Yuklanmoqda...

Vaqt o‘lchovi. Taqvimlar 

3206

Vaqt o‘lchovi. 
  Vaqt o‘lchovi Yerning aylanishini kuzatishga asoslangan. Shuning uchun yulduz vaqti, Quyosh vaqti va boshqa vaqtlar ajratiladi. Yulduz vaqti Yerning yulduzlarga nisbatan harakatiga qarab aniqlanadi. Yulduz vaqtining asosiy birligi bo‘lib yulduz sutkasi hisoblanadi. U, asosan, Yerning o’z o‘qi atrofida bahorgi tengkunlik nuqtasiga nisbatan aylanish vaqtiga teng. Yulduz vaqtidan foydalanish noqulay, chunki u kun bilan tunning almashinishiga to’g‘ri kelmaydi.

  Shuning uchun amalda Quyosh vaqtidan foydalaniladi. Quyosh vaqti Yerning Quyoshga nisbatan harakatiga qarab aniqlanadi. Quyosh vaqti, odatda, yarim tundan boshlab hisoblanadi, bu vaqt о ‘rtacha Quyosh vaqti deb ataladi. Turli meridianlarda yarim tun turli paytlarda bo`ladi, shu sababli turli meridianlarda joylashgan nuqtalarda vaqt bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun vaqt o`lchovidan xalqaro miqyosda foydalanishni osonlashtirish maqsadida mahalliy vaqt, mintaqa vaqti va dunyo vaqtitushunchalari kiritilgan.
 Vaqt maxsus davlat tashkilotida, vaqt xizmati tomonidan aniq o‘lchab turiladi. Vaqt eng sezgir astronomik asboblar yordamida osmon yoritgichiari (yulduz, quyosh)ga qarab tekshirib turiladi.
Soat mintaqalari

 Mahalliy vaqt. 

  Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab bir kecha-kunduzda bir marta aylanib chiqadi. Globusda bosh meridiandan boshlab har 15° dan meridianlar o‘tkazilsa, har bir meridian qo‘shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh meridianda tush payti bo‘lganda, 180° meridianda yarim kecha, bosh meridiandan sharqdagi 90° uzunlikda kechqurun, g’arbdagi 90° uzunlikda ertalab bo‘ladi. Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo’ladi, ya’ni bitta meridiannjng hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi. Ammo turli uzunliklarda joylashgan nuqtalar vaqti bir-biridan farq qiladi, bu esa xo‘jalikni yuritishda noqulayliklar keltirib chiqaradi. Shuning uchun soat mintaqalarining vaqt hisobi joriy qilingan.
   Mintaqa vaqti. 

  Xalqaro kelishuvga ko‘ra, Yer yuzasi shartli ravishda 24 soat mintaqasiga bo’lingan (360°:24=15°). Mintaqa doirasida shu mintaqaning o‘rta qismidan o‘tgan meridianning mahalliy vaqti qabul qilin­gan. Bir soat mintaqasidagi vaqtmintaqa vaqti deb ataladi. O‘rtasidan bosh meridian o‘tadigan soat mintaqasi nolinchi (yigirma to’rtinchi) mintaqa deb qabul qilingan. Mintaqalar hisobi ana shu meridiandan boshlanadi. Nolinchi mintaqadan sharqda 7°30′ shq. uz. bilan 22°30′ shq. uz.dagi meridianlar orasi birinchi mintaqa, 22°30′ va 37°30′ uzunlikdagi meridianlar orasi ikkinchi mintaqa bo‘ladi va h.k.
  Mintaqalar birinchi mintaqadan 24-(nolinchi) mintaqagacha davom etadi. Har bir mintaqa vaqti qo‘shni mintaqa vaqtidan bir soatga farq qiladi. O‘rta Osiyo ikkita soat mintaqasida joylashgan (4- va 5-soat mintaqalarida). Mintaqa chegaralari aynan meridianlardan o‘tkazilmaydi. Vaqt hisobida qiyinchilik tug‘dirmaslik uchun ba’zan uning chegaralari yirik shaharlarni aylanib o‘tadi, yoki davlat chegaralariga to’g’ri keladi. Yangi sutkamng boshlanishi 12-soat mintaqasining o‘rtasidagi 180° uzunlikdan boshlanadi, deb qabul qilingan. Bu сhegara sana o‘zgarishi chizigi deb ataladi. Har bir yangi sutka ana shu chiziqdan boshlanadi. Bu chiziq ikki orol yoki ikki shahar oralig‘idan o’tganda, bu orollar va shaharlarning birida yangi sana bo‘lsa, boshqasida kechagi sana bo’ladi. Ba’zi davlatlarda kunduzgi vaqtdan to‘la foydalanish va boshqa maqsadlarda mintaqa vaqti ma’lum bir vaqtga oldinga yoki orqaga suriladi.
  O’zbekistonda ilgari vaqt o’lchovi ikki mintaqa doirasida olib borilar edi (Toshkent va Samarqand vaqti). O‘zbekiston hukumatining maxsus qarori asosida mamlakatimizning butun hududida bir xil mintaqa vaqti qabul qilingan. 
 Taqvim (kalendar). 
 Siz bugun oyning nechanchi kuni, bugun qaysi kun, degan savollarni ko’p eshitgansiz. Biror voqea yoki hodisa qachon ro‘y bergani haqida odamlar so`zlashib qolishadi. Xo‘sh, yil, oy, kunlar hisobining o’zi nima? Insonlar shunday hisoblarni olib borish uchun taqvim tizimini o’ylab topishgan.
  Taqvim (kalendar) deb uzoq vaqt hisoblab boriladigan sana tizimiga aytiladi. Taqvim tizimi tabiiy hodisalarning osmon yoritgichlari bilan bog’liq holdagi davriyligiga asoslanib tuziladi. Taqvimlar Quyosh Va Oy harakatlari bilan bog‘langan. Quyoshning yillik harakati bilan bogiiq bo’lgan Quyosh (Shamsiya) taqvimi, Oyning harakati bilan bog’liq bo’lgan Oy (Qamariya) taqvimi hamda Quyosh-Oy harakati bilan bog’liq bo‘lgan Quyosh-Oy (Shamsiya-Qamariya) taqvimi mavjud. Hijriy Shamsiy yil 21-martda boshlanadi. Hijriy Shamsiy yilda quyidagi oylar bor:  Hamal—30 kun Savr—31 kun, Javzo—31 kun,  Saraton—31 kun, Asad—31 kun, Sunbula—30 kun, Mezon —29 kun, Aqrab—29 kun, Qavs—30 kun, Jadiy—31 kun, Dalv—31 kun, Hut—31 kun bo’ladi. Shamsiya taqvimida ham har 4 yilda 1 yil kabisa yili hisoblanadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash