Yuklanmoqda...

Xaritalarning turlari. Globus


  Xaritalar masshtabiga, ularda tasvirlangan hududning ko’lamiga, mazmuni, vazifasi va tuzilishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Xaritalar masshtabiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: yirik masshtabli — 1:10000 dan   1:200000 gacha, o‘rta masshtabli—1:200000 dan 1:1000000 gacha, mayda masshtabli— 1:1000000 dan kichik. Turli masshtabli xaritalarda voqea va hodisalar turli xil aniqlikda tasvirlanadi.
 Xaritalar ularda nima tasvirlanganligi va hududning ko`lamiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: yulduzlar xaritasi, sayyoralar va Yer xaritasi, yarim sharlar xaritalari, materiklar va okeanlar xaritalari, tabiiy geografik o‘lkalar va dengizlar xaritalari, mamlakatlar xaritalari, ma’muriy birliklar xaritalari, maxsus hududlar (qo‘riqxonalar, sayohatbop joylar) xaritalari, shahar va viloyatlar. tumanlar xaritalari.
 Mazmuniga ko’ra xaritalar ikkita yirik guruhga bolinadi: umumiy geografik xaritalar va mavzuli xaritalar.
 Umumiy geografik xaritalarda joy geografik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari bir xil aniqlikda tasvirlanadi: relyef, daryo, ко`l, muzliklar, tuproq va o‘simlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, xo jalik tarmoqlarining tarkibi, aloqa yo‘llari, chegaralar va h. k.
 Mavzuli xaritalar, o‘z navbatida, yana ikki guruhga—tabiiy va iqtisodiy xaritalarga bo’linadi. Tabiiy geografik xaritalarga Yer yuzasi va okean tagi relyefi, iqlim, tuproq, o‘simlik, hayvonlar. landshaft, tabiatni qo’riqlash, foydali qazilmalar konlari xaritalari kiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy xa.’italar iqtisodiy, tarixiy, madaniy-siyosiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan iborat bo‘ladi.
 Vazifasiga ko’ra, xaritalar yana ilmiy, madaniyat va targ’ibot, texnik, sayohat xaritalari, o‘quv xaritalariga bo‘linadi.      
  Atlaslar to‘la va aniq ma’lumotga ega bo‘lgan, yagona dastur asosida tuzilgan, tartibga solingan xaritalar to‘plamidir. „Atlas” atamasi fanga flamand xaritashunosi Merkator tomonidan kiritilgan. U o‘zi tuzgan xaritalar to‘plamini (1595-yil) Livanning afsonaviy qiroli Atlas nomi bilan ataydi. Birinchi xaritalar to‘plami II asrda Klavdiy Ptolemey to­monidan tuzilgan. Hozirgi zamon atlaslarining asosiy xususiyatlari undagi xa­ritalarning bir butunligi bir-biriga muvofiqligi va bir-binni to‘ldirishidir.
 Atlaslar ham xaritalarga o`xshab juda xilma-xil bo`ladi. Ular qamrab olgan maydoniga ko‘ra sayyoralar, dunyo, materiklar, tabiiy geografik o‘lkalar, dav­latlar, viloyatlar atlaslariga; mazmuniga ko’ra umumiy geografik va mavzuli atlaslarga bo`linadi; vazifasiga ko‘ra ilmiy, ommabop (o`lkashunoslik), o‘quv atlaslari, sayohatlar va yo‘llar atlaslariga bo`linadi.
 Ilmiy atlaslar ma’lum bir joy haqida to‘la, ilmiy asoslangan ma’lumot beruvchi atlaslardir. Bunday atlaslarda shu joyning tabiiy sharoiti, xo’jaligi. aholisi va madaniyati ko‘rsatiladi.
 Ommabop (o‘lkashunoslik) atlaslar keng o’quvchilar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, ular foydalanishga qulay va oson qilib tuziladi. Ularda rasmlar, chizmalar, ma’lum bir hudud to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tarixiy yodgorliklar ko‘rsatiladi.
 O’quv atlaslari maktablar va oliy o‘quv yurtlarida foydalanish uchun mo`ljallanadi. Atlasning turlari. unda ko’rsatilgan ma’lumotlarmng aniqligi o‘quv dasturiga qarab har xil bo`lishi mumkin.
 Globus Yerning juda kichraytirilgan modeli bo’lib, unda Yer yuzasi, materiklar va okeanlar, tog‘lar va tekisliklar shakli o‘ziga o‘xshatib aniq va to’g’ri tasvirlanadi.
 Birinchi globusni vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy XI asr boshida yasagan. Keyinchalik. XV asrda nemis olimi Bexaym tomonidan Yevropada ham globus yasalgan.
 Globus masshtabiga ko’ra, o’rta va yirik masshtabli bo’ladi. Mayda masshtabli globuslar eng kichik hisoblanadi, ularning massntabi 1:83000000. o‘rta masshtabli globuslarning masshtabi 1:40 000 000 dan 1:70 000 000 gacha va yirik masshtabli globus masshtabi 1:30 000 000 ga teng.
  Bulardan tashqari, o’quv va boshqa maqsadlar uchun juda уirik masshabli ulkan globuslar ham yasaladi. Ana shunday globuslardan biri Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining geografiya fakultetida o’rnatilgan. Uning masshtabi 1:7 000 000. Bu relyefii globus bo’lib, unda tog’larning balandligmi okeanlarning chuqurligini o`lchash mumkin. Globusning og’irligi 500 kg ga yaqin, balandligi 2,5 m, diametri 2 m. Globus 1984-yilda olib kelib o’rnatilgan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing!

Sharhlar

kodni yangilash