22-oktabr AQShda yong’oqlar bayrami 

2 966

Har yili 22-oktabrda Milliy yong’oqlar kuni bayrami nishonlanadi. Xalqaro yong’oqlar kuni - AQShda norasmiy bayram hisoblanadi va 22-oktabrda nishonlanadi. Bayram yong’oqlarga bag’ishlanadi - yeyishli, mazali, foydali, shifobaxsh maxsulotga. Yong’oqda juda ko’p foydali oqsillar, vitaminlar, minerallar foydali yog’lar borligi sababli uni iste'mol qilish juda ham foydali hisoblanadi. Xalqaro yong’oqlar kunida tabiiyki yong’oqning o’zini va undan tayyorlangan turli mazali maxsulotlar yeyish maqsadga muvofiqdir. Shu kuni qandolatchilikda yong’oqning ishlatilish tarixi haqida ham ko’plab ma'lumotga ega bo’lish mumkin, shuningdek, taomlarda yong’oq ishlatishning o’ziga xos xususiyatlari haqida qiziqarli narsalarni bilib olish mumkin, chunki aynan shu kuni shahar ko’chalarida yong’oq sotuvchilar turli reklama aksiyalari o’tkazadilar. Xalqaro yong’oqlar kuni amerikaliklar bayrami hisoblanadi, ammo boshqa yurtlarda ham bu bayramni o’tkazishga bo’lgan qiziqish borgan sayin oshib bormoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ham bu bayram nishonlanmoqda va u Liberation Foods (CIC)- yong’oq ishlab chiqarish kompaniyasi tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Bizda O’zbekistonda ham yong’oq juda mazali va foydali maxsulot hisoblanadi. U miya faoliyatini rivojlantirish va eslab qolish xususiyatiga ega bo’lgani uchun xalq orasida keng iste'mol qilinadi.

22-oktabr Avstraliyada vombata kuni
Vombata kuni- bu norasmiy bayram bo’lib, har yili avstraliyada 22-oktabrda nishonlanadi. Birinchi bor bu bayram 2005-yilda nishonlangan. Vombatlar - bu o’txo’r, xaltali jonivor bo’lib, ko’rinishidan kichik ayiqlarga o’xshab ketadi va ular ko’pchilik xaltalilar singari faqatgina Avstraliyada yashaydi. Vombatlar - yer tagidan uya kavlaydigan eng yirik sutemizuvchilar turiga kiradi. Hayotining eng ko’p vaqtini yer tagida o’tkazadilar, faqatgina kechalari yemish izlab tashqariga chiqadilar. Vombatlar yangi chiqqan maysalar, o’simliklar ildizlari, mevalar, qo’ziqorin va yo’sinlar yeb kun ko’rishadi. Sekin ovqat hazm qilganliklari uchun yegan ovqatini vombatlar ikki hafta mobaynida hazm qilishi mumkin. Vombatlar oilasiga uch toifaligi  kiradi, ulardan; yo’qolib ketish arafasida turgan kvinsent vombati, ulardan atigi 100 dan ortig’i qolgan va ular kichikroq qo’riqxonada turishadi. Vombatlarning boshqa ikki turiga bu havf solayotgani yo’q. Avstraliyaliklar bu kunni o’zgacha nishonlaydilar. Kimdir vombatlarni tomosha qilish uchun hayvonot bog’lariga boradi,  kimlardur vombat rasmi tushirilgan futbolkalar kiyadi, boshqalar vombat shaklida turli pishiriq va shirinliklar tayyorlaydi. Odamlarning ixtirochiligi qo’llab-quvvatlanadi.

22-oktabr Xalqaro qog'ozsizlik kuni
Qog’ozsiz kun - bu qog’ozsiz texnologiyalardan foydalanishda o’z malakalaridan foydalanishni, fikr almashinish yo’li bilan qog’ozdan ortiqcha foydalanmaslikni oldini olishga mo’ljallangan. "Qog’ozdan kerakli miqdorda foydalanish” - xalqaro "qog’ozsizlik” kompaniyasining asosiy fikri shundan iborat va u butun dunyo bo’yicha oktyabr oyining oxirgi payshanba kuni bo’lib o’tadi. Bu kuni ekonomikaning turli hududlaridan kelgan yetakchi kompaniyalar  birlashib, qog’ozni bekorga sarflanmasligiga qarshi turli qo’llab-quvvatlash aksiyalari o’tkazishadi. Xalqaro qog’ozsizlik kunining maqsadi - qaysi yo’l va qanday texnologiyalar yordamida tashkilot tabiiy resurslarni saqlash maqsadida qog’ozning ortiqcha sarf bo’lmasligini oldini olishdan iboratdir. Bu aksiyaning afzalligi shundan iboratki, u tabiatgagina emas, balki tadbirkorlikka ham foyda beradi. Tashkilotlarning elektron tizimga o’tayotganligini nazarda tutgan hoda, qog’ozdan nisbatan kamroq foydalanishi va uni sarf qilmasligi ko’zda tutilgandir. Shuningdek, Axborot va Tasvirlash boshqarmasi masalalari bo’yicha Assotsiatsiya ma'lumotiga ko’ra, tonna qog’ozning qayta ishlanishi va tejalishi natijasida 17ta daraxt, 26000 litr suv, 3 m.kub yer, 240 litr yoqilg’i va 4000 kVt/s elektr energiyani saqlanib qolinadi. Ammo, ma'lumotlarga ko’ra oxirgi 20 yil mobaynida qog’oz sarflanish taxminan 26%ga oshgan, shunga qaramay qog’ozdan butunlay foydalanmaslikning iloji yo’q. Xalqaro qog’ozsiz kun- bu qog’oz ishlatmasdan texnologiyalardan foydalanishda tajriba almashinish yo’llarin o’rganish va tabiatga ziyon yetkazmasdan tabiiy resurslardan to’g’ri foydalanishdan iboratdir. Xalqaro qog’ozsiz kuni - qog’oz ishlatilmaydigan texnologiyalardan to’g’ri foydalanishni o’rganish, malaka almashinish, tadbirkorlik va hayotga zarar yetkazmagan holda tabiatni asrashni o’rganishga qaratilgandir. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.