22-dekabr eng qisqa kun va eng uzun tun sodir bo`ladi.


21-dekabrdan 22-dekabrga o'tar kechasi eng qisqa kun va eng uzun tun (17 soat) sodir bo'ladi. Qishning bu eng uzun va qorong'i kechasi Yaldo kechasi deyiladi. Elshunos olim Bilol Aminov yozishicha, Yaldo kechalarini kishilar zoriqib kutishgan. Qish kezlari hafta sayin gap-gashtak eyilgan, davraga to'plaganlar shirin suxbatlar qurishgan, sandal atrofida jam bo'lib palov yoki norin tonovul qilishgan. Yaldo kechalarida gap-gashtak o'tkazilgan xonadon sohiblari mehmonlarni to'kin dasturxon tuzab, kutib olishgan. Qo'y so'yilib, tandir nonlar yopilgan. Qishga asralgan qovun-tarvuzlar, uzum -anorlar omborlardan olib chiqilib, dasturxonga peshma-pesh tortib turilgan.Bu kechalarda birovni ig'vo qilish, g'iybat, gina-qudratga mutlaqo yo'l qo'yilmagan. Ahilu inoq ulfatlar kecha davomida birovni qizini turmushga berish, oralaridagi qiynalib qolgan oilalariga yordam qilish, to'y va ma'rakalarni o'tkazish kabilar haqida maslahatlashishgan. Yaldo kechalarida keksalar aloxida, yoshlar alohida yoki oila-oila bo'lishib, suhbat qilishgan.Xotin-qizlar ham o'z tengqurlari bilan ko'ngil ochishgan. Ular g'azalxonlik qilishgan, bahri-bayt aytishib, mushoirlar o'tkazishgan, raqs tushishgan, qo'shiqlar xirgoyi qilishgan, dutor-doira chalib, o'yin-kulguni qizitishgan.Mahalla choyxonalarida ham Yaldo kechasi o'tkazilib, gap-to'kma tashkil etilgan. Bunday gap-to'kmalarga sayyoxlar, boshqa yurtidan kelgan musofirlar, olimu fozillar, shoiru qalandarlar qatnashgan. Kishilar ularning suhbatlaridan dunyoda ro'y berayotgan yangiliklarni bilib olishgan. Xalq ashulachilari "Gulyoraxon-gulyora” kabi qo'shiqlarni aytib, o'yinga tushishgan. Yaldo kechasi eng uzoq tun bo'lgani uchun sevishganlar kechasi ham deyilgan. Yaldo kechasi sharq she'riyatida ham alohida ta'kidlagan. Bu kecha oshiqlar o'z yorlariga sovg'a-salomlar, shirinliklar hadiya etishgan.

21-dekabr krossvord paydo bo‘lgan kun
21-dekabr -Krossvord paydo bo‘lgan kun. Amerikaning "The New York World” gazeta 1913-yil 21-dekabr kuni "krossvord”-kodlangan shifrlangan habarlarni bosib chiqargan. Unga hammasi bo‘lib, 32 so‘zdan iborat "boshqotirma” bo‘lgan. Hozirgi kunda bu janr barcha gazetalarning ajralmas qismiga aylangan. Barcha gazeta-jurnal do‘konlaridan krossvordlar gazetasini topish mumkin. Maxsus nashriyot uylari shu janrdagi materiallarni chop etishga ixtisoslashgan. Dam olish maskanlarida, cho‘milish joylaridagi ermak o‘yinlar karta va "litrbol”ni o‘rnini krossvordlar egalladi. Turli janrlardagi krossvordlar odamlarning chinakam ermagiga aylangan. Buning uchun birinchi krossvord muallifi Artur Uiniga "Tashakkur” aytish kerak.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing!

Sharhlar

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив