi tushadi. Qish dekabr oyining ikkinchi yarmidan boshlanadi. Qishda eng sovuq kunlar «qish chillasi» (26 dekabrdan 5 fevralgacha, 40 kun) da sodir bo’ladi. Chunki bu davrda hududga Arktika va Sibir sovuq havolari ko’proq yetib kelib, turib qoladi. Natijada harorat pasayib, Ustyurtda -38° gacha, Surxondaryoda -20°C gacha pasayadi. Tog’larda qish davomli bo’lib, 3-4 oy davom etadi.
  Bahor. Taqvim bo’yicha bahor mart, aprel va may oylari hisoblansa-da, aslida fevral oyidan, o’rtacha sutkalik harorat +5°C dan oshganda boshlanadi. Bahorda ob-havo tez-tez o’zgarib turadi, goh isib, goh soviydi, yog’in ko’p (o’rtacha yillik yog’inning 40 foizi) tushadi. Ba’zan yog in jala tariqasida yog’ib, tog’ va tog’ etaklarida selni vujudga keltiradi. Bahorda aprel oyining oxiri, may oylarida harorat ko’tariladi, havo ochilib, yog’in kamayib, haqiqiy yoz boshlanadi. Bahorda 21-martda kun bilan tun teng bo`ladi va bu kun 0‘zbekistonda «Navro‘z» bayrami sifatida nishonlanadi. 
 Yoz. O’zbekistonda yoz taqvim bo’yicha iyun, iyul, avgust oylari hisoblansada, aslida o’rtacha sutkalik harorat 20°C dan oshganda boshlanib, 20°C dan pasayganda tugaydi. Binobarin, yoz uzoq, besh oy davom etadi. Yozda ob-havo juda kam o’zgarib, ochiq, quruq, jazirama issiq bo`ladi. Yozning issiq kunlari 25-iyundan 5-avgustgacha davom etadi (40 kun), u «yoz chillasi» deb yuritiladi. Yozda hududning tekislik qismida iyulning o’rtacha harorati +26 +32°C atrofida o‘zgarsa, ba’zan isib ketib, eng issiq harorat 41—48°Cga, Termizda esa 50°C gacha ko’tarilgan. Yoz O’zbekiston tekislik qismining shimolida 110 kungacha, janubida 160 kungacha davom etadi. Tog’larda yoz nisbatan salqin va qisqa.   
  Kuz. Sentabr oyi kuz fasli hisoblansa-da, ob-havo ochiq, issiq, nisbatan quruq bo’ladi. Shu sababli iqlimshunos olimlar kuzni o’rtacha sutkalik harorat 20°C dan pasayganda boshlanib, 5°C dan pasayganda tamom bo`ladi, deb hisoblaydilar. Binobarin, haqiqiy kuz O’zbekiston sharoitida oktabr oyidan boshlanadi Chunki oktabrdan boshlab harorat pasayib, ob-havo o’zgara boshlaydi, kunlar qisqarib, salqin tushadi, ba’zan tunda qirov tushib, yog`ingarchilik boshlanadi. Kuzda o’rtacha yillik yog’inning 15-25 foizi tushadi. Tog’larda kuz barvaqt boshlanib, sovuq kunlar erta tushib, yomg`ir qorga aylanadi.
 O’zbekistonda kuzning birinchi yarmi eng yaxshi fasl hisoblanadi. Chunki bu davrda kunlar issiq va quruq bo’lib, poliz ekinlari va mevalar aynan pishgan bo’ladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash