Yuklanmoqda...

Xaritalardan foydalanish 

1756

 Hozirgi paytda xaritalar, atlaslar va globuslar xalq xo’jaligining turli sohalarida, tadqiqot ishlarida kang qo’llaniiadi. Ular orqali turli xil iahon, davlat va ilmiy ahamiyatga ega bo lgan muainmolar yechiladi. Hozirgi vaqtda ulardan joylarning aniq o’rnini belgilashda, ilmiy-tekshirish ishlarida, xalq xo’jaligida (dasturlar tuzish. loyihalashtirishda. qurilishda, yerlarni o’zlashtirishda, foydali qazilma konlarini qidirishda, ob-havoni bashorat qilishda va h.k.), harbiy ishlarda, o’quv ishlarida, targ’ibot va madaniy ishlarda foydalaniladi. 
 Ilmiy-tadqiqot ishlarida xaritalardan foydalanish. Hozirgi paytda xaritashunoslikda xaritalarni geografik voqelikni tahlil qilish, bilish va bashorat qilishda qo’llashning yangi usuli ishlab chiqilgan. Bunday usul xaritaviy tadqiqot usuli deb ataladi. Bu usul yordamida geografik voqea va hodisalarning joylanishi, o‘zaro aloqalari va rivojlanish qonuniyatlari xaritalarni tahlil qilish orqali ochib beriladi. Masalan, xaritalarda rel`yefning tasvirini va joylanishini tahlil qilish asosida eng yangi tektonik harakatlarni aniqlash, xaritalar yordamida Yerning, materiklarning, alohida o‘lkalarning va joylarning geologik tuzilishi qonuniyatlarini ochib berish, iqlim hamda sinoptik xaritalar orqali atmosfera hodisalarini o rganish va ularni bashorat qilish mumkin.
 Xaritalar bilan o’quv maqsadlarida geografik bayon yozish va kesmalar tuzish, maydon, uzunlik va burchaklarni aniqlash. joyning kenglik va uzunligini topish kabi amaliy ishlarni bajarsa bo’ladi.     
 Xaritalar yordamida geografik kesmalar tuzish. Kesmalar geografik voqelikning ma’lum bir yo’nalishda bo’ylama tuzilishini tasvirlaydi. Geografik kesmalar umumiy va maxsus turlarga bo’linadi. Maxsus kesmalar tabiiy sharoitning alohida qismlarini tasvirlaydi. Masalan, relyef, tuproq, o’simlik, yog’in-sochin miqdori kesmalari. Umumiy kesmalar esa tabiat majmuyini tasvirlaydi. Bunday kesmalar tabiiy sharoit komponentlarining bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini aniqlashga imkon beradi.
 Xaritalar yordamida masofalar, maydonlar, burchaklar ham o’lchanadi. Xaritalarda masofalar ikki xil usulda aniqlanadi: masshtab yordamida metr yoki kilometrda va darajalarda. Xaritada masofa masshtab yordamida quyidagi tartibda aniqlanadi:
  Xarita masshtabidan xaritadagi 1 sm masofa joyda necha km ga teng ekani topiladi.
  Berilgan ikki nuqta orasi xaritada necha sm ekani aniqlanadi.
  Bu ikki son (km va sm) ko’paytirilsa, berilgan nuqtalar oralig’i necha km ga teng ekani, ya’ni haqiqiy masofa chiqadi. Masalan, xaritaning masshtabi 1:1000 000, ya’ni 1 sm 10 km ga teng. Xaritada ikki nuqta oralig’i 4,5 sm ga teng. Binobarin, 4,5×10 = 45 km yoki 45 000 m.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash