Yuklanmoqda...

Topografik xaritalar 

3247

 Topografik xaritalar haqida tushuncha. Yer yuzasini tasvirlovchi xaritalar geografik xaritalar deb ataladi.Odatda, bunday xaritalarning masshtabi juda kichik bo`ladi, Yer yuzasi tasviri million marta va undan ko‘proq marta kichraytirib ko`rsatiladi. Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200000 va undan kattaroq) xaritalar topografik xaritalar deb ataladi. Mazmuniga ko‘ra, ular umumiy geografik xaritalar hisoblanadi. Yirik masshtabli (1:25 000, 1:50 000, 1:100 000) topografik xaritalar dalada bajariladigan topografik olchov ishlari hamda aerosuratlar asosida tuziladi.

 Yirik masshtabli topografik xaritalarda katta maydonlar tasvirlanadigan bo‘lsa, xarita juda kattalashib ketadi. Shuning uchun bunday xaritalar ayrim-ayrim varaqlarga bo‘linadi va ular ko‘p varaqli bo‘ladi.

 Yirik masshtabli topografik xaritalarning har bir varag’ida Yer yuzasining kichik qismi tasvirlanadi. Shuning uchun bunday xaritalarda mayda masshtabli xaritalarga nisbatan xatoliklar juda kam bo’ladi, chunki kichik maydon yuzasi tekislikka yaqin bo‘ladi. Xaritaning masshtabi uning barcha qismida bir xil bo‘ladi.

 Topografik xaritaning har bir varag‘i meridian va parallellar bilan chegaralangan bo‘ladi. Masalan, masshtabi 1:1000 000 bo‘lgan xaritaning har bir varag‘i har 6° dan o‘tkazilgan meridianlar va har 4° dan o‘tkazilgan parallellar bilan chegaralangan. Natijada Yer yuzasida uzunligi 6° va kengligi 4° ga teng bo‘lgan trapetsiyalar (trapetsiya shaklidagi hududlar) hosil bo’ladi. Yirik masshtabli xaritalar uchun o`lchami kichikroq bo‘lgan trapetsiyalardan foydalaniladi. Masalan, masshtabi 1:100 000 bo`lgan xarita trapetsiyasining o‘lchami uzunlik bo‘yicha 30′ va kenglik bo‘yicha 20′ ga teng, masshtabi 1:25 000 li xarita trapetsiyasining o‘lchami uzunlik bo‘yicha 7’30», kenglik bo‘yicha 5′ ga teng bo‘ladi.

 Shunday qilib, topografik xaritaning hamma varag‘i trapetsiyaga o‘xshagan kataklardan iborat. Katakning yuqori (shimoliy) va pastki (janubiy) tomonlari parallel, yon (g’arbiy va sharqiy) tomonlari esa meridian bo‘lib xizmat qiladi. Meridian va parallellarning geografik koordinatalari xaritamng burchagida darajalarda yozib qo’yiladi. Xaritadagi joy yoki nuqtalarning geografik kengligi va uzunligini airqlashni osonlashtirish uchun uning katagili teng kataklarga bo’lingan, har bir bo’lak esa oralig’i 10″ bo’lgan nuqtalar bilan bo‘laklarga bo’lingan.

  Topografik xaritalarning har bir varag’i kilometrli kataklarga ham bo’lingan bo’ladi. Har bir katakning tomonlari 1000 m (1 km) ga teng qilib olinadi. Binobarin, xaritalar masshtabiga qarab kataklar har xil kattalikda bo’ladi. Agar xarita masshtabi 1:1000 00 bo’lsa, katak tomonlari 1 sm, 1:50 000 bo’lsa, 2 sm, 1 : 25000 bo’lsa, 4 sm, masshtab 1:10 000 bo’lsa, katak tomonlari 10 smga teng bo’ladi. Bundan tashqari, xaritaning pastki ramkasidan boshlab yuqori tomonga yo’nalish x bilan, o’ng tomonga gorizontal yo’nalish esa у bilan belgilanib, ularning necha kilometrga teng ekanligi yozib qo’yiladi. Mana shu raqamlarga qarab, xaritadagi har bir nuqtaning vertikali va gorizontali nechanchi km larda ekanligini aniqlasa bo’ladi.

 Davlat geodeziya to‘ri tayanch nuqtalari. Ularning shartli belgisi-to’g’ri uchburchakdan iborat. Uning markazida nuqta tasvirlangan, nuqta geodeziya tayanchining haqiqiy joyiga to’g’ri keladi: uning geografik koordinatasi Yer yuzasidagi haqiqiy joyiga to’g’ri keladi (xaritada Kattatepa deb nomlangan). Shartli belgi yoniga yozilgan sonlar uning mutlaq balandligini bildiradi. Aholi manzilgohlari ular egallagan maydonlar qiyofasi bilan, aholi manzilgohlarining nomlari turli kattalikdagi harflar bilan beriladi va ularning katta yoki kichikligini ko’rsatadi: masalan, shaharlar nomi yirik harflar va qishloqlar nomi kichikroq harflar bilan yoziladi. Aholi manzilgohlarining nomi ostidagi raqamlar ulardagi xonadonlar sonini ifodalaydi.

 Masshtabsiz shartli belgilar bilan sanoat va madaniy binolar, korxonalar, ba’zi zavodlar, elektrosiansiya, konlar ko’rsatiladi. Daryolar, soylar hamda ularning irmoqlari ko’k rangda, chiziqli shartli belgilar bilan, ko’llar, suv omborlari, hovuzlar havorang bilan tasvirlanadi. Ko’k rangli raqamlar bilan daryo va ко llardagi suv sathining mutlaq balandligi, ko’rsatkich chiziqlar va so’zlar bilan daryo oqimining yo’nalishi, tezligi, kengligi, chuqurligi, kechuv joylari ko’rsatiladi. Maxsus shartli bel­gilar bilan paromlar, ko’priklar va kema to’xtash joylari ko’rsatiladi. Quduqlar va buloqlarning shartli belgilari ham gidrografik shartli belgilarga kiradi.

 Yo’llar turli xil qalinlikdagi va rangdagi chiziqlar bilan tasvirlanadi (temiryo`llar, avtomobil yo’llari, toshyo’llar va h.k.). Shartli belgining shakli va rangi yo’lning turini tasvirlaydi, maxsus belgilar bilan yo’lning kengligi, temiryo’lning raqami va yo’lning nima bilan qoplanganligi ko’rsatiladi.  O’simlik qoplami turli xil qalinlikdagi zangori-yashil ranglar bilan beriladi. Alohida belgilar bilan o’tloqlar, bog’lar, botqoqlar va hokazolar tasvirlanadi.  Relyef topografik xaritalarda gori­zontallar bilan ko‘rsatiladi.

 Yonbag‘ir qancha ko‘p gorizon­tallar bilan tasvirlansa, u shu qadar baland bo‘ladi. Gorizontallar bir-biriga qancha yaqin bo‘lsa, yonbag‘ir shuncha tik bo‘ladi. Binobarin, gorizontallarga qarab bir xil nuqtalarning boshqalardan baland yoki pastligini, qo‘shni go­rizontallar orasidagi masofaga qarab esa yonbag‘irlaming qanchalik tikligini bilib olish mumkin. Relyefning kesishish balandligi va balandliklar shkalasi topografik xaritaning janubiy ramkasi tagiga yozib qo’yiladi. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив