Dilda Vatan suvrati 

3 439

 "Xorazm o’zining betakror obidalari bilan hanuzga qadar dunyo sayyohlari e’tiborida. Ichonqal’a, Dishonqal’a kabi me’moriy jihatdan ko’rkam va mustahkam binolari uning ko’rkiga ko’rk qo’shadi. Shunday jannatmakon yurtda yashayotganimizdan, beixtiyor, faxrlanamiz. Unga munosib avlod bo’lgimiz keladi..." Xivaning tarixiy qadamjolari video-slayd usulida namoyish etilarkan, shogirdimning bu fikrlari o’quvchilar qalbida yurtga bo’lgan muhabbat hissini yanada jo’sh urdirdi. 2012-yil aprel oyida azim Toshkent shahrida joylashgan Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi mehnat ta`limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabida Geografiya fanidan "Xorazm viloyati" mavzusining bunday keng yoritib berilishi barchani to’lqinlantirib yuborgandi. Shu tariqa "Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi" ko’rik-tanlovi Respublika bosqichi shartlarini a’lo darajada uddalagan Rustamjon "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi” ko`rik-tanlovida barcha viloyat vakillaridan ustun topilib, 1-o’ringa sazovor bo’lganining guvohi bo`lganman. Shogirdimga bilimi, mahorati, iste’dodiga berilgan haqqoniy baho, tinimsiz mehnatining arzirli mukofoti edi. Shogirdimning bu yutug`idan qunonib, hatto ko`zimga yosh keldi. 
  Rustam intiluvchan, o’ziga talabchan muallim. 2011-yil "O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi" ko’krak-nishoni bilan taqdirlandi. 2012-yil ham bildirilgan ishonchimni oqladi. 
  Men shogirdimni yaxshi oila boshlig`i va mehribon ota sifatida ham yaqindan bilaman. U oilasiga g`amxo`r va mehribon. Atrofidagilar xizmatiga hamisha hozir-u nozir. Rustam juda ko`p unumli ijodiy mehnat qiladi, savobli ish qilishdan hech charchamaydi. Men shunday shogirdim borligidan faxrlanaman.
  Maqsadi-yosh avlodga mukammal ta’lim-tarbiya berish orqali Vatanimiz ravnaqiga o`zining munosib hissasini qo’shish. 
Najmiddin Murodov
Faxriy pedagog, Xalq ta`limi a`lochisi

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.