Yuklanmoqda...

16-aprel Dengiz jonivorlari bayrami


Avstraliya 16-aprel  kunida  "Dengiz jonvorlari” bayrami nishonlanadi. Bu ekologik sana nafaqat  bizning sayyoramizdagi barcha ummonlar va dengizlarda yashovchi barcha turdagi jonivorlarni himoya qilish kuni hisoblanadi. Avstaliya va Okeaniya dunyoning 6 qit’asidan biri bo’lib, bu yerda materiklarning eng kichigi bo’lmish Avstraliya (Yer sharning janubiy qismida; maydoni 7631,5 ming. km.kv) joylashgan. Bu yerda, shuningdek, Yangi Zelandiya orollari, Papua-Yangi Gvineya va Okeaniyaning minnga yaqin orollari joylashgan. Avstraliyaning sharqiy sohili Tinch okeani bilan, qolgan taraflari Hind akeani bilan o’ralgan. Bu kun 1976-yilda joriy qilindi. Shundan so‘ng Xalqaro komissiyasiyalar tomonidan dengiz jonivorlarni ovlash moratoriysi kuchga kirgan. Bu moratoriy hozirda ham faoliyat yuritmoqda va Avstraliya bo‘yichabaliqlar ovlash, hamda go‘shtini sotishni taqiqlab kelmoqda. Hozirgi kunda Baliqlarini ovlash faqat mahalliy aholi (aborigenlar)  ehtiyojini qondirish va ilmiy maqsadda Xalqaro komissiyasi a’zolari ruxsati bilan ovlash mumkin. Eng avvalo dengiz jonivorlar kuni bu – keng jamoatchilikni, xukumat a’zolari  va butun insoniyatni barcha suv jonzotlarining  himoyasiga e’tiborini tortishdir. Hozirgi kunda bizning sayyoramizda suv jonivorlarining 119 dona turi saqlanib qolindi. Baliq  va dengiz jonzotlarining shafqatsiz va jadal qirib tashlanishi  200 yildan beri davom etib kelishi natijasida ko‘plab turlarning yo‘qolib va kamayib ketishiga olib keldi. Vaholanki, ular – sayyoramimzdagi dengiz tarkibining tuzilishi bo‘yicha eng zo‘r indikatorlar hisoblanadi. Ular ekologik tizimning biologik aylanishini barqarorlashtirib turadilar. Shuning uchun bu jonivorlarning kamayib ketishi dengiz ekotizimining biologik maromining buzilishiga olib keladi. Axir har bir yo‘qolgan tur – bu qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishdir- hayvonot olamidagi barcha yo‘qotishlar – butkul yo‘qotiladi.Shunga qaramay, baliq ovlash moratoriysi ish yuritayotgan bo‘lsa ham, qaliqlarni ovlash qonun tomonidan ta’qiqlangan bo‘lishiga qaramay, ko‘pgina mamlakatlarda bu hayvonlarni qirib tashlash to‘xtama yapti. Aksariyat insonlar o‘z hayotlari davomida aqlsizlik qilib tabiatga ziyon yetkazib kelmoqda. Masalan, baliqchilik anjomlari  dengiz jonzotlariga katta yo‘qotishlar olib keladi hamda neft qazib olish orqali  neft mahsulotlari okeanlarni ifloslantirmoqda. Bunday holat sayyoramiz kelajagiga befarq bo‘lmagan  barcha odamlarning va dengiz jonzotlarining himoyachilarini qoniqtirmayapti. Dengiz jonzotlarinig himoyasi uchun bu muammoga keng jamoatchilikning e’tiborini  jalb qilish kerak. Ko‘pgina mamlakatlarda bu jonivorlarni yoqtiruvchilar uchun klublar va jamiyatlar, ularning hayotiga hech qanday xavf solmaydi dengiz qo‘riqxonalari tashkil qilingan. Har yili shu kuni tabiatni qo‘riqlash guruhlari, ekologik tashkilotlar va jamoatchilik tomonidan dengiz jonivorlarini himoya qilish maqsadida,  yo‘qolib ketish xavfi oldida turgan biron bir antiqa  jonivor turiga bag‘ishlangan turli aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.

 
16-aprel Choy kashf etilgan kun 
Afsonalarga ko'ra, choy eramizdan avvalgi 1737-yil 16-aprel kuni Xitoy imperatori tomonidan kashf etilgan. Imperator daraxt soyasida xizmatkori suv qaynatishini kutib o‘rtirgan vaqtda piyolasiga choy daraxtining bargi uchib tushadi. Imperator ushbu ichimlikni tatib ko'rishga qaror qiladi va uning mazasidan lol qoladi. Choy IX asrga kelibgina Xitoyning milliy ichimligiga aylangan. Choy O’zbekistonga Buyuk ipak yo‘li orqali kirib kelgan.

16-aprel Surxondaryo viloyatning Angor tumani tashkil topgan kun
Angor tumani — Surxondaryo viloyatning tumani. 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Termiz tumaniga birlashtirilgan. 1979-yil 4-dekabrda qayta tuziddi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo'rg'on tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,39 ming km.kv. Angorda millod avval VI-IV asrlarda aholi manzillari bo'lgan. Kushan podsholigi davrida (I-III asrlar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qal'asi Angorning markazi bo'lgan. VI-VII asrlarda qal'alar, qo'rg'onlar vujudga kelgan. O'tmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qo'nib o'tadigan qishloq hisoblangan.
 
Tabiati. Tuman viloyatning eng janubida joylashgan. Shimolida Kiziriq, Angor shaharchasida urushda halok bo'lgan jangchilar xotirasiga qurilgan yodgorlik. Shimolida Xovdog', janubiy-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning o'rtacha temperaturasi 2-3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning o'rtacha harorati 31-32°. Yiliga 120-130 mm yog'in tushadi. Vegetasiya davri 300 kun. Tuman hududining g'arbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib o'tadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sug'oriladi. Tuprog'i bo'z, taqir, qumloq tuproq. Tuproq sho'rlanishini kamaytirish uchun tuman hududi bo'ylab shimoliy-sharqdan janub-g'arb yo'nalishida zovur qazilgan. Sho'ra, yantoq, jing'il, qiyoq, qamish, burgan kabi cho'l o'simliklari o'sadi. Tuman hududining ko'p qismi o'zlashtirilganligi sababli cho'l-dashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi. Aholisiningaksari qismi o'zbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

16-aprel Sirdaryo viloyatida Guliston tumani tashkil etilgan kun
Guliston tumani - Sirdaryo viloyat tumani. 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan. Viloyatning Sirdaryo, Boyovut, Sayxunobod, Mirzaobod, Sharof Rashidov tumanlari, Toshkent viloyatining Bekobod tumani bilan chegaradosh. Maydoni: 0,35 ming kv.km. Markazi — Dehqonobod shaharchasi. Tabiati: Guliston tumani Mirzacho'l tekisligining sharqida joylashgan. Yer yuzasi tekislik (o'rtacha balandligi. 250 metr), lyossimon qumoq va qumloqlar bilan qoplangan.

Iqlimi kontinental. Iyulning o'rtacha harorati 28°, yanvarniki -2° dan -4° gacha. Yiliga 200-300 milimetr yog'in tushadi. Grunt suvlari sho'r va sho'rtob. Tuman hududidan «Do'stlik» kanalining O'ng tarmoq va Chap tarmoq ariqlari o'tadi. Oqindi sho'r suvlarni chiqarib yuborish uchun kanal, ariq va zovurlar qazilgan. Sirdaryoning chap sohilida bahorgi toshqin suvlarining to'planishidan hosil bo'lgan Achchiqko'l bor. Tuproqlari, asosan, bo'z tuproq. Sirdaryo soxili sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproklardan iborat. Mirzacho'l o'zlashtirilishi bilan dasht ekinzorlarga aylantirildi. Tabiiy o'simliklardan miya, yantoq, qamish, yulg'un, qiyoq kabilar ariq-zovurlar chetida, shuningdek, Sirdaryo Dehqonobod shaharchasidagi madaniyat saroyi yoqasida o'sadi. Chiyabo'ri, to'qay mushugi, bo'rsiq, qo'shoyoq, ko'rsichqon, kaltakesak va ilonlar uchraydi. Parrandalardan o'rdak, loyxo'rak, qirg'ovul, so'fito'rg'ay, chumchuq va boshqa bor. Axolisi, asosan, o'zbeklar; shuningdek, rus, koreys, tatar va boshqa millat vakillari yashaydi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash