Yuklanmoqda...

10-noybr Xalqaro buxgarterlar kuni 

107

Har yili 10-noyabr Xalqaro buxgalterlar kuni sifatida nishonlanadi. Kuchli buxgalterlar guruhi har qanday savdo tashkiloti muvaffaqiyatning garovidir. Ko'p mamlakatlarda buxgalterlar bayrami joriy qilingan bo'lssada, bayramni xalqaro miqyosda o'tkazish zarurligi bir necha bor muhokama qilingan. Luki Pachiollining "Hammasi arifmetika, geometriya va proporsiya haqida” nomli kitobi chop etilgan kun 10-noyabr 1494-yil bayram sanasi sifatida tanlab olindi. Muallif bu kitobida o'sha davrning matematika haqidagi bilimlarni baholashga harakat qilgan. Kitobning bir bo'limida Venesiyaning buxgalterlik ishi to'liq yoritib berilgan. Luka Pachioli buxgalteriya haqidagi 1-kitobining yaratuvchisidir. Pachioli kitobida jurnal-orderlardan foydalanish, buxgalter hisobotini ro'yxatga olishni ko'rsatib o'tgan, bundan tashqari bu sohada xizmat ko'rsatuvchilar debet bilan kredit bir-biriga mos kelmaguncha tinch uxlay olmasliklarini aytib o'tgan. Kitobda ko'plab boshqa teremenlar ham berilganki, unda buxgalteriya ishini to'liq o'rganishda maxsus bilim olish imkoni mavjud edi. Luki Pachiolini "buxgalterlar otasi” deb atashadi. Pachiolining buxgalteriya sohasidagi ko'rsatmalari to'rt yuz yillik davomida maxsus ma'ruzalarda, buxgalteriya ishlarini siljishida asos bo'lib xizmat qildi. Pachioli ishlarini naqadar muhim ekanligini yana shundan ham ko'rish mumkunki, kitob 10-noyabr 1494-yilda nashr qilingan. Bundan 50-yillar oldin Ioann Gutenberg alohida metall harflar va belgilar yordamida kitob nashr qilishni kashf qilingan edi, va ma'lumki, kitob nashr qilish o'sha vaqtda juda qimmat edi.

10-noyabr Germaniyada dunyoda birinchi motosiklning namoyishi bo'lib o'tgan kun 
1885-yil 10-noyabrda mototsikl Untertyurkxaymdagi Bad-Kannshtattdan Nekkar daryosi qirg'oqlarigacha bo'lgan masofani o'sha vaqtlar uchun ishonib bo'lmaydigan 12km/s tezlik bilan bosib o'tdi. Bu motorli velosipedning eng asl nusxasi edi. Rama xuddi g'ildirakdek yog'ochdan tayyorlangan. G'ildiraklar ikkita emas to'rtta edi, hamma rezina pokrishkalar o'rniga temir bilan qoplangan edi. O'rindiq ostiga 0.5l/s kuchga ega ichki yonuv dvigateli joylashtirilgan. Yoqilg'i sifatida benzin yoki kerosin ishlatish mumkin. Mototsikllar taxminan avtomobillar bilan bir vaqtda paydo bo'lgan. Tomoshabinlarni lol qoldirgan bu mototsikl Adolf Daymler tomonidan konstruksiyalangan, Gotlib Daymerning o'g'li. Gotlib Daymer xuddi Karl Bensday haqiqiy avtomobillarni yaratish va ulardan foydalanishning muallifi hisoblanadi. 4 g'ildirakdan foydalanganligining sababini oddiy yo'l bilan tushuntirish mumkin, konstruktorning o'zi velosiped minishni bilmagan, shunday ekan mototsikldan ham foydalana olmagan. Yonboshdagi ikki g'ildirak yiqilishdan asragan. Dunyodagi birinchi mototsikl sodda tuzilganiga qaramasdan, uni yaratishdagi asosiy qonunlar saqlab qolingan. Katta-Daymer mototsikl namoyishidan oldin ixtiro uchun patent olgan, lekin qurilmani savdo-sotiqda kelajagi yo'q deb hisoblagani uchun uni ishlab chiqarishga shoshilmadi. Kichik-A.Daymler mototsikl amortizatorsiz bo'lganligi uchun sayohatdan so'ng bu "kostedrobilka” ga endi o'tirmaslik haqida da'vo qildi.

Sankt-Peterburgdan Moskvaga 1-passajir poyezdi qatnovi yo’lga qo’yilgan kun
Sankt-Peterburgdan Moskvaga 1841-yil injener va olim Pavel Melnikov tavsiyasiga ko’ra katta temir yo’lni ochishga tomon 1-qadam qo’yildi. Dunyoda o’sha vaqt uchun yirik hisoblangan temir yo’l magistralini transport injenerligi sohasidagi kashfiyotlardan foydalanib 8 yarim yil davomida qurib bitkazdilar. Tizim kengligi masalasi asosiy masala ekanligi ma'lum bo’ldi. Melnikov turli mamlakatlardagi temir yo’l qurish ishlarini mukammal o’rganib chiqdi va  AQSh va Yevropanikiga nisbatan tizimlar kengligini kattaroq olishni maslahat berdi. Bu kenglik 1524 millimetr qilib belgilandi. 1851-yil 10-noyabr kuni 11 dan 15 daqiqa o’tganda Sankt-peterburgdan eng birinchi yo’lovchi tashishga mo’ljallangan poyezd yo’lga otlandi. 604 chaqirim masofani bosib o’tib, soat 21 dan 45 daqiqa o’tganda Moskvadagi shu yo’l uchun mo’ljallanib qurilgan maxsus Nikolayevsk vokzaliga yetib keldi. Pavel Melnikovni temir yo’l qurilishidagi xizmatlari uchun mukofotladilar: shox Nikolay Muqaddas Anna ordeni bilan mukofotladi, uchta vokzalga Melnikov uchun yodgorlik o’rnatildi.

10-noyabr Buyuk Britaniyada Lord-mer Shousi o’tkazilgan kun
Eng mashhur, eng ko'p sonli, eng go'zal, eng tomoshabop va albatta, eng qadimiy shou- bu Lord-mer Shousi hisoblanadi. Shou 800 yildan buyon Londonda har yili noyabr oyining 2-shanbasida o'tkazilib kelinmoqda. Shouda bayram namoyishlari va karnavallar bo'lib o'tadi. Tantanali yurish London shahar boshqarmasi "Guildhall"dan boshlanib, mer qarorgohi oldida to'xtaydi va u yerda Vatanga sadoqat qasami ichiladi, bosib o'tiladigan yo'l Temza qirg'oqlarida nihoyasiga yetadi. Namoyishda minglab odamlar va yuzlab otlar ishtirok etadi. Lord-mer shousini Londonliklar juda yaxshi ko'rishadi, shou boshqa shahar va mamlakatdan kelgan turistlarni ham o'ziga jalb qiladi. Bayram an'anaviy ravishda Temza ustida mushakbozlik bilan tugallanadi. Biroq bu yil "brilliant” yubiley va olimpiya tantanalarini bayram qilinishi munosabati bilan o'tkazilgan katta miqdordagi mushakbozlik sababli olovli namoyish bekor qilindi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash