Yuklanmoqda...

Iqlimga ta`sir ko`rsatuvchi omillar


  O‘rta Osiyoning iqlimi juda rang-barangdir. O’lkaning shimoliy qismida hali qish hukmron bo`lib turgan vaqtda uning janubida va tog‘ oralig’idagi vodiylarda daraxtlar gullab, bahor fasli boshlangan boladi. Suvsizlikdan qaqragan qumli chollar, tog‘ etaklaridagi ekinzor va bog‘lardan iborat vohalar baland tog‘larda sernam o‘tloq va o‘rmonlar bilan almashinadi. O‘rta Osiyo o‘lkasidagi bunday rang-barang iqlimiy sharoit, asosan, quyidagi omillar ta’sirida vujudga kelgan: joyning geografik о‘mi va Quyosh radiatsiyasi, havo massalarinmg harakati, joyning relyef tuzilishi. 0‘lka iqlimini hosil qiluvchi bu omillami alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.   

  O`lkaning geografik o‘rni va Quyosh radiatsiyasi. Yevrosiyoning tabiiy xaritasiga nazar tashlasak, O’rta Osiyo materikning deyarli qoq markazida joylashganini ko’ramiz. 0‘lkaning bunday joylashuvi Yer kurrasimng aynan shu kengliklarida joylashgan boshqa hududlarga nisbatan Quyoshdan ko’proq radiatsiya olishini ta’minlaydi.
  Quvoshning yer yuziga tushadigan nur energtyasi va issiqligi Ouyosh radiatsiyasi deb ataladi. Quyosh nurlari kosmik fazodan o’tib Yerga va uning havo qobig’iga issiqlik energiyasi keltiradi. Quyosh radiatsiyasining miqdori muayyan vaqt mobaynida 1 kv. sm yer yuzasiga kalorix a miqdorida tushgan nurli energiya bilan ifodalanadi.
  Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasida taqsimlanishi geografik kenglikka bog’liq, chunki quyosh nurlarining Yer yuzasiga qanday burchak ostida tushishi hamda turli yerlarda kunning uzoqligi geografik kenglikka bog`liq. Quyosh nurlari yer yuzasiga qancha tik tushsa, xuddi shu joy muayyan vaqtda ko‘p issiqlik oladi.
  O‘rta Osiyo shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasidagi kunning uzoqligidagi eng katta farq yozgi va qishki Quyosh turishi kunlariga to’g’ri keladi. Masalan, dekabming oxirida о lkaning chekka janubiy qismlarida kun shimolga nisbatan  1 soat 10 minut uzun, iyun oyining oxirida esa, aksincha, 1 soat 50 minutga yaqin qisqa bo’ladi.
 Joyning geografik kengligi shu hududda joylashgan yer yuzasiga tushishi mumkin bo’lgan quyosh energiyasi miqdorinigina belgilaydi. Lekin Quyoshdan keladigan energiyaning hammasi ham yer betiga yetib kelmaydi. Uning 20 foizga yaqm qismi havo qobig’idan aks etib, yana fazoga qaytib ketadi. Quyosh nurlarining bir qismini havodagi suv bug‘lari, changlar, shumngdek, bulutlar yutadi va tarqatib yuboradi. Natijada atmosferada tarqoq radiatsiya vu­judga keladi.
  Quyoshdan yer betiga bevosita yetib kelgan radiatsiya to’g’ri radiatsiya deyiladi. Yer yuziga to‘g‘ri radiatsiya ham, tarqoq radiatsiya ham tushrdi. Yer yuzasiga tushadigan tarqoq radiatsiya bilan to’g’ri radiatsiya birgalikda yalpi radiatsiya deb ataladi. Yalpi radiatsiya Qoraqum choiining janubida 1 kv. sm yuzaga 150 kkal issiqlikka teng. 
  O‘rta Osiyo hududining ko‘pchilik qismida qish, bahor fasllarida havo bulutli bo‘lgani sababli, yer yuzasiga tushadigan yalpi radiatsiya tarkibida tarqoq radiatsiya miqdori ко proq bo`ladi. Yoz oylarida esa o‘lka tekisliklarining barcha qismida havo, asosan, bulutsiz boigani uchun Quyoshdan keladigan radiatsiyaning asosiy qismini  to`g‘ri radiatsiya tashkil etadi.
 

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing!

Sharhlar

kodni yangilash