Yuklanmoqda...

Geologik vaqt hisobi 

1889

O’rta Osiyo yer yuzasining hozirgi ko’rinishi uzoq davom etgan geologik davrlar mobaynida Yerning ichki va tashqi кuchlarning birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan.
    Geologik sana. Geografik qobiqning hozirgi holatini, uning ayrim qismlarining kelib chiqishini tushunib olish va izohlab berish uchun Yerning geologik tarixini bilishimiz kerak. Yer po‘stining hosil bo’lishi va o’zgarib, hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt geologik vaqt deyiladi. Geologik vaqt hisobi geologik sana deyiladi. Geologik sana yirik bosqich — eonlarga (kriptozoy, fanerozoy), eralarga (arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy) va har bir era davrlarga bo’linadi. Har bir era va davrda yer yuzasining relyefi, iqlimi, o’simlik va hayvonot dunyosi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan.
 Geologik vaqt davomida Yer po’stida sodir bo’lib turadigan harak ltlar natijasida turli ul yoriq va siniqlar hosil bo’lgan. Ana shu yoriq va siniqlar orqali mantivadan magma oqib chiqib. Yer yuzasiga lava sifatida voyilgan. natijada Yer po’stining qalinligi аstа-sekin oshib borgan. Magma Yer po’stming yoriq va siniqlarida qotib turli xil tog’ jinslarmi hosil qilgan. Suv havzalari ostida (okean, dengiz, ko’l, daryo) va quruqlikning past jovlarida o’simlik va hayvonot qoldiqlari aralashgan, cho’kindi tog’ jinslari qatlamlari vujudga kelgan. Yer geologiklarining har bir davrida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan tog’ jinslarining ma’lum bir turlari vujudga kelgan.
 Tog` jinslarining nisbiy yoshi. Qho’kindi tog’ jinslarining asosiv xususiyati ularning qatlam-qatlam bo’lib qolishidir. Shunday qatlamlarning yotish tartibini va ular tartibidagi toshga aylangan o’simlik va hayvonlarning qoldiqlarini organish natijasida qavsi qatlamlar oldin qaysilari keyin paydo bo’lganini, ya’ni ularning nisbiy yoshini aniqlash mumkin. Tog’ jinslari, qatlamlari buzilmasdan qat-qat bo’lib yotgan bo’lsa, pastda yotgan qatlam oldin, yuqorida yotgan qatlam keyin paydo bo‘lgan bo’ladi. Eng ustki qatlam eng yosh qatlam hisoblanadi. Tog’ jinslari tarkibidagi qadimgi o‘simlik va hayvonot qoldiqlarini o’rganish Yerning rivojlanish tarixidagi asosiy bosqichlarini, ya’ni era hamda davrlarni ajratishga imkon beradi.  
  Tog‘ jinslarining mutlaq yoshi.Ma’lum bir tog’ jinsining hosil bo’lganidan hozirgacha o’tgan vaqt uning mutlaq yoshi deb ataladi. Tog` jinslarining nisbiy va mutlaq yoshi ilmiy usullar yordamida bilib olinadi. Tog’ jinslarining yoshi hozirgi paytda, asosan, radiologik usul bilan aniqlanmoqda. Bu usul radioaktiv elementlarning uzoq vaqt davomida parchalanishiga va natijada boshqa kimyoviy elementlarning hosil bo’hshiga ketgan vaqtni aniqlashga asoslangan. Masalan, uran vaqt о tishi bilan bir xil tezlikda parchalanib, geliy va qo’rg’oshin hosil bo’ladi. Geliy tarqalib ketadi, ammo qo‘rg‘oshin tog‘ jinslari tarkibida qoladi. Uranning parchalanish tezligini bilgan holda tarkibida uran bo’lgan tog’ jinslari yoshini hisoblab chiqish mumkin. 100 g urandan 74 mln. yil davomida 1 gr qo’rg’oshin hosil bo‘ladi. Shu yo’l bilan turli xil tog‘ jinslarining yoshi aniqlanadi. Tarkibida uran bo’lmagan tog’ jinslarining yoshi boshqa usullar, masalan, kaliy-argon, uglerod usullari bilan aniqlanadi. Tog‘jinslarining yoshini aniqlab va o’simlik hamda hayvonot dunyosining rivojlanishi uchun ketgan vaqtni hisoblab. olimlar geoxronologik jadval tuzishgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash