Yuklanmoqda...

O`rta Osiyoning geografik o‘rni, chegaralari va o‘ziga xos xususiyatlari 

3623

  O`rta Osiyo Yevrosiyoning markazida, ya’ni Osiyoning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. Hozirgi kunda "O`rta Osiyo” degan tushuncha  ikki xil ma’noda yuritiladi. Birinchi tushunchada  O`rta Osiyoning ma’muriy bo‘linishi  ko‘zda  tutiladi. Bunda  "O`rta Osiyo” degan nom 4 ta Respublika hududini yani  O‘zbekiston,  Tojikiston,  Qirg‘iziston, Turkmanistonni o‘z ichiga oladi. Biroq  "O`rta Osiyo”  4 ta Respublika hududidan iboratdir» degan tasavvur  hududning  tabiiy geografik jihatdan  bo‘linishlariga monand  kelmaydi.  Tabiiy  geografik nuqtai nazardan qaraganda  O`rta Osiyo  degan  nomning ikkinchi tushunchasi  kelib chiqadi. Hozirgi "O`rta  Osiyo”  tabiiy geografik ma’noda  o‘tmishda qo‘llanib kelingan ("Turkiston”) degan  nomga to‘gr‘i  keladi. Turkison  haqiqatan  ham katta maydonni ishg‘ol qilgan.  Turkiy tillar  gruppasiga mansub bo‘lgan xalqlarning   tarqalgan yerlari  Turkiston  deb  atalgan va o‘sha vaqtdagi Turkiston maydaoni  hozirgi O`rta Osiyo respublikalari va Janubiiy hamda  Markaziy Qozog‘iston  band qilib  turgan  hududlardan  ham katta bo‘lgan.  O‘lkaning  eng shimoliy nuqtasi (53,8° shimoliy kenglik), Ayirtov yaqinida,  eng  janubiy nuqtasi  Hindykush tog‘larining g‘arbiiy  tarmog‘i  bo‘lgan  Safedko‘h tog‘  tizmasi  bilan Nishopur tog‘lari tutashgan joyda – Xarid vodiysida (34° shimoliy kenglik), g‘arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining  Mang‘ishloq yarim orolidagi Tubqarqg‘ay burnida (50,3° sharqiy uzunlik) va  sharqiy nuqtasi Savr tog‘larining  etagidagi Qora  Irtish daryosi  vodiysida ( 85,6° sharqiy uzunlik) joylashgan. O‘lka shimoldan  janubga  2200 km va  g‘rbdan sharqqa 2750 km  ga yaqin masofaga cho‘zilgan.
 O`rta Osiyo hududning   okean va dengizlardan  ancha uzoqda —  materikning ichki qismida  joylashganligi, bu yerda  quruq va  kontinental  iqlimning tarkib topishiga  sabab bo‘lgan.  Natijada hamma yerda, ya’ni faqat tekislikdagina  emas,  balki, tog‘larda  ham  cho‘l  tipidagi landshaft  vujudga  kelgan.
 O`rta Osiyoning muhim xususiyatlaridan yana biri  uning  "berk havza” da joylashganligidir. Buning ma’nosi shundan iboratki, o‘kadagi mavjud daryolarning  birontasi ham  ochiq dengizlarga  etib borolmaydi va ular bilan bog‘lanmaydi, natijada  bu daryolar o‘lka ichidagi  ko‘llarga  quyiladi, yoki  chala cho‘l va cho‘llarda tugab qoladi.  O`rta Osiyo  ko‘llari va tekisliklari   eroziya  bazislaridir. Daryolar  tog‘lardagi yemirilgan  mayda tog‘ jinslarini  olib kelib, shu berk havzaga  yotqizadi. Natijada tog‘lar pasayib, tekisliklar ko‘tarilib boradi va eroziya prosesslari  zaiflashadi, daryoning  yemirish  ishi  va  relief hosil qilishdagi poli ikkinchi o‘ringa tushib qoladi. Demak, bu  omilning  o‘ka rivojlanishidagi  ahamiyati katta.
 Berk havzada, xususan bu yerdagi qurg‘oqchil va issiq  iqlim sharoitida  shamolning  ta’siri ko‘proqdir. Shamollar Yer yuzasining barcha formalariga – tog‘ va  tekisliklarga erkin   holda ta’sir qila oladi. Bu esa  o‘kada tabiiy sharoitlarni  vujudga keltiruvchi  muhim omillardan biridir.
 O`rta Osiyo hududida  relyef formalarining  tashkil topishidagi  sharitining umumiy xususiyati  ham  bu yerni  yaxlit bir hudud–o‘lka deb qarashga  asos bo‘la oladi. Keltirilgan ma’lumotlaga asosan  tabiiy geografik jihatdan O`rta Osiyo  chegerasining ancha shimoldan- Qozog‘istonning ichki qismidan o‘tishi  asoslab berilgan.  O`rta Osiyoning  tabiiy geografik  o‘lka tushunchasidagi ana shunday chegaralarni dastlab I.V. Mushketov (1888-yil)  tomonidan belgilangan. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив