20-mart Xalqaro o'rmonlarni himoyalash bayrami 

2 338

Butun dunyoda Xalqaro o'rmon kuni yoki Xalqaro o'rmonlarni himoya qilish bayrami 1971 yilda tashkil etilgan. 1971-yili 23-Bosh Assambleyasida o'tkazilgan Yevropa qishloq xo'jaligini konferensiyasi tashabbuschi bo'lib chiqdi, bu g'oya Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Butunjahon Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Shundan beri Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan har yili 20- yoki 21-mart - Xalqaro o'rmanlarni himoya qilish bayrami (International Day of Forests) nishonlanadi. Bayramni o'tkazishdan maqsad - o'rmonlarni saqlash zarurligini to'g'risida jamiyatni axborotlantirishdir. Bayram aynan, Janubiy yarim sharida kuzgi tengkunlik va Shimoliy yarim sharida tengkunlikka to'g'ri kelgan kunida nishonlanadi ( an'anaga ko'ra, bu kun yangi hayot, yangi tashabbuslar belgisi bo'lgan bahorning birinchi kuni). O'rmonlar muhofazasi, uning boyliklarini asrash muammolari Butun dunyo oldida zarur ekologik masalalardan hisobdanadi. O'rmon - bir-biriga va o'sish sharoitiga ta'sir etuvchi va geografik landshaft elementini hosil qiluvchi daraxtsimon o'simliklar majmui; Yer o'simlik qoplamining asosiy tiplaridan biri, biosferaning tarkibiy va juda muhim qismi. O'simliklarning ko'pgina hayotiy shakllaridan iborat bo'lib, bular orasida daraxt va butalar asosiy, o'tlar, butachalar, yo'sinlar, lishayniklar va hokozolar, ikkinchi darajali rol o'ynaydi. O'rmon Antarktidadan tashqari hamma qitalarda o'sadi, Yer sharidagi quruqlikning 38 millon kvadrat klometr (uchdan bir qismi) ishg'ol qiladi shundan 13% muhofaza qilinayotgan maydon. Yerning o'rmonlari maydoni 4 millard maydonni egallaydi (O'zbekistonda 8,5 millonni tashkil etadi, 2004). Kun sayin o'rmon maydoni kamayib bormoqda. Ekspertlar xisobi bo'yicha ohirgi 10 ming yil mobaynida inson tomonidan 26 millon kvatrat klometr o'rmon qirg'in qilingan. O'rmon tabiiy (urug'idan, vegetativ, bachkisidan) hamda sun'iy (urug' yoki ko'chat ekib) yo'l bilan tiklanadi. Tabiiy o'rmonlar asosiy maydonni egallaydi. O'rmon tarkibi va rivojlanishiga ko'ra bir qancha tiplarga ajratiladi. Har bir tip muayyan bir turdagi daraxtlar, butalar, shuningdek, o'tlar, butachalar, yo'sin va lishayniklardan iborat. O'sish mintaqalariga ko'ra, O'rmonlar Shimoliy yarim sharda tropik, subtropik, geografik zonallikka ko'ra tundra, tayga, dasht, cho'l, to'qay va boshqa, o'simlik-daraxtlar tarkibiga ko'ra qarag'ay, archa, qayin, eman va hokozolar O'rmonlariga bo'linadi. O'rmonning rivojlanishi tuproq, iqlim sharoiti, hayvonlar ishtiroki va roli, insonning bevosita aralashuvi bilan bog'liq. O'rmondan unumli foydalanilsa, etilgan daraxtlar tanlab qirqilsa, O'rmon uzoq yashaydi, yaxshi tiklanadi. O'rmon o'z navbati-da, tuproq sharoitiga, uning suv rejimiga, strukturasiga, organik va mineral moddalarning to'planishiga, tuproq unumdorligiga katta ta'sir ko'rsatadi. O'rmonda nam ko'pligi tufayli gumus (chirindi) mo'l to'planadi, tuproq tez ishqorsizlanadi, kislotaliligi ortadi, ildizlar chuqur tarqaladi. O'rmon yozgi, ayniqsa, qishki yog'inlarning taqsimlanishi va to'planishiga ta'sir ko'rsatib, o'simlik hamda hayvonlar uchun mikroiqlim yaratadi. Erning O'rmon qoplami — tirik moddalarning planetar akkumulyatorlaridan biri bo'lib, O'rmon biosferada bir qator kimyoviy elementlar va suvni saqlab turadi, troposfera bilan o'zaro faol ta'sirlashadi va kislorod hamda uglerod balansi darajasiny belgilaydi. Ular odamzod uchun kerakli bo'lgan kislorodning 60% ni ishlab chikaradi. O'rmon rekreasiya va sog'lomlashtirish ahamiyatiga ega. Tuproqni shamrl va suv eroziyasidan, temir va avtomobil  yo'llari, kanallar, qishloq xo'jaligi ekinlari ekilgan maydonlarni, aholi punktlaryni turli noqulay tabiiy hodisalardan himoya qiladi. O'rmonlar tog'larda sel oqimlarining vujudga kelishiga yo'l qo'ymay-di, qor ko'chishi, tuproqlar siljishining oddini oladi. O'rmon yog'ochlaridan 20 mingdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi. O'zbekiston Respublikasida O'rmonga oid munosabatlar 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «O'rmon to'g'risida» qonuni bilan tartibga solinadi (yana boshqalar. O'rmon resurslari, O'rmon fondi).

20-mart - Xalqaro baxt bayrami
2012-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 20-mart Xalqaro baxt kuni bayrami (International Day of Happiness) deb e'lon qilindi. Baxtga intilish dunyodagi barcha odamlarning umumiy tuyg'usi bo'lgan fikrini Birlashgan Millatlar Tashkiloti qo'llab-quvvatladi. Insoniyatning asosiy maqsadi ham – bahtdir. Ta'sis etuvchilar barcha mamlakatlarni har bir odamning farovonligini yaxshilashga chaqiradilar. Xalqaro baxt kunida dunyo jamoati diqqatini ekonomikani rivojlanishi balansli, teng xuquqli, xammani qamrab oladigan bo'lishi kerak. Shundagina, davlatlarda ekonomikani o'sishi, kelgusida qashshoqlik kamayish natijasi kutiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ta'kidlashicha, dunyo miqyosida baxt tuyg'usi yaratish uchun iqtisodiy rivojlanish ijtimoiy va ekologik dasturlar bilan ta'minlanishi zarur. Xalqaro baxt kuni katta bo'lmagan tog'li Butana (Bhutan) shahar tashabbusi bilan nishonlana boshlandi. Yalgi Milliy Baxt koeffisient bo'yicha Butana Qirolligi aholisi –dunyoda eng baxtlilardan hisoblanadilar. Yalgi Milliy Baxt koeffisient tushunchasi Butananing 4 qiroli tomonidan kiritilib, norasmiy davlat falsafasiga aylangan. 2006-yil iyul oyida xalq farovonligi, atrof-muhit holatini aks ettirish uchun Xalqaro baxt indeksi (Happy Planet Index) o'rnatildi. Falsafa, etika, psixologiya fanlari baxt ko'rinishini o'rganadilar. Ming yillar davomida baxt mavzusi shoirlar, rassomlar, musiqachilar, artistlar ijodida alohida o'ringa ega. Albatta, o'z tashvish va xursandchiliklari bilan xayotga yo'l olgan har bir inson o'zining katta-mi, kichik-mi Baxtiga ega bo'ladi.

20-mart Xalqaro go‘sht iste'mol qilmaslik kuni
1985-yildan ko‘p mamlakatlarda Xalqaro go‘sht iste'mol qilmaslik kuni (International Day Without Meat) nishonlanadi. Ushbu kunda do‘konlar  va restoranlar go‘sht savdosidan kechadilar, go‘sht tanovul qilmaydigan faollar vegetariantlikni, Hayvonlarga rahmli bo‘lish, atrof muhitni  himoyasi g‘oyalarini targ‘ib qiladilar. Ayrim  mamlakatlarda bayram davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, masalan, Shri-Lankada hokimiyat vakillari supermarket  egalariga go‘sht mahsulotlaridan o‘zini qat'iy tiyishni maslahat qiladilar. Rossiyada  bu kun 2012-yili nishonlangan. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, har yili yegulikda ishlatish maqsadida insonlar tomonidan 60 milliard xayvonlar (baliqlar,  molyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilardan tashqari) o‘ldiriladi. Shu damda, dunyoda milliardga yaqin insonlar  ocharchilik va toza ichimlik suvi yetishmovchiligidan  azoblanadilar, vegeterian ovqatga o”tish shu muammolarni bartaraf qiladi. Bir kg go‘sht yetiltirish uchun 10 kg don va 15 litr suv kerak bo‘ladi. Dunyo miq'yosida bunga kerak bo‘lgan yer maydonida ochdan o‘layotgan odamlar uchun qanchadan-qancha don yetishtirsa bo‘lar edi. Bundan tashqari, yangi yaylovlar yaratish maqsadida o‘rmonlarni  qirib tashlanishi,  yem-xashak  ekinlarida ishlatilgan yerlar bitishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida sayyoramiz biosferasiga ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi. Dunyoda yana shunga o‘xshash ikkita bayram bor: 1 oktyabr - Butun jahon vegetarianlik kuni, 1 noyabr - "Vegan jamiyati” tashkil etilgan kunda Xalqaro vegan kuni nishonlanishi. Ammo, vegetarian mahsulotlarni iste'mol qilganda, oziqlanish balansli bo‘lib, organizmda  oqsil miqdori kamayib ketmasligiga e'tiborli bo‘lish zarur. Sog‘lom bo‘ling, to‘laqonli ovqatlaning!

20-mart Xalqaro frankofoniya bayrami
Xalqaro frankofoniya kuni – bu fransuz tilida gapiradiganlar, ushbu tilni sevib, o'rganayotganlar bayrami. 1970-yil 20-mart kuni Niger poytaxtida fransuz tilida so'zlavchi davlatlarning birinchi davlatlararo tashkiloti barpo etildi. Bugungi kunda Xalqaro Frankofoniya Tashkiloti tarkibida 56 davlat va hukumat a'zolari, 14 kuzatuvchilar birlashgan, bu 803,44 mln. odam, shulardan 200 mln. fransuz tilida gapiradigan insonlarni tashkil etadi. Tashkilot 5 qit'ada o'z vakolatxonasiga ega, Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zolarining uchdan bir qismi tashkilotga kirgan. Tashkilotning asosiy maqsadi-fransuz tilini ommalashtirish va madaniy xilma-xillikni himoyalashga qaratilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.