Yuklanmoqda...

Umumiy geografik tavsif 

2831

  O‘rta Osiyo tabiiy o`lkasi o‘zining tabiiy sharoiti, tabiiy geografik xususiyatlariga ega bo`lgan, boshqa olkalardan tabiiy chegaralari bilan ajralib turadigan yirik tabiiy geografik kompleksdir.
   O’rta Osiyo — Yevrosiyo materigining devarli qoq o’rtasida joylashgan juda katta berk havzali o’lka. Iqlimi quruq va kontinental iqlim. Qishi ancha sovuq. Shimoli-sharqiv qismida -50 С sovuq kuzatilgan. Yozi esa juda issiq. Termizda harorat +50 С ga, Qoraqumda -54 С ga yetgani kuzatilgan Suvsiz cho’llar minglab krlometiga cho’zilgan. Shu bilan birga,sharqdagi tog’larda juda katta maydonlarni abadiy muzliklar qoplab yotadi. O’lkada tabiut Sltimolda, yaylov, turli xil o’tlar o’sadigan dashtlardan, janubda quruq subtropiklargacha o‘zgaradi. Tog‘oldi tekisliklari vodiylar, daryolarning quruq deltalari, bepoyon ekinzorlar, paxtazorlar, mevali bog‘lardan iborat. 
  O‘rta Osiyoda butun dunyoga dong‘i ketgan tarixiy me’morchilik yodgorliklari, muzey-shaharlar mavjud. Buxoro, Samarqand, Xiva dunyoga mashhur shaharlardir. O‘rta Osiyo o‘lkasidan jahon fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino kabi olimlar, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Shayboniyxon kabi sarkardalar, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Abu Abdulloh Rudakiy, Boborahim Mashrab kabi buyuk shoirlar, Imom al-Buxoriy, al-Hakim at-Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi hadisshunos mutafakkirlar yetishib chiqqan. Bu o‘lkada o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, tojiklar, ruslar, koreyslar va boshqa xalqlar ham yashaydi. Ular turli millat bo‘lsalar ham tarixi, yashash sharoiti, turmush tarzi o‘xshash, urf-odatlari yaqin bo’lgan qardosh xalqlardir. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash