O`rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi. Foydali qazilmalari 

2207

  Rivojlanish tarixi. Yer yuzasining rivojlanish tarixida bir qancha bosqichlar ajratiladi. Proterozoy erasining oxiri, paleozoy erasining boshida baykal, paleozoy erasining birinchi yarmida kaledon, ikkinchi yarmida gersin, mezozoy erasida kimmeriy va laramiy, kaynozoy erasida alp burmalanishi sodir bo‘lgan. O’rta Osiyo yer yuzasining hozirgi holati uzoq davom etgan geologik davrlarda dengiz va quruqlik sharoitida turli xil burmalanish bosqichlari davomida, turli sur’atda ro‘y bergan tektonik harakatlar ta’sirida shakllangan.

   Arxey va proterozoy eralarida O’rta Osiyo hududi dengiz ostida bo’lgan va cho’kindi jinslar to‘plana boshlagan. Paleozoy erasidan boshlab O’rta Osiyoni qoplab yotgan Tetis dengizi ichida katta-kichik orollar ko’rinishidagi quruqliklar hosil bo’la boshlagan. Paleozoy erasining birinchi yarmida sodir bo’lgan kaledon tog` hosil boiishi bosqichida Qozog’iston past tog`larining g‘arbiy qismi va Shimoliy Tyanshan ко tarilgan. Paleozoy erasining ikkinchi yarmida gersin tog` hosil bo‘lish bosqichi sodir bo’lishi natijasida quruqliklar maydoni kengaygan. Dengiz chekina boshlagan. Bu bosqichda Tyanshan tog‘ining qolgan qismlari, Qozog’iston tog’larining sharqiy qismi, Markaziy Qizilqum past tog’lari ko’tarilgan. Shundan keyin tog’lar yemirila boshlagan. Paleozoy erasining oxiri va mezozoy erasining boshlarigacha bu tog’lar yassi tog’larga aylanib qolgan.
 Mezozoy erasida burmalanish kuchsiz bo’lgan. Kimmeriy burmalanishi natijasida, asosan, Kaspiy bo’yidagi past tog’lar va balandliklar ko’tarilgan. Bular: Mang’ishloq yarimorolidagi tog’lar, Bolxon platosi va Katta Bolxon tog’lari.
  Bu davr mobaynida tog’ oraliqlarida va botiqlarda ko’llar, botqoqliklar va sayoz dengiz qo’ltiqlari hosil bo’lgan. Mezozoy erasining o’rtalarida iqlim nam va issiq bo’lgan, xilma-xil o’simliklar o’sgan. Ularning qoldiqlaridan toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir hosil bo’lgan. Mezozoy erasining oxirida iqlim juda quruq bo’lgan, natijada o’rmonlar yo’qolib ketgan.
  Kaynozoy erasining paleogen davrida dengiz qayta bostirib kelgan, tog’lar yemirilib pasayib qolgan. Neogen davrida sodir bo’lgan Alp burmalanishi natijasida Orqaoloy, Pomir, Kopetdog’, Bolxon, Paropamiz, Safedko’h, Hindukush, Bandi Turkiston tog’lari ko’tarilgan. Tyanshan tog’i yana qaytadan ko’tarilib, yoshargan. Janubda baland tog’larning hosil bo’lishi natijasida O’rta Osiyo Hind okeanidan to’silib qolgan. Tog’larning hosil bo’lishi hozir ham davom etmoqda. O’rta Osiyoning ko’plab joylarida tez-tez bo’lib turadigan zilzilalar bundan dalolat berib turibdi.
  Yirik tog’ tizmalarining hosil bo’lishi natijasida balandlik mintaqalari vujudga kelgan, alp o’simliklari shakllangan, tog’ muzliklari rivojlana boshlagan. Shu davrdan e’tiboran Olrta Osiyo tabiati hozirgi holatining shakllanishi boshlangan.   
Zilzilalar.

  O’rta Osiyo hududida juda ko’p yer qimirlashlar sodir bo’lib turadi. Buning asosiy sababi Pomir va Tyanshan tog’larining ikkita litosfera plitalari: Yevrosiyo va Hmdiston-Avstraliya plitalari to’qnashgan chegarada jovlashganligi va bu tog’larning to’xtovsiz ko’tarilishda davom etayotganligidir. Shuning uchun zilzilalar Pomir va Tyanshan tog’lari hamda ularning atrofida ko’proq ro’y berib turadi. Kuchsiz zilzilalar viliga 1000 dan ortiq marta sodir bo’ladi. Kuchli zilzilalar juda katta moddiy va ma’naviy zarar keltiradi. Falokatli zilzilalar 1930-yilda Dushanbe atrofida, 1946-yilda Qozonjiqda, Chotqolda, 1948-yilda Ashgabadda, 1966-yilda Toshkentda, 1976-yilda Gazlida va 1992-yilda To’xtag’ulda, 2008-yilda Oloy (Nura) da bo’lgan.  

  Foydali qazilmalari. O’rta Osiyo foydali qazilmalarga juda boy. Tog’-kon sanoati O’rta Osiyoda uzoq tarixga ega. Qadimgi konlar va metall eritish o’choqlari, konchilar manzilgohlarining ilgari O’rta Osiyoning hamma joylarida aniqlangan. Faqat Olmaliq shuhri atrofida XX asrning 30-yillarida 500 dan ortiq qadimgi konlar izlari va qoldiqlari aniqlangan. O’rta Osiyo hududida yoqilg’i rudali va rudali foydali qazilmalar tarqalgan.
  Yoqilg’i foydali qazilmalar ko’mir, neft, gaz va yonuvchi slanetslardan iborat. Yuqori sifatli toshko‘mirning yirik koni tarqalgan. Qozog`iston joylashgan (Qarag’anda. Ekibastuz). Uncha katta bo’lmagan toshko`mir konlari Farg`ona vodiysini o’rab turgan tog’larda  (Ko`kyong’oq, Qizilqiya, Toshko’mir). Surxondaryo vodiysining shimolida (Sharg`un, Boysun) joylashgan. Qo’ng’ir ko’mirning yirik koni Ohangaron vodiysida joylashgan. Farg’ona vodiysining sharqiy qismida ham qo’ng’ir ko’mir konlari bor.   
 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash