Yuklanmoqda...

Havo massalari. Siklon va antisiklonlar 

1345

  Havo massalari. Atmosfera havosining ko‘p xususiyatlari yer yuzasi bilan bog`liqdir. Jumladan, havoga turli changlar, tuz zarrachalari, suv bug‘lari, asosan, yer yuzasidan. okeanlardan, dengizlardan ko’tarilib, uning tarkibiga qo‘shiladi. Havoning nam yoki quruq, chang-to‘zonli yoki tiniq bo’lishi uning qanday joy ustida turganiga yoki harakat qilganiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli atmosferaning quyi qatlami (8—10 km balandlikkacha) о`z xususiyatlariga ko’ra turli joylarda bir-biridan keskin farq qiladi. Atmosfera quyi qatlami — troposferaning katta hududlar ustidagi ana shunday bir-birlaridan farq qiluvchi katta ко‘lamdagi to‘plamlari havo massalari deyiladi. Siz havo massalarining qaysi geografik kenglikda hosil bo’lganiga qarab arktika, mo’tadil, tropik va ekvator havo massalariga bo’linishini 5-sinf geografiyasidan bilasiz. Mo’tadil va tropik havo massalari yana dengiz va kontinental(quruqlik) havo massalariga bo’linadi.
  O‘rta Osiyo iqlimining shakllanishida arktika, mo’tadil va tropik havo massalari juda faol ishtirok etadi. Arktika havo massalari qishda Shimoliy Muz okeanidan G arbiy Sibir va Ural orqali, shuningdek, shimoli-sharq tomondan Sharqiy Sibir orqali O’rta Osiyo hududiga kirib keladi. Bu havo sovuq, quruq va tiniq bo’ladi. G’arbdan va shimoli-g’arbdan, Volgabo’yi va Sharqiy Yevropa tekisligidan kontinental mo’tadil havo massalari keladi. Bu havo ham ancha salqin bo’ladi, lekin ko’pincha yog’ingarchilik keltiradi.
  Yoz oylarida oika ustida turib qoladigan kontinental tropik havo massasi oMkaning tekisliklari ustida vujudga keladi, harorati juda baland, quruq va g’uborli bo’ladi. O lka tabiatining qurg oqchil boiishi kontinental tropik havo massasining aynan shu hududda shakllanishi va uzoq muddat turib qolishiga sabab bo’ladi. O’rta Osiyo iqlimining ob-havo turlari, havoning harorati, namligi va tiniqlik xossalari ana shu havo massalariga bog’liq.
Havo massalari. Siklon va antisiklonlar Havo frontlari. Siklon va antisiklonlar. Turli xususiyatlarga ega bo’lgan havo massalari bir-birlari bilan tutashgan joylarda oraliq zona, ya’ni havo fronti hosil bo’ladi. Havo frontida ikkala xil havo massasi o`zaro ta’sir ko’rsatadi. Natijada ob-havo tez o’zgarib turadi. Front zonasi qaysi havo massasining kuchli ekaniga qarab iliq yoki sovuq frontlar deb ataladi. Iliq frontda sovuq havo bilan qoplangan joyga iliq havo bostirib kirib, ob-havonmg asta-sekin ilishiga sabab bo’ladi. Sovuq front uchun, aksincha, ob-havoning tez o’zgarishi, haroratning keskin pasayishi va yog’in-sochin bo’lishi xosdir.
  Havo frontlari juda katta hududlarni qarnrab oladi. Front zonasining turli qismlarida atmosferada diametri bir necha yuz, hatto minglab kilometrga teng bo Igan juda katta havo girdoblari uchraydi. Ularning ba’zilari markazida havo bosimi past bo’lib, atrofga tomon ortib boradi va havo atrofdan markazga tomon soat strelkasi harakatiga teskari yo’nalishda harakat qilad: Bunday havo girdoblari siklonlar deyiladi. Aksincha, front zonasida atmosfera bosimi markazdan atrofga tomon kamayib boradigan, shamollar soat strelkasi harakati yo ‘nalishida esadigan havo girdoblari antisiklonlar deb ataladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash