13-iyul Los-Andjeles tog’ tepaligida “Hollywood” mashhur yozuvi qo`yilgan 

2 576

1923-yil 13-iyulda Mauntli tog’larida, Kaliforniya tepaligida Hollywood yozuvi paydo bo’ldi. Ilk bor yozuv "Hollywoodland” deb yozilgan. Yangi iste’qomat qilinadigan rayonning reklamasi hisoblangan va kino sanoatiga hech qanday aloqasi bo’lmagan. Biroq tez orada sayohatchilarni o’ziga jalb qilgan. Ushbu yozuv buyurtmachisi "Los-Andjeles tayms” nashriyotchisi Garri Chandlerga 21 ming dollarga tushgan. "Hollywoodland” so’zi kechalari elektr lampochkalari bilan yoritilib turardi, kunduzlari esa oq harflar 46 km oralig’da ko’rinib turardi. "Hollywoodland” ni reklama qilish muddati yarim yilga mo’ljallangan edi, biroq yozuv o’z joyida hali ham qolgan. 1949-yilda yozuv qayta ta’mirlandi va ohirgi to’rtta harflar olib tashlandi. O’sha vaqtlardayoq Hollywood Los-Andjeles va butun ko’ngilochar, sanoatlarning belgisiga aylanib ulgurgan edi. Yozuv haqida qayg’urishni Gollivud savdo palatasi o’z yelkasiga oldi. 1973-yilda yozuvni milliy tarixiy haykal deya e’tirof etishdi. O’sha yillarda Hayriya fondi boshqaruvchisi, "Playboy” jurnalining asoschisi Hyu Hefner yozuvning ta’mirlanishiga mablag’ ajratadi. 1978-yil noyabr oyida yangi 15 metr balandlikka va 12 metr kenglikka ega bo’lgan yozuv paydo bo’ldi. Har bir harfning tayyorlanishiga 27,5 ming dollar sarflangan. Shundan buyon barcha qayta tiklash ishlari hayriya fondlari yordami ostida bajariladigan bo’ldi.

13-iyul Xalqaro baliqchilar kuni
 Yozning qizg’in kunlarida 13-iyul kuni "Xalqaro baliqchilar kuni” nishonlanadi. Baliqchilik bu nafaqat dengiz va daryo baliqlari balki boshqa dengiz jonzotlarini tutish va iste’mol qilishni o’z ichiga oladi. Baliqchilik barcha  davlatlar uchun  asosiy  mablag’ keltiradigan  sanoat tarmog’i bo’lib qoldi. Baliqchilik kuni butun dunyo baliqchlari uchun eng sevimli bayramlardan biri hisoblanadi va barcha kasb egalarini birlashtiradi. Shu kunda baliqchilikni sevadigan insonlar bir-birlarini tabriklaydilar.

13-iyul Rossiyada an’anaviy baliqchilar kuni
 Ushbu baliqchilar kuni boshqa davlatlarda ham nishonlanadi. Baliqchilik bilan har bir davlatning aholisining yarmi ushbu kasb bilan shug’ullanadi. Ushbu  kunda baliqchi guruhlar o’rtasida eng ko’p soni bo’yicha  baliq tutish musobaqasi o’tkaziladi. Bayram oddiy aholi doirasida, shunchaki baliq ovlash haqida eshitgan odamlarda ham qiziqish uyg’ongan. Ushbu kunda qiyin va romantikaga boy bo’lgan kasb bilan hayotini bog’lagan, shu bilan birga baliq ovlashni o’ziga sport, hobby deb bilgan insonlarni tabriklash mumkin. Baliq ovlash bayramini yoz oyining mashhur bayramlaridan biriga kiritishimiz mumkin. Bu bayram butun aholini yoshi, irqi, kasbidan qat’iy nazar birlashtiradi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, ushbu kunda an’anaga aylangan musobaqalar o’tkaziladi va sovrinlar bilan taqdirlanadilar. Baliqchilikni xush ko’radiganlar o’zlarining bo’sh vaqtlarini daryo va qirg’oqlarda o’tkazadilar. Bu bayram daryo, ko’l atrofidagi joylashgan shaharlarda aylanishlar, konsertlar, baliq tutishga bag’ishlangan tadbirlar bilan o’tkaziladi. Baliqchilik kuniga bag’ishlangan ko’p sonli tabriknoma va suvenirlar ham sotuvga chiqarildi. Shunday ekan, tanish baliqchilarni tabriklash uchun sovg’alarni topishingiz mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.