O`rta Osiyo aholisi va siyosiy xaritasi.


  Aholisi. О`rta Osiyoda aholi juda qadim zamonlardan buyon yashab keladi. Bu yerdagi xalqlarning turmush tarzi va xo’jaligida ancha o’xshashliklar bor. 0‘rta Osiyoning tub aholisiga o‘zbeklar, tojiklar. qozoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, afg’onlar, forslar kiradi. O’zbeklar, forslar va tojiklarning katta qismi o‘troq hayot kechirib, shaharlar qurganlar, qurg’oqchil, cho‘l yerlarga suv chiqarib, obod vohalar bunyod qilganlar. Qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar va qoraqalpoqlar, asosan, chorvachilik bilan shug’ullanganliklari uchun ko‘chmanchi va yarimko‘chmanchi shaklda hayot kechirganlar. Hozirgi vaqtda bu xalqlar ham o‘troq hayot kechiradilar.
  O‘rta Osiyo xalqlari jahon fani va madaniyatiga, davlatchilik ilmiga katta hissa qo‘shgan buyuk allomalari, sarkardalari bilan faxrlanadi. O‘rta Osiyo aholisining ko‘pchiligini o’zbeklar tashkil qiladi. O‘rta Osiyoda tub millatlardan tashqari turli vaqtlarda ko’chib kelib, o’troq yashab qolgan ruslar, tatarlar, yahudiylar, ukrainlar, boshqirdlar. koreyslar, uyg’urlar, turklar va boshqa millatlar ham tarqalgan. Hozirgi paytda O’rta Osiyo aholisi 70 mln. kishidan ortiq.
 O‘rta Osiyo cho‘l va chalacho‘l zonalarida joylashgan bo’lganligidan aholi azaldan vodiylarda, suv manbalari — daryolar bo‘ylarida, vohalarda bir-biriga moslashib, yelkadosh bo’lib yashashga o’rgangan. O`rta Osiyo tabiati, hayotning o‘zi bu yerdagi xalqlarni shu ruhda tarbiyalagan. O‘rta osiyolik ulug‘ alloma — mutafakkirlar Alisher Navoiy, Rudakiy, Maxtumquli, Abay, To‘xtag‘ul xalqlarni mehr-oqibatli, do‘st, birodar bo‘lib yashashga da’vat qilishgan. Bunday da’vat hozirgi vaqtda yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
 Siyosiy xaritasi. Siyosiy xarita deb jahondagi yoki uning mа`lum bir qismidagi davlatlarning та’lum bir tarixiy davrdagi holati aks etgan xaritaga aytiladi. Siyosiy xaritalar inqiloblar, urushlar va davlatlarning o‘zaro kelishuvlari asosida o‘zgarib, qayta tarkib topib turadi.
  О`rta Osiyo siyosiy xaritasining kevingi ikki asr davomidagi tarkib topishida bir necha bosqichlarni ajratish mumkin. Birinchi bosqich 0‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi arafasidagi davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda O‘rta Osiyoda uchta yirik davlat – Qo`qon xonligi, Xiva xonligi va Buxoro amirligi mavjud bo‘lgan. Ikkinchi bosqich mustamlaka davrini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasining O’rta Osiyo general-gubernatorligi tarkibisa kirgan va ikkita xonlikdan (Xiva va Buxoro) hamda Qo‘qon uyezdidan iborat bo‘lgan. Uchinchi bosqich juda qisqa davrni (1917—1920/22) o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda O`rta Osiyoda uchta mustaqil davlat paydo bo’ldi: Turkiston (Qo‘qon) muxtoriyati, Buxoro va Xorazm respublikalari. To‘rtinchi bosqich 1924—1991-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda O’rta Osiyo hududida 5 ta ittifoqdosh respublika tashkil qilindi: O’zbekiston, Qozog‘iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston. O‘lkaning janubi Afg oniston va Eron davlatlari tarkibiga kiradi. Beshinchi bosqich 1991-yildan boshlanadi. Bu davrda sobiq Ittifoqning parchalanishi oqibatida O’rta Osiyo hududidagi ittifoqdosh respublikalar o‘rnida mustaqil davlatlar—O’zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston tashkil topdi. 

Ogohlantirish! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlash va Ctrl + boshqaruvini xabardor qilish Enter ni bosing.

Commentlar

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив