Yuklanmoqda...

9-iyun Xalqaro do'stlar va Xalqaro akkreditatsiya kuni 

203

  Do'stlik – bu nafaqat yoqimli jamoa va manfaatlar yaqinligidir. Bu – beg'araz ma`naviy yaqinlikka va o'zaro bog'lanishga asoslangan munosabatlardir. Do'stlarga nafaqat yordam so'rab, balki quvonchni bildirish uchun murojaat qilish mumkin. Butun dunyo xalqlarida do'stlik azaldan ulug' qimmatlik deb hisoblanib kelgan. Afsuski, oxirigi paytlarda asl do'stlikni o'rnini ish bo'yicha yoki o'zaro manfaatli munosabatlar egallab qolmoqda. Shuning uchun asl do'stlarni e'zozlab, do'stlikni asrash kerak. Xalqaro do'stlar kuni aynan do'stlarga ular siz uchun qanchali qimmatligini yana bir bor bildirish uchun tashkil etilgan. Balki, kimdir uchun ushbu bayram bir necha yildan beri ko'rishmagan do'stlariga telefon orqali qo'ng'iroq qilish, yoki diydor ko'rishib yangiliklar bilan o'rtoqlashib yoqimli damlarni eslash uchun sabab bo'lar.

9-iyun Xalqaro akkreditatsiya kuni
  9-iyunda jahonda ajoyib bayram - xalqaro akkreditatsiya kuni nishonlanadi. Bu bayram Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum va laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish bo’yicha xalqaro hamkorlik tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil qilindi. Ushbu tashkilotlar ma'lum muassasalarga, ayniqsa sinov laboratoriyalariga ishonch xuquqlarini topshirishni olib boradi. Bu xalqaro akkreditatsiya kuni birinchi navbatda yuqorida aytib o’tilgan tashkilotlarni akkreditatsiya qilishda ishtirok etgan xodimlarning professional xizmatlarini tan olishdan iboratdir. Bu xalqaro akkreditatsiya kunini tashabbuskorlari juda katta tashkilotlardan iborat bo’lib, o’ttiz yillardan ziyod faoliyat yuritib kelmoqda va hozirda  60 dan ortiq mamlakat vakillarini o’z atrofiga yig’moqda. Bu hamkorlikdan ular chet ellarda  katta foyda keltiradigan savdo-sotiq aloqalarini kengaytiradilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash