Yuklanmoqda...

30-oktyabr sharikli ruchka ixtiro qilingan kun 

101

 Bu kun kichik o'quv quroliga oid katta kashfiyot – sharikli ruchkaning ilk namunasiga patent olingan sana sifatida tarixga bitilgan. 
Mazkur kashfiyot sohibi rasman Jon Luad (AQSh) hisoblanadi. U o'z ixtirosini 1888-yil oktyabr oyida taqdim etgan bo'lsada, tahminan hozirgi ko'rinishdagi ruchkalar o'tgan asrning 30-yillari oxiridagina keng tarqala boshlagan.

Hozirda barchamizning qo'limizu ko'zimiz o'rgangan ruchka uchun vengriyalik jurnalist Jozef Laso Biro patent olgan. Doimo yonida siyoh olib yurish majburiyati va perodan qoladigan dog'lardan xunob bo'lgan Biro qulay ish qurolini yaratish ustida jiddiy bosh qotiradi. Izlanishlar hosilasi sifatida sharikli ruchka dunyoga keladi. Uni keng miqyosda ishlab chiqarish xuquqini Buyuk Britaniyaning Harbiy xavo kuchlari sotib oladi. Biro o'z ixtirosini ikkinchi marta boshqa qit'a – Lotin Amerikasida ham pullashga muvaffaq bo'ladi; Argentinadagi Tversharp kompaniyasi omadli jurnalistga o'sha davrda mislsiz boylik hisoblangan 1 million AQSh dollari miqdorida pul to'laydi.

Yangi mahsulot arzon va kulayligi bilan tezda xalq e'tiborini tortadi. Ixchamgina o'quv quroli Argentinada sayohatda yurgan amerikalik savdogar Milton Reynoldsning qo'liga tushdi. O'z kasbining ustasi bo'lgan Reynolds ushbu yangilik orqali qancha foyda ko'rish mumkinligini chamalaydi. Surishtirib, ixtiro faqatgina ikki mamlakatda ro'yxatdan o'tkazilgani, muhimi, jahonning eng katta bozori – AQShga kirib ulgurmagani, bu borada hech qanday rasmiy hujjatlar imzolanmaganini aniqlagach, darhol ishga kirishadi. Savdogar 1943-yilda o'zganing kashfiyoti uchun AQShda patent, olib ommoviy ishlab chiqarishni yo'lga qo'yadi. Reynolds adashmagandi: sharikli ruchka yashin tezligida shuhrat qozonadi, Nyu-Yorkdagi birgina Jimbel do'konida bir kunning o'zida 10 ming donalab sotiladi. To'g'ri, kashfiyot muallifi Biro o'z haq-huquqlarini sud orqali tiklamoqchi bo'ladi, biroq uning urinishlari kutilgan natija bermaydi. 

Bu bilan ruchkaning "millionlar tug'ish” borasidagi vazifasi yakun topmaydi. 1958-yilda fransiyalik Marsel Bik ruchka mexanizmini yanada soddalashtirib, tannarxini ham arzonlashtirilgan holda BIC nomi ostida ishlab chiqarishni yo'lga qo'yadi. Shu tariqa bugungi kunda dunyodagi o'quv qurollari bozorining kattagina qismini egallagan BIC Corporation kompaniyasiga asos solinib, uning sohibi jahonning eng badavlat kishilaridan biri bo'lib qoladi.  

30-oktyabr muhandis-mexaniklar kuni
Muxandis-mexanik  bu texnologik asbob-uskunalarni loyihalashtirish, konstruksiyalash va foydalanishga topshirish  (ishga tushirish) bilan shug’ullanuvchi  mutaxissisdir.
Bu kasb egalari ko’p narsani bilishlari va qila olishlari kerak.
  • turli ishlab chiqarish asbob-uskunalarini loyihalashtiradi, konstruksiyalashtiradi, ishga tushiradi va ishchilarni ishlab chiqarish vazifalari bilan ta'minlab bajarilishini nazorat qilishadi. Asbob-uskunalarning holati va texnika xavfsizligini nazorat qilishadi.
  • Chizmachilik va geometriya nazariy mexanika, mashina va mexanizmlar nazariyasi hisoblash texnikasi, ishlab-chiqarish texnologiyasi va uni tashkillashtirishni, avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, sohalar iqtisodiyoti kabilarni bilishlari zarur.
Ushbu kasb egalari konstruktiv va mantiqiy fikrlash, sinchikov va ziyrak, muhim qarorlar qabul qilish, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishlari zarur.

30-oktyabr Xalqaro ortopedik hamshiralar kuni
Xalqaro ortopedik hamshiralar kuni (International Orthopaedik Nurses Day) - internatsional kasb bayrami, har yili 30-oktyabrda nishonlanadi. Ortopediya deb- klinikaga oid tibbiyot bo’limini atashadi, u suyak-bo’g’im sistemasi funksiyalarining buzilishi, o’zgarishi, davolash va uni oldini olishga mo’ljallangan muolajalar hisoblanadi. Ortopediya klinik tibbiyotta travmotologiya bo’limi bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ortopediyaning timsoli- bu tekislanayotgan daraxt belgisidir. Ortopedik hamshiralar travmotologo-ortopedik patsiyentlarni parvarishi bilan shug’ullanishadi. Ular bunday bemorlarni yaralarini bog’lash, choklarni olish, ortez o’rnatish va gipsli shinalarni yechish bilan shug’ullanishadi. Ortopedik hamshiralardan maxsus malakali, o’ziga xos  tajribali bo’lishlari talab etiladi. Xalqaro ortopedik hamshiralar kuni vatani - Amerika Qo’shma Shtatlari bo’lib, u yerda bu kun 1990-yilda Milliy ortopedik hamshiralar assotsiatsiyasi yordamida birinchi bor nishonlangan (NAON). Xalqaro maqomini bu kun 2001 -yilda  Buyuk Britaniya,Kanada, Malta va Gonkong kabi mamlakatlar qo’shilganidan keyin qo’lga kiritdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash