Geografik o`rni, chegaralari va maydoni 

3836

 O’zbekiston O‘rta Osiyoning markaziy qis­mida, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. O’zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli-sharqida bo‘lib, 45°З1 shimoliy kenglikdadir. Eng janu­biy nuqtasi Termiz shahri yonida, Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37°11 shi­moliy kenglikda. Eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt platosida bo’lib, 56’00′ sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa Farg’ona vohasining sharqiy qismida, 73°10′ sharqiy uzunlikdadir. O’zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan janubiy nuqtasi orasidagi masofa 925 km ga, eng g‘arbiy nuqtasi bilan sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa 1400 km ga teng.
O`zbekistonning tabiiy-geografik o`lkalari

  O‘zbekiston geografik o‘rniga ko‘ra 0‘rta dengiz bo‘yidagi Ispaniya, Italiya, Gretsiva kabi mamlakatlar bilan taxminan bir geografik kenglikda joylashgan. Lekin O‘zbekiston Yevrosiyo materigining ichki qismida okean va dengizlardan uzoqda joylashganligi tufayli subtropik o‘lkalardan farq qiladi. Buning ustiga Hind okeanidan kirib keladigan nam va iliq havo oqimlari toglar bilan to‘silgan. Aksincha, shimoliy qismi ochiq boMganljgi tufayli sovuq havo oqimi bemalol kirib keladi. Oqibat-natijada, O`zbekiston subtropik mintaqada joylashsa-da, cho‘lga xos bo‘lgan tabiiy sharoit (yozi bulutsiz, serquyosh, jazirama issiq va quruq, qishi esa nisbatan sovuq) vujudga keladi.
  O’zbekiston chegarasining ko‘p qismi tekisliklar, oz qismi adir va tog‘lar orqali o‘tadi. Respublikamiz shimol va shimoli-g‘arbda Qozog‘iston bilan, sharqda Qirg‘iziston bilan, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubi-g‘arbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Janubda O`zbekiston Surxon-Sherobod vo­diysida Afg‘oniston bilan (Amudaryo orqali 100 km) chegaradoshdir.
 O‘zbekiston maydoni 448,9 ming kv.km bo‘lib, kattaligi jihatidan 0‘rta Osiyoda Qozog`iston va Turkmanistondan keyinda turadi. O‘zbekiston may­doni Yevropadagi Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlar hududidan katta.
  O’zbekiston hududi Belgiya, Gollandiya va Daniya kabi davlatlarning yer maydonini qo’shib hisoblasak ham, ulardan 4 marta, Shveysariyadan 10 marta, Belgiyadan 14 marta katta.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash