Yer yuzi tuzilishi 

2782


  0‘rta Osiyo hududi shakllanish tarixi va yer yuzasining hozirgi holatiga ko‘ra ikki qismga, ya’ni tekislik va tog`larga bo‘linadi. Dunyoda chuqurligi bo`yicha uchinchi o‘rinda turadigan Qoragiyo botig‘i (-132 m) O’rta Osiyoning eng past nuqtasidir. Hindukush tog‘idagi Tirichmir cho‘qqisi eng baland (7690 m) nuqtasi hisoblanadi.
  Tekisliklar O’rta Osiyoning markaziy, g‘arbiy va shimoliy qismlarida joylashgan. O`rta Osiyoning anchagina qismini Turon tekisligi egallagan. Bu tekislikda Olrta Osiyoning yirik cho‘llari - Qoraqum, Qizilqum joylashgan. Bu yerlarda nurash va shamol relyef hosil qiluvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu sababli chollarda asosiy relyef shakllari barxanlar, qum tepalari, qator qum balandliklaridir.

  Qizilqumning markaziy qismida yemirilish natijasida pasayib qolgan bir qancha tog‘lar qad ko‘tarib turadi, Qoraqumning janubi-sharqiy qismida baland tekisliklar — Badxiz va Qorabel platolari joylashgan. Tekislikning shimoli va shimoli-g’arbida baland yassi tekislikdan iborat Ustyurt va To’rg’ay platolari joylashgan. 

 Ustyurt platosi Orol va Kaspiy dengiylarining oralig’ida joylashgan. u atrofidagi tekisliklardan «chink» deb ataladigan balandlik jarlar bilan keskin ko’tarilib turadi. Platoning shimoliy qismi qumli tekislikdan, markaziy qismi qirlardan, janubiy qismi qir va botiqlardan iborat. Platoning bu qismida Borsakelmas, Sanqamish, Qorniyoriq va boshqa botiqlar joylashgan. To’rg’ay platosi to’lqinsimon tekislikdan iborat, uning markazida To’rg’ay botig’i joylashgan. Plato Mug’ojar va Ulutov tog’­larining orasida joylashgan.
   O‘rta Osiyoda tog’oldi va tog’lar oralig’ida joylashgan tekisliklar ham keng maydonlami ishg’ol qilgan. Bu tel sbkiur tog’larda yemiiilgan tog’ jinslarini vaqtinchalik va doim  oqar suvlar oqib keltinb yotqizishidan hosil bo’lgan. Bunday tekisliklarga Farg`ona vodiysi, Mirzacho`l, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylarini misol qilib ko’ratish mumkin. Ularning yer yuzasi sal qiya bo’lib vohalarga aylantirilgan eng
unumdor yerlar hisoblanadi.   
 Tog’lar. Tekisliklarni tog’lar sharq va janub tomonlardan o’gab turadi. Shimolda Oozig’iston past tog’lari joylashgan. ular­ning katta qismi yemlrilib. qirli tekisliklarga aylanib qolgan. Faqat markaziy qismigina atrofdagi qir tekisliklardan biroz ko’tarilib turadi. Qozogistonning sharqiy qismida yakka-yakka joylashgan Chingiztog`, Torbog`otoy va Jung`oriya Olatovi cho’zilib ketgan. 
  O’rta Osiyoning sharqiy qismida eng yirik Tyanshan tog’lari tizimi joylashgan. Uning eng baland qismi muz bilan qoplangan Xontangri tog’laridir (G’alaba cho’qqisi 7439 m). Tyanshan tog’lari shimoliy, markaziy. G`arbiy va janubiy qismlarga bo’linadi.
  Pomir tog’lari о`lkaning janubida joylashgan. Uning eng baland nuqtasi 7495 m ga yetadi. Pomir tog’i sharqda va g’arbda meridian yo’nalishidagi tog’lar bilan o’ralgan. Eng baland joylari muz bilan qoplangan. O`rta Osiyodagi eng uzun muzlik (Fedchenko muzligi) ham shu yerda joylashgan. Pomirning janubida shimoli-sharqdan janubi-g’arbga yo`nalgan Hindukush tog’lari bor.
   O’rta Osiyoning janubiy qismi Turkman — Xuroson tog’lari bilan o’ralgan. Bu tog’lar deyarli yoy shaklida joylashgan. Kopetdog`, Nishopur, Bandi Turkiston, Safedko`h va Parapamiz tog`lari iborat. Mazkur tog’larda shamol va suv ta`sirida  turli rel`yef shakllari hosil bo`lgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash