Geografik xaritalar va ularning shartli belgilari 

3879

 Xaritalar geografiya fanining hamma sohalarida qo’llaniladi va uning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Geografik xaritalarda turli-tuman voqea va hodisalar tasvirlangani uchun ular juda xilma-xil bo’ladi. Xaritalarni turlarga bo‘lishdan oldin ular to’g’iisidagi umumiy tushunchalarni ko’rib chiqamiz. Geografik xaritalarni yaxshi tushunish, ular bilan ishlashni bilish uchun joy plani, xarita, aerosurat, kosmosurat tushunchalari mazmunmi yaxshi bilib olish kerak.
 Joy plani—joyning yirik masshtabda (1:5000 va undan yirikroq) tuzilgan chizmasidir. Planda maydoni uncha katta bo‘lmagan kichik-kichik joylar tasvirlanadi.
 Xarita — Yerning va boshqa sayyoralar yuzasining kichraytirilib va umumlashtirilib, shartli belgilar bilan tekis yuzaga tushirilgan tasviri. Xaritalarda tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi.
 Aerosurat — Yer yuzasi yoki uning bir qismining samolyot va boshqa uchuvchi asboblar yordamida olingan tasviri.
  Kosmik surat — Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik kemalar yordamida olingan tasviridir. Ular fan va xalq xo’jaligining turli sohalarida keng qo’llaniladi.
  Наг bir plan, xarita, aero va kosmosurat ma’lum bir masshtabga ega bo’ladi.     
Xaritalarning shartli belgilari.
    Voqea va hodisalar hamma xaritalarda ham ma’lum shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Shartli belgilar xaritalarni boshqa geografik ma’lumotlar manbalaridan. ya’ni aerosurat, kosmosurat, jadval va hokazolardan ajratib turadigan muhim xususiyatlardan biridir. Shartli belgilarga qarab voqea va hodisalarning joylar ishini, miqdorini, sifatini bilib olish mumkin. Shartli belgilar bir necha turga bo’linadi.
 Masshtabli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalarning haqiqiv o’lchamlari tasvirlanadi. Masulan. qum cho’llari egallagan maydonni, muz qoplagan yerlar maydonlni bilish mumkin. Masshtab va shartli belgilar bilan xaritalarning masshtabida ko’rsatib bo`lmaydigan voqea va hodisalar tasvirlanadi. Masalan, turli xil shakllar, chizmalar, hartli belgilar, aholi yashaydigan joylar, GESlar, foydali qazilma konlari belgilari masshtabsiz  bo’ladi. Chiziqli shartli belgilar bilan daryolar, yo`llar, chegaralar ko`rsatiladi. Tushuntirish belgilari bilan daryo oqimining yo‘nalishi, o‘rmondagi daraxtlarning turlari ко rsatiladi. Bulardan tashqari, yozuvli, harfli, sonli shartli bel­gilar ham bo‘ladi.
  Xaritalarda voqea va hodisalar quyidagi usullar bilan tasvirlanadi: belgilar usuli bilan xarita masshtabida tasvirlab bo‘lmaydigan narsalar, voqea va hodisalar tasvirlanadi. Belgilar geometrik shakl, harf va rasmlar bo‘lishi mumkin. Belgilar o‘zining kattaligi, rangi va shakli bilan voqea va hodisalarning tavsifini beradi.
Rang berish usuli voqea va hodisalarning hududiy tarqalishini tasvirlashda qo`llaniladi. Masalan, o‘simlik, tuproq xaritalari rang berish usulida tuziladi.
 Teng qiymatli chiziqlar usuli, asosan. bir xil qiymatga ega bo‘lgan voqea va hodisalarni tasvirlashda qo`llaniladi. Masalan, bu usuldan mutlaq balandligi, harorati, aholi zichligi bir xil belgan joylarni tasvirlashda foydalaniladi.
 Chegara usuli bir xil voqea va hodisalarning tarqalishini tasvirlashda qo‘llaniladi. Masalan, foydali qazilma konlari, hayvonot dunyosi, qishloq xo’jalik ekinlari xaritalari shu usuldan foydalanib tuziladi.
 Nuqta usuli narsalarni, voqea va hodisalarning tarqoq joylanishini tasvirlashda ishlatiladi. Bunda har bir nuqta ma’lum bir miqdorni ko‘rsatadi. Masalan, bitta nuqta 200 bosh sigirni yoki 100 gektar ekin maydonini bildiradi.
 Harakat belgilari— ko‘rsatkich chiziqlar usuli voqea va hodisalarning harakati va yo’nalishini ko‘rsatishda ishlatiladi. Masalan, shamol va oqimlar yo’nalishi, sayohatchilar yo`li, yuk tashish yo‘nalishlari va boshqalar.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash