4-noyabr YUNESKO tashkiloti tashkil topgan kun 

7 229

YUNESKO  1946-yilda 4-noyabr kuni Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan hukumatlararo tashkiloti-YUNESKOning Nizomi kuchga kirdi. YUNESKO  ta'lim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga ko'maklashishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta'minlash yo'lida faoliyat yuritadi. Yalpi savodsizlikka qarshi kurashish, maorif tizimini rivojlantirish, milliy madaniyatlarni o'rganish, atrof-muhit va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va boshqa shu kabi keng qamrovli masalalarni hal etishda mazkur tashkilotning hissasi katta. YUNESKOga 191 mamlakat (2006), shu jumladan, O'zbekiston respublikasi a'zodir. Mazkur tashkilot tomonidan tuzilgan Jahon merosi ro'yxatiga уer yuzidagi 830 ta tabiiy va madaniy obуektlar kiritilgan (2006). YUNESKO  doirasida O'zbekistonda ham ko'plab ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Abu Rayxon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining 1000 yillik, Mirzo Ulug'bek (1994) tavalludining 600 yillik, Amir Temur (1996) tavalludining 660 yillik tantanalari keng nishonlangan. Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shaharlarining 2500 yilligi, Shahrisabzning 2700 yilligi (2002) munosabati bilan maxsus dasturlar doirasida yirik tadbirlar uyushtirilgan. Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg'oniy, Burxoniddin Marg'inoniy, Imom Motrudiy, Imom at-Termiziy, Baxovuddin Naqshband kabi qator siymolarning yirik tavallud sanalari ham mustaqil O'zbekistonda YUNESKO  sha'feligida keng nishonlandi.
Qo`shimcha ma`lumotlar:  1 2 3 4 5

4-noyabr Misrda fir'avn Tutanxamonning qabri topilgan kun
Tutanxamon Misr faraonlar sulolasidan bo'lib, eramizdan oldingi 1347-1337-yillarda hukmronlik qilgan. Qabrining-yagona vayron bo'lmagan Misr maqbarasining topilishi munosabati bilan Tutanxamon qadimiy Misr davrining eng taniqli va haqiqiy ramziga aylandi. Qabr 1922-yil egiptolog Govard Karter va havaskor – arxeolog Lord Karnarvon tomonidan topilgan. Qabrda ko'p miqdordagi zebu-ziynatlar, oltindan yasalgan sarkofag va mumiyolangan faraon tanasi saqlanib qolgan. Qabrning eshigiga teginilmagan edi, bu esa asrning eng jiddiy va yirik kashfiyoti ochilishiga umid uyg'otardi. Karter va Karnarvon insoniyatning uch ming yillik tarixida qabrga tushganlarning birinchilaridan bo'lib qoldilar. Maqbaradan yosh fir'avn tirikligida yaxshi ko'rgan san'at asarlari va uning quroli, buyumlari, oltin niqobi, rafiqasi Anxesenpaatonning tasviri, fir'avnning ikki g'ildirakli jang aravasi ustida aks ettirilgan haykalcha, o'q-yoy, xanjar, quticha, o'rindiq va boshqa buyumlar topilgan. Bu noyob san'at asarlari jahonning ko'pgina mamlakatlarida namoyish etilgan. Taxminan 12 yoshida Tutanxamon nomi bilan taxtga o'tirib, 20 yoshga to'lmasdan vafot etgan. 1923-yil 5-aprelda J.Karnarvon Kairdagi "Kontinental” mehmonxonasida o'pka yallig'lanishidan vafot etadi. Uning o'limidan so'ng turli-tuman mish-mishlar tarqaladi. Qabrni ochilishida ishtirok etganlardan ham bir nechtasini halok bo'lganligi "Faraonlar tavqi-la'nati” haqidagi mish-mishlarni avj olishiga sabab bo'ladi. Taniqli nazariyalardan biriga ko'ra ekspedisiya qatnashchilari halokatiga dahmada turli mikroorganizmlarni bo'lishi sabab bo'lgan. Astma kasalligi bilan og'rigan Lord Karnarvonning birinchi bo'lib halok bo'lishi buni isbotlaydi.

4-noyabr O'zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil topgan kun
O'zbekiston Fanlar Akademiyasi 1943-yil 4-noyabrda tashkil topgan. T.N.Qori-Niyoziy uning birinchi prezidenti etib saylangan. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi-mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti. Akademiklar va uning xorijiy a'zolarini hamda o'z tasarrufidagi ilmiy muassasalar ilmiy xodimlari va mutaxassislarini birlashtiradi. Asosiy vazifasi fan va texnika sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash. Davlat va jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha fundamental ilmiy tekshirish va ilg'or texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasini belgilash, tabiiy, texnikaviy,tibbiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma'naviy-ma'rifiy rivojiga ko'maklashuvchi fundamental tadqiqotlar olib borishdan iborat. Fanlar Akademiyasi fan, texnika, madaniyatva ma'rifat sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradi, ilmiy ishlarni muvofiqlashtiradi va ulara samarali rahbarlikni ta'minlaydi, davlatning intellektual, iqtisodiy va ma'naviy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan fan va keng qamrovli ilmiy texnologiya yutuqlarini o'z vaqtida ishlab chiqarishga joriy etadi. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi har yili o'z faoliyati to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi. Fanlar Akademiyasi ning ko'pgina muassasalari xorijiy davlatlkarning muassasalari bilan birgalikda tadqiqotlar olib boradi. Jumladan, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi ning Yadro fizikasi, Elektronika, Fizika-texnika, Mikrobiologiya, Biokimyo, Suv muammolari, Umumiy va noorganik kimyo institutlari bilan Amerika Qo'shma Shtatlar, Xitoy, Germaniya, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Turkiyadagi yirik ilmiy markazlar o'rtasida manfaatli hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Akademining "Akademasbob” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, "Algoritm-injiniring” instituti, Arxeologiya intituti, Biokimyo instituti, Bioorganik kimyo intituti, "Botanika” ishlab chiqarish markazi, Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Geologiya va Geofizika instituti, Kibernetika instituti, Zoologiya, Immunologiya, Iqtisodiyot, Kosmik asbobsozlik instituti, Kosmik tadqiqotlar markazi va uning tarkibidagi Astronomiya instituti, Matematika, Mikrobiologiya, Mexanika va inshootlaring seysmik mustahkaligi instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Seysmologiya, Suv muammolari, Tarix, Til va adabiyot, Umumiy va noorganik kimyo, Falsafa va huquq instituti, "Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi tarkibidagi Fizika-texnika va Materialshunoslik instituti, Sharqshunoslik, Elektronika, Yadro fizikasi, O'simlik moddalari kimyosi instituti, Qorqalpog'iston bo'limi hamda Xorazm Ma'mun akademisi, Samarqand mintaqaviy bo'limi, Buxoro ilmiy markazi, Ilmiy-o'quv markazi, Asosiy kutubxonasi,Issiqlik fizikasi bo'limi, Adabiyot muzikasi, O'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuiylar tarixi davlat muzeyi, Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi, Botanika bog'i, Avtomatlashtirish va hisoblash texnikasi bo'yicha ixtisoslashgan loyiha-konstruktorlik byurosi, "Radiopreparat”, "Tezlatgich” korxonalari, Chirchiq shahridagi "Kompozit” tajriba-eksperimental zavodi, RT-70 radiorasadxonasi, tajriba zavodi bor. Fanlar Akademiyasi da ilmu-fan sohasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan olimlar uchun Al-Xorazmiy (1992 yil ta'sis etilgan), Zahiriddin Muhammad Bobur (1993), H. M. Abdullaev (1993) nomida medallar ta'sis etilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.