Yuklanmoqda...

Tuproqlar haqida tushuncha 

3041

 Tuproq — unumdorlik xususiyatiga ega bo’lgan murakkab tabiiy hosila. Odamlar qanday tuproqlar unumdor bo’lishini juda qadim zamonlardan bilganlar. Tuproqning hosil bo’lishi yer yuzida qattiq tog’ jinslarining yemirilib (nurab), maydalanishidan boshlanadi. Tog’ jinslari yemirilib, hosil bo’lgan mayda. g’ovak tog’ jinslari hali tuproq emas. Ular tuproqning ona jinsi, tuproq hosil qiluvchi jinslar deyiladi. Bularga urug’ sepsangiz ko’karib chiqsa ham lekm o’smaydi, hosil bermaydi.
 Ona jinslarga tirik va o’lgan organizmlar tushib, tog’ jinslari orasida chirisa, issiqlik. nam, havo va boshqalar ta’sir ko’rsatsa. ona jinslar o’zgarib, asta-sekin tuproqqa aylanib boradi. Tuproqqa tushgan o’simlik va jonivorlarning qoldiqlari zamburug’lar. bakteriyalar, ishqorlar ta’sirida parchalanadi va yangi modda — chirindi (gumus)ga aylanadi.
 Tuproqda yashaydigan chuvalchanglar, turli qurt-qumursqalar, yer qaziydigan hayvonlar tuproqqa tushgan organik moddalarni, chirindilarni tuproq ona jinsi bilan aralashtiradi. Mikroorganizmlar faoliyati va suvning erituvchanlik xususiyati ta’sinda kimyoviy moddalar (azot, fosfor, temir, kaliy, kalsiy va boshqalar) o’simiik ildizlari so’rib oladigan eritmalar hosil qiladi. Shunday qilib, tuproq hosil bo’lish jaravoni to‘xtovsiz davom etadi.
 Tuproqlar tarkibi, asosan, uch qismdan iborat bo’ladi: 1) tuproqning ona jinsi — har bir joyda tarqalgan tog’ jinslari; 2) tuproqning organik moddalari — o’simlik, hayvon qoldiqlari, mikroorganizmlar, tuproq hasha- rotlari, chirindi; 3) tuproq eritmasi —o’simliklar uchun zarur moddalar erigan suv (eritma). Har qanday tuproqning unumdorligi ana shularga bog’liq. Tuproqlarning eng muhim xususiyati ularning unumdorligi, ya’ni, ularning o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlash quvvitidir.
 Tuproq qatlami shartli ravishda to’rt qavatga ajratiladi. Tuproq qatlamining qalinligi, qavatlarining holati tuproqlarning turlariga bog’liq. Tuproqlarning hosil bo’lish jarayoniga yana iqlim sharoiti (issiqlik, namlik), rel`yef va tog‘ jinslarining xususiyatlari ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham turli xil tog` jinslari ustida va har xil iqlim sharoitida turli xil tuproqlar tarkib topadi. Tuproqlarning ona jinsi (noorganik tarkibi — mayda tog` jinslari) katta-kichikligi turlicha bo’lgan zarralardan iborat bo‘ladi. Bularning hammasi birgalikda tuproqning mexanik tarkibi deyiladi. Tuproqlar mexanik tarkibiga ko’ra gilli tuproq, qumoq tuproq, qumli tuproq, qum tuproq, shag’alli, chag’ir toshli tuproqlarga bo linadi.
 Tuproq tarkibidagi gil va chirindilar bir-birlariga yopishib, kesakchalar hosil qiladi. Bunday kesakchalarning vujudga kelishi va ularning pishiq bo’lishiga tuproqdagi kalsiy moddasi yordam beradi. Shunday kesakchalar bor tuproqlar donador bo‘lib, unumdorligi oshadi. Kesakchasiz tuproqlar mayda zarrali bo’lib, havo va suvni yaxshi o‘tkazmaydi, chirindilarning minerallarga aylanishi qiyin bo`ladi.
 Tuproqlar tarkibidagi kesakchalar miqdoriga qarab donador va og’ir (berch) tuproqlarga bo’linadi. Donador tuproqlar chirindiga boyroq, suv va havo yaxshi kirib turadi, unumdor bo`ladi. Og`ir tuproqlar sug’orilgandan keyin qatqaloq hosil qiladi, yuvilishga chidamsiz bo’ladi. 
 Tuproqlarga organik va mineral o’g’itlar solish, o’z vaqtida ishlov berish, sug‘orib turish bilan ularning unumdorligini oshirish mumkin. Shunday yo’llar bilan unumdorligi oshirilgan tuproqlar madaniy tuproqlar deyiladi. O’rta Osiyo vohalarining tuproqlari asrlar davomida haydalib, turli o’g’itlar solinib, sug’orilib, vaqtida sho’ri yuvilib, ishlov berilib, madaniy tuproqlarga aylantirilgan. Lekin tuproqlar suv yuvib ketishidan. shamol uchirishidan, sho’r bosib ketishdan, ifloslanishdan saqlanmasa, ularning tarkibi buzilib, unumdorligi yo’qoladi. Turli tabiat zonalarining o’ziga xos iqlim sharoitida tarkib topgan tuproqlar bir-birlaridan farq qiladi. Yer yuzida arktika tuproqlari, tundra tuproqlari, kulrang, sur, qora, kashtan, qo’ng’ir, bo’z, sanq, jigarrang, qizil tuproqlar mavjud. Togii o’lkalarda tekislikdan tog’larga ko’tarilgan sari, tabiiy sharoitning o‘zgarishi bilan birga, tuproqlar ham o’zgaradi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash