26-oktabr - Avtomobilchilar kuni 

3 587

Transport bizning hayotimizda katta rol o’ynaydi. Shuni aniq aytish mumkinki, yer usti transportlari tarixi g’ildirak ixtiro qilinishidan boshlangan. Ammo zamon o’zgarib, hayot ritmi tezlashdi va hozirgi kunda biz hayotimizni avtomabil, avtobus va troleybuslarsiz tasavvur qila olmaymiz. Avtomabillarni o’rnini hech nima bosa olmaydi va ular kundan kun ko’payib bormoqda. Avtomabillar tezkor transportga aylandi,  ular yordamida biz uzoq masofalarni bosib o’tib dunyoning uzoq burchaklariga yetib olamiz. Shu sabab avtomabil transportiga xizmat ko’rsatuvchi kasblar soni ham ko’payib bormoqda. Haydovchi kasbi esa hali ham eng ommabopligicha qolmoqda. Shuning uchun ham dunyoning ko’p davlatlarida ushbu kasblarga bag’ishlangan bayramlar bor. Avtomabillar dunyo tarixida ham sezilarli iz qoldirgan. Bu 1903-yilda butun dunyoga mashhur "Ford Motor” avto kompaniyasiga asos solinishi, 1894-yildagi birinchi avtomabil poygalari, 1885-yilda qo’lbola (qo’lda yasalgan) avtomabil sinovlari va boshqa bir qator hodisalardir.

26-oktabr Xalqaro maktab kutubxonalari kuni
Xalqaro maktab kutubxonalari kuni (International School Library Day) Yunesko tashabbusi bilan 1999 yildan buyon o’tkazilib kelinadi. Ilk marta bu tadbir xalqaro maktab kutubxonalari assotsiatsiyasining raisi  (International Association of School Librarianship, IASL) Blansh Vullz tomonidan tantanali ravishda e'lon qilindi. 2005 yilda tadbirni bayram tarzida rasmiy ravishda nishonlashni mazkur tashkilotning yangi prezidenti Piter Jenko tasdiqladi.  2008 yilda bu voqyea birinchi darajaga ko’tarildi. Ya'ni yanvar  oyida mazkur loyihaning ish yurituvchisi Rik Malxollanning e'lon qilishicha, xalqaro maktab kutubxonachilari kuni oyligi ҳam xalqaro tarzda o’tkaziladiga bo’ldi. Shunday qilib shu yilning oktyabrida ilk marta Maktab kutubxonachilarining "Maktab kutubxonasida savodxonlikni rivojlantirish” shiori ostida tadbirlar oyligi o’tkazildi. Tadbir qatnashchilari bir oy ichida xohlagan bir kunni maktab kutubxonachilariga bag’ishlangan tadbirni o’tkazish uchun tanlab olishlari mumkin.  Ba'zi bir tashkilotchilar bir kun bilan chegaralanib qolmasdan uzoq vaqtga mo’ljallangan tadbir kunlarini e'lon qilishdi. Masalan, oylik tadbirlar o’tkazilgan kunlarda kitobxonlarni qiziqtirish va ularning sonini aniqlash. Shunday qilib har yili oktyabr oyining oxirgi haftasida "Maktab kutubxonalari kuni xalqaro miqyosda o’tkaziladigan bo’ldi. Maktab kutubxonachilari kunini o’tkazishdan asosiy maqsad bolalar kitobxonligiga jamoatchilik e'tiborini qaratish va maktablarda kitob fondini rivojlantirib borish hisoblanadi.
Shuningdek, 26-oktabr Norvegiya Qirolligi mustaqilligi kuni 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.