17-may Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kuni 

2 845


Butunjahon telekommunikatsiya kuni halqaro telekommunikatsiya ittifoqiga (XTI) asos solingan va 1865 yili birinchi Xalqaro telegraf konvensiya imzolangan kun sharafiga 17 mayda har yili nishonlanadi.

 2005-yil noyabrda Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha yuqori darajada butunjahon uchrashuvi (AJYuDU) BMT Bosh Assamleyasiga 17-may kunini Butunjahon axborot jamiyati kuni deb elon qilishi taklifi bilan chiqdi.

 2006-yil 27-martda BMT Bosh Assamleyasi rezolyutsiyani (A/RES/60/252) qabul qildi, unga asosan Butunjahon axborot jamiyati kuni 17 mayda har yili nishonlanadi.

 2006-yil noyabrda Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan XTI Vakolatli Konferensiyasida 17-may Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kuni deb e’lon qilindi.

 Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kunining maqsadi bo‘lib axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish jamiyat va mamlakatlarga imkoniyatlar to‘g‘risidagi xabardor bo‘lishlik darajasini oshirish imkoniyati hisoblanadi. 
 Manba: www.unicon.uz

17-may Xalqaro elektraloqa kuni (1969-yil)
Elektraloqa – bu ma'lumotlarni  elektr signallar  yordamida  uzatish, qaysiki tarqatiladilar simdan yoki radiosignallar yordamida, optik aloqa tizimlari yordamida, telegraf orqali, telefon orqali, faks aloqa  orqali, ninternet orqali. Shuning uchun ushbu kunda  o‘zining kasb bayramini  hamma energetika sohasi ishchilari nishonlashadi. Yildan- yilga elektraloqa joriy qilinishi  kengayib bormoqda. Dunyo bo‘yicha odamlar bilan aloqada bo‘lish imkoniyatini bizga elektraloqa ishchilari  sovg‘a qilishyapti. Biz yer sharining  barcha qismidan ma'lumotni qabul qilib olyapmiz, butun jahonda sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatayapmiz. Bu hammasi boshqa ko‘p narsalar elektraloqa tufayli mumkin bo‘lyapti. Xalqaro elektraloqa kuni  Xalqaro elektraloqa uyushmasi (MES) Ma'muriy Kengashi sessiyasining qaroriga binoan 1969-yildan nishonlana boshlandi. Bu bayram 1865-yilda Parijda Butunjahon  telnkommunikatsiya uyushmasining tashkil topgani sharafiga ta'sis etilgan. 1844-yili 24-mayda Semyuel Mors Vashingtondan Baltimorga telegraf tarmoqdan  o‘zining birinchi xabarini yubordi va bu oddiy ish  telegraf aloqalar asri boshlanganini e'lon qildi. Lekin faqat telegraf aloqa xizmatlaridan keng omma foydalana oladigan bo‘ldi. O‘sha davrda telegraf tarmoq  milliy chegaralarni kesib o‘tmasdi. Chunki har bir mamlakat o‘z tizimidan foydalanardi, chegara orqali  qo‘shni mamlakatdan o‘tgan xabarlarni   yashirin yozuvdan ochib o‘qish shart bo‘lgan edi va yana telegraf  tarmoq orqali yangi tizimda qaytadan jo‘natilardi. Mana shu sistemalar  sekinligi va boshqarib bo‘lmas fe'l-atvorini hisobga olib, ko‘p mamlakatlar oxirida milliy tarmoqlar o‘zaro aloqalarini yengillashtirish chorasini ko‘rish haqida qaror qildi. Biroq shunday choralarni mamlakatlar o‘z milliy chegarasida qabul qilardi, telegraf  aloqalar tarmog‘ini o‘rnatish uchun  tez-tez g‘oyat katta miqdorda qo‘shimcha alohida kelishuvlar talab qilinardi. Prussiya misolida, poytaxti va boshqa nemis davlatlari bilan chegaradosh viloyatlari orasida   aloqalar uchun   o‘n beshdan ortiq kelishuvlar talab qilindi. Ushbu savollar yechimni soddalashtirmoq uchun  mamlakatlar  ikki tomonlama yoki regional kelishuvlarni rivojlantira boshladilar. 1864-yilda bir qancha umumiy regional  kelishuvlar bo‘lgan edi. Telegraf  tarmoqlarining  ko‘plab mamlakatlarda tezkor kengayib borishi, nihoyat, 20 yevropa davlatlarini xalqaro aloqa  tuzilmalari rivojlanishi haqida  bitim tuzmoq uchun uchrashishga  undadi. O‘sha  vaqtda, ushbu guruh  xalqaro aloqalarni soddalashtirish uchun uskunalarni standartlashtirish bo‘yicha umumiy qoidalar belgiladi, barcha uchun umumiy ishlatish yo‘riqnomalarini qabul qildi, umumiy xalqaro tarif va hisoblash qoidalarini o‘rnatdi. Ikki yarim oylik qiyin muzokaralardan  keyin, 1865-yil 17-mayda Parijda 20 ta a'zo  birinchi Xalqaro Telegraf Kelishuvini  imzoladi va Xalqaro Telegrafga oid Ittifoq (Telekommunikatsiya Xalqaro Ittifoqi)ga asos solindi. Bugun, taxminan 150 yil o‘tgach, Telekommunikatsiya Xalqaro Ittifoqi tashkil bo‘lishiga olib kelgan sabablar, hali ham muhim va tashkilotning asosiy  maqsadlari o‘zgarmasdan qoladi. Urf-odatga ko‘ra  bu kuni har bir mamlakat  aloqa  sohasida oxirgi yillarda jami qilingan ishlar natijasini ko‘rib chiqadi. Bugun  shu xalqaro tashkilotga  dunyoning 180 dan ortiqroq mamlakatlari kirishadi.

17-may Butunjahon Axborot birlashmasi kuni
Bu professional bayram-barcha pragrammistlar, sistema adminstratorlari, internet-provayderlar, veb-dizaynerlar, internet nashrlar redaktorlari va boshqa axborot texnologiyalari sohasida ishlovchilarning bayramidir. ”17-may Butunjahon – axborot birlashmasi kuni”ni e'lon qilinishi 2006-yil, 27-martda BMTning Bosh Assambleyasining 60/252 raqamli Rezolyusiyasi bilan qabul qilingan. Bu kunni bayram qilish haqidagi taklif uch yil Jenevada va Tunisda ikki bosqichdan iborat yuqori saviyada o'tqazilgan Butunjahon uchrashuvida kiritilgan.

17-may Germaniyada erkaklar bayrami
Germaniyada erkaklar bayrami 17-mayda nishonlanadi va "Vatertag" deb nomlanadi, tarjimada "Ota kuni”ni  bildiradi. Lekin nemislarda bu anchayin jaxldor, ayollarning hyech qanday dahli yo’q-xatto ular sovg’a bermasalar ham bo’ladi. Byurgerlar erkak guruhlari bo’lib yig’ilib tabiat ko’yniga chiqishadi yoki barga borishadi. Kuvnoqroqlari rango-rang kiyimlar kiyib olib bazmga qo’shik kuylab boradi. Shunisi qiziq-ki nemischa "Ota kunini" hamma erkaklar nishonlaydi, ammo bayram uchun asosan hali ota bo’lmaganlar to’laydi. Uyga tongotarda qaytish mumkin, xatto oila boshlig’ini do’stlari ko’tarib olib kelsa ham urishish yoki tanbex berish jiddiy taqiqlangan. Bunday erkaklar bayramini, bir oz oddiyroq tusda, Gemaniya qo’shnisi Avstriyada ham o’tkaziladi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.