O`rta Osiyo to`g`larining iqlimi 

971

  O‘rta Osiyo iqlimiga xos bo‘lgan eng muhim sifatlar, jumladan, quyoshli kunlarning ko‘pligi, iqlimning issiqligi, kontinentallik va qurg‘oqchilik kabi xususiyatlar o‘lkaning asosiy qismini egallagan tekisliklarda, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi.
 O‘rta Osiyoning sharqi, janubi-sharqi va janubida joylashgan tog‘larda ularning balandligi, yonbag‘irlarning quyoshga, asosiy shamollarga nisbatan joylashuvi, tog‘ vodiylarining tor va kengligi, tog‘ning chekka yoki ichki qismida joylashganligi kabi xususiyatlar ta’sirida iqlimiy sharoit tekisliklardagiga nisbatan farq qiladigan bir qator xususiyatlarga ega.
  Balandlik ortishi bilan havoning tiniqligi oshadi, havo bosimi pasayadi, quyoshning nurli energiyasi ortadi, havo harorati esa pasaya boradi, namlik va yog‘in-sochin ko‘payadi. Shu bilan birga, tog‘larning turli yonbag‘irlarida iqlim va ob-havo elementlarining o‘zgarishi turlicha bo‘ladi.
  Tog`lar janubiy va g‘arbiy havo oqimlarini to‘sib, ularni yonbag‘irlar bo‘ylab yuqoriga ko‘tanlishga majbur etadi. Ko‘tarilayotgan havo soviydi, nisbiy namligi oshib, bulut ko‘payadi, yog‘ingarchilik bo’ladi. Bu hoi tog’larning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy yonbag‘irlarida yaqqol ko‘rinadi. Tog`larga yaqinlashgan sari yog’in-sochin miqdori ortib boradi. Tog‘larda qish davri uzoq, yoz qisqaroq bo’ladi. Baland tog’larda qor ko‘p yog‘ib, uzoq vaqt saqlanadi. Lekin tog’li rayonlarning hammasida ham tekisliklarga xos bo’lgan asosiy iqlimiy xususiyatlar, umuman, saqlanib qoladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash