O`lka iqlimining ta`rifi 

503


  Yilning salqin faslida Sharqiy Sibir va Markaziy Osiyo hududida atmosferada yuqori bosimli Osiyo (Sibir) antisiklonivujudga keladi. Uning juda katta g’arbiy tarmog‘i Qozog‘istonning markaziy va shimoliy qismlarini egallaydi. Natijada, qishda O‘rta Osiyo o‘lkasining shimoliy qismlari ana shu antisiklonga to‘g‘ri kelib, ko‘pincha shimoli-sharqiy shamollar esadi. Bu vaqtda havo ochiq bo‘lib, kechalari yer yuzasi yanada soviydi, kunduzlari esa quyosh nurlari uni biroz ilitadi. Agar shimoli-sharqiy havo oqimi saqlanib qolsa, sovuq kunlar 0‘rta Osiyo hududida uzoq turib qoladi.
  Ana shunday sovuq havo massasini Eron, Afg‘oniston hududidagi iliq tropik havodan ajratib turadigan qutb fronti 0‘rta Osiyoning ianubiy chekkasi ustida joylashadi. Havo frontining ikki tomonida havo massalari haroratidagi tafovut katta bo’lganligi sababli front atrotida siklonlar harakati kuchayadi. Siklonlar Kaspiy dengizining janubidan, Murg‘ob va Tajan daryolari vodiylaridan yoki Amudaryoning yuqori oqimlaridan boshlanib, O‘rta Osiyo hududiga janubi-g‘arb va janubdan kirib keladi hamda shimoli-sharq tomonga qarab yo‘naladi. Siklonlar keltirgan iliq tropik havo tufayli harorat oldingisiga nisbatan 10—20°C ko‘tarilib, bulut ko‘payadi. Yog`inlar — yomg‘ir, ba’zan qor, ana shu siklonlar o’tganda yog’adi. Bahorda ham shunday siklonlar kirib keladi va ko‘p miqdorda yog‘in yog‘ishiga sabab bo’ladi.
  Siklonlar natijasida O‘rta Osiyo hududiga kirib kelgan iliq havo massalari sharqqa tomon harakat qilganda ular ketidan g‘arbdan mo’tadil mintaqa havosi kirib keladi. G‘arbdan keladigan bu iliq va semam havo massalari Atlantika okeani, O‘rta dengiz, Qora dengiz ustida tarkib topganligidan ancha yog‘in beradi. Uzoq davom etadigan yomg’irlar ba’zan qorga aylanadi.
    O‘rta Osiyo hududiga shimoli-g‘arb yoki shimoldan Arktika va mo‘tadil kengliklaming sovuq havo massasi kirib kelganda harorat (-10, -20°C gacha) pasayib, qattiq sovuq bo’ladi. Arktika havo massasi o’lka hududida uzoq muddat turib qolishi natijasida o’lkaning shimoli-sharqida harorat -35, -45°C gacha pasayadi.
  Qish oylarida g‘arbiy havo oqimi kuchli bo‘lsa, ob-havo nisbatan iliq va sernam bo’ladi, aksincha, sovuq shamollar (shimol, shimoli-g’arbdan) esganda, ob-havo juda beqaror, ko pmcha o‘ta sovuq va yog’inli bo’ladi.
 Yilning iliq davrida, ayniqsa, yoz oylarida O’rta Osiyoda havo massalarining almashinuvi mutlaqo boshqacha ko’rinbhga ega. O’lkada uzoq davom etadigan yoz oylarida (ayniqsa, tekislik qismida) havo juda isib, mahalliy Turon kontinental tropik havosi tarkib topadi. Bu havo massasi harorati jihatidan Eron, Afg‘onistondagi havodan deyarli farq qilmaydi. Havoning yoz oylaridagi o‘rtacha harorati 30°C va undan biroz ortiqroq bo‘ladi. Qish faslida 0‘rta Osiyodagi havoni Eron va Afg’onistondagi havodan ajratib turadigan qutb fronti yoz oylarida shimolga, Qozog‘istonning shimoli, Ural, G‘arbiy Sibirga ko‘chadi. O’rta Osiyoning juda katta qismida havo fronti bo‘lmagan bir xil ob-havo sharoiti vujudga keladi. Binobarin, siklonlaming kirib kelishi ham deyarli bo‘lmaydi.
 O‘rta Osiyo hududida yoz oylarida havo bosimi pasayadi, ya’ni termik depressiyavujudga keladi. Havo bosimining pasayib ketishi shimoldan, g‘arbdan va shimoli-g’arbdan 0‘rta Osiyo hududiga havo oqimlarining kuchayishiga sabab bo`ladi. Tekisliklarda qum bo’ronlari avj oladi. Qish oylariga nisbatan yozda o‘lkamizga salqin havo oqimi ikki hissa ko‘p kirib kelsa ham, uning mahalliy ob-havoga ta’siri unchalik sezilmaydi, chunki kirib kelayotgan havoning pastki qatlamlari yer betiga tegib tezda isiydi, nisbiy namligi kamayadi, yog‘m bermaydi. Yoz oylarida 0‘rta Osiyoga salqin havoning kirib kelishi haroratni qisqa vaqtga biroz, bor-yo‘g‘i 3-10°Cga pasaytirishi mumkin. Faqat tog‘li joylarda havo sovib, qor va muzlaming erishi sekinlashadi, daryolarda suv kamayadi, bulut ko‘payadi, ba’zan yog‘ingarchilik bo‘ladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash