Yuklanmoqda...

O`rta Osiyoning tekshirilish tarixi 

2652

 O`rta Osiyoning tekshirilish tarixi.
  O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganish juda qadim davrlardan boshlangan. Chunki O’rta Osiyo G‘arb va Sharq davlatlari orasidagi muhim xalqaro savdo yo‘lida joylashgan.  Qadimda O‘rta Osiyoda juda yirik davlatlar barpo etilgan. Miloddan avvalgi VII—V asrlarda Zarafshon vodiysida So‘g‘diyona, Amudaryoning o‘rta oqimida Baqtriya, quvi oqimida — Xorazm va Murg‘ob vodiysida Marg‘iyona davlatlari bo‘lgan. O’rta Osiyo haqidagi dastlabki ma’lumotlami Gerodot, Strabon, Arrian, Ptolemey va boshqalaming asarlarida uchratish mumkin. 
  O’rta Osiyo tabiatini o’rganish tarixi bir necha bosqichdan iborat. 
Birinchi bosqich — «Buyuk ipak yo‘li» mavjud bo‘lgan davr. Ipak yo’li miloddan avvalgi II asrdan milodning XVI asrigacha asosiy savdo yo’li bo‘lib hisoblangan. Bu davrda 0‘rta Osiyo tabiati Xitoy, arab va mahalliy olimlar tomonidan o’rganildi.
 Xitoy sayyohi Chjan-Syan 13-yil davomida (miloddan awalgi 138-126- yillar) Issiqko’l atrofi, Farg‘ona va Xorazm tabiatini, aholisi va xo’jaligini o’rgandi. Milodning VII asrida Syuan-Szan 16 yil davomida (629-645-yillar) Tyanshan, Yettisuv, Chu vodiysi, Toshkent, Samarqand va Pomir tabiatini o‘rganib, muhim geografik asar yozib qoldirgan.
 O‘rta asrlarda O’rta Osiyo tabiati arab olimlari tomonidan o’rganilgan. Arab sayyohlari va olimlari tomonidan О rta Osiyo tabiati va uning tabiiy geografik o’lkalari haqida juda ko’p geografik ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Abul Hasan Ali Ma’sudiy (X asr) O‘rta Osiyo va Kavkaz geografiyasi haqida asar yozgan, Abu Is’hoq Istaxriy (X asr) «Iqlimlar kitobi», Yoqut ibn Abdulla (XII—XIII asrlar) «Mamlakatlarning alifbo tartibida ro’yxati» («Mo’jam ul buldon») nomli asar yozgan.
  O’rta Osiyo tabiatini o’rganishga shu yerlik olimlar ham juda katta hissa qo’shishgan. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (IX asr) O’rta Osiyo geografiyaiiga asos solgan, uning «Yer tasviri» nomli asari o’z zamonasida eng mukammal geografik asar bo’lgan. Bu asar 1878-yilda rus tiliga taijima qilingan. O’rta Osiyo tabiati, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, xo’jaligi, tarixi haqida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (X—XI asrlar) juda qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. 1016-yilda u dunyoda birinchi globusni yasagan. Mahmud Koshg’ariy ham O’rta Osiyoni, uning tabiatini o’rgangan, o’zining mashhur «Devonu lug’otit turk» asarida ko’p joy nomlari va geografik terminlar haqida yozib qoldirgan. 
 Zahiriddin Muhammad Bobur (XV-XVI-asrlar) «Boburnoma» asarida O’rta Osiyo tabiati, ayniqsa, Farg’ona vodiysidagi joylar haqida muhim ma’lumotlar keltirgan.
 Ikkinchi bosqich — bu davr O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi arafasidan to oktabr to’ntarishigaeha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyo bu bosqichda har tomonlama turli maqsadlarda ovganildi. O’rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingunga qadar uning tabiati Xoxlov (1620), B. Pazuxin (1669—1673), Benevini (1718—1725), F. Yefremov, G. S. Karelin va boshqalar tomonidan o’iganildi. Ular, asosan, Xorazm, Qoraqum, Qizilqum, Markaziy Qozog’iston, Orol dengizi tabiatini o’rgandilar. O`rta Osiyo Rossiyaning mustamlakasiga aylantirilgandan keyin uning tabiiy boyliklaridan ko’proq. to’liqroq foydalanish maqsadida tabiatini o’rganish yana ham kengaydi. Bu davrda uning tabiati, xo’jaligini P.P.Semyonov-Tyanshanskiy (1856—1897), N.A.Severov (1864—1878), A.P.Fedchenko (1868-1871), I.V.Mushketov (1877-1880), V.A.Ob­ruchev, L.S.Berg va boshqalar o’rgandilar. Natijada O’rta Osiyo tog’larining paydo bo‘lishi, O’rta Osiyoning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, o‘simligi, hayvonot dunyosi hamda Orol dengizining tabiiy geografik sharoiti haqida muhim ilmiy ma’lumotlar olindi.
   Uchinchi bosqich — oktabr to‘ntarishidan hozirgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda 0‘rta Osiyo tabiiy boyliklari juda tez sur’atlar bilan o‘zlashtirila boshlandi. Uning geologiyasi, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuprog‘i, o‘simligi va hayvonot dunyosi, tabiiy geografik o`lkalari chuqur va har tomonlama o’rganildi. Qator asarlar e’lon qilindi. Bu davrda O’rta Osiyo tabiatini o‘rganishga N.L.Korjenevskiy, D.I.Sherbakov, D.V.Nalivkin, S.S.Shuls, I.P.Gerasimov, H.M.Abdullayev, Q.Zokirov, T.Zohidov, L.N.Babushkin, N.D.Dolimov, M.Qoriyev. H.Hasanov, N.A.Kogay va boshqa olimlar katta hissa qo‘shdilar.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash