Yuklanmoqda...

Yerosti suvlari 

863

  O‘rta Osiyo hududi yerusti suv zaxiralari bilan birgalikda juda katta yerosti suv boyliklariga ham ega. Iqlimining juda quruq bo‘lganligi sababli oqar suvlar bilan bir qatorda yerosti suvlaridan ham aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda, qishloq xo‘jalik yerlarini va chorva mollarini sug‘orishda juda keng ko‘lamda foydalaniladi.
  О rta Osiyo hududida tabiiy geografik va geologik xususiyatiga ko’ra bir-biridan keskin farq qiladigan 2 ta gidrogeologik kichik o’lka—janubi-sharqiy burmali tog‘lar va tekisliklardagi platformali artezian suvlari kichik o‘lkalari mavjud.
  O‘rta Osiyoning barcha burmali togiaridagi yerosti suvlannmg asosiy qismi - tog‘ jinslari yoriqlaridan va karst yo‘laklarioan chiqadigan suvlardir. Ulaming manbayi yog‘in-sochin suvlaridir (yerosti suvlarining paydo bolishini esga oling). Bu suvlar tog‘larda ko‘pincha buloqlar tarzida chiqib, tog’larning о rta va yuqori qismlarida daryo suvlariga qo‘shiladi, qisman, sug‘orishda foydalaniladi.
 Tekisliklardagi yerosti suvlari artezian havzalaridan iborat. Bu suvlarning manbayi daryo o‘zanlaridan shimilgan va tog‘ yonbag‘irlaridagi suvlarning shimilishi natijasida vujudga kelgan suvlardir.
  O`rta Osiyoning yirik cho’llari - Qizilqum va Qoraqumning yerosti qatlamlari ichimlik suv zaxiralariga juda boy. Chorva mollarini sug‘orish va ichish maqsadida bu yerda juda chuqur (200-250 m gacha) artezian quduqlari qazilgan. Yerosti suvlari chuqurda, yer yoriqlarida joylashgan bo’lsa, ko‘pincha issiq, tarkibida turli mineral moddalar erigan bo‘ladi. Bunday suvlar termal suvlar deyiladi. O’rta Osiyo hududi ana shunday termal va mineral suvlarga boy. Bu suvlarning kimyoviy tarkibi insonga shifobaxsh ta’sir etadi. O’lkada tarkibida yod, vodorod sulfat, radon va boshqa ba’zi mineral moddalar bo’lgan bir qancha yerosti suv manbalari bor va ular asosida Qozog‘istonning Shimkent viloyatida Qorasuv, Farg’ona vodiysida—Chimyon, Polvontosh. Janubiy Olamushuk, Chortoq, Surxondaryoda—Jayrontepa, Tojikistonda—Obigarm mineral suvli shifoxonalar bunyod etilgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash