Kipr 

7 352

  Rasmiy nomi — Kipr Respublikasi. Poytaxti — Nikosiya. Hududi — 9251 km.kv. Aholisi – 1 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — grek va turk tillari. Dini — pravoslavlar (78%), musulmonlar (18%). Pul birligi — kipr funti va turk lirasi.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Kipr — 0‘rtayer dengizining sharqiy qismidagi Kipr orolida joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 648 km. 1974-yil Turkiya okkupatsiyasi natijasida orolning shimoliy qismi 2 qismga: greklar zonasi va turklar zonasiga bo‘lindi, shuningdek, 2 ta harbiy baza joylash­gan Buyuk Britaniyaga tegishli katta bo‘lmagan zona ham bor. Orol bo‘ylab sharqdan g‘arbga tomon ikkita tog‘ tizmasi cho‘zilgan. Ular orasida tepaliklar bilan qoplangan tekislik yotadi. Mamlakatning eng baland tog‘i — Olimp (1952 m). Asosiy tabiiy resurslari mis, xrom, tuz, gips, marmar, asbest, yog‘och, oxra. Hududining 40% i haydaladigan yerlar, 18% o‘rmonlar va butazorlar, 10% i o‘tloq va maysazorlardan iborat.
   Iqlimi — subtropik. 0‘rmonlarning vahshiylarcha yo‘qotilishi natijasida, o‘rmonlar faqatgina Troodos tog‘laridagina qolgan. Bu yerda kiparis, alepp qarag‘ayi, eman, kedr, kashtan, doimiy yashil buta, makves o‘sadi. Orol faunasining boy emasligi o’rmonli massivlarning kamligi bilan bog‘liq. Hamma yerda tulki va quyonlarni uchratish mumkin. Kaltakesak va ilonlar, qushlardan moyqurt, to‘rg‘ay, qaldirg‘ochlar ko‘p. Kipr suv bilan o‘ralgani tufayli baliqqa boy.
   Davlat tuzilish va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishiga ko‘ra — prezidentlik respublikasi. Kiprlik turklar tomonidan e’lon qilingan Shimoliy Turk Respublikasi jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan. Ma’muriy-hududiy jihatdan 6 ta shaharga bo`linadi. Limasol, Larnaka, Pafos greklar qismida, Kireniya, Morfu, Famogusta turklar qismida. Kipr 1960-yil 16- avgustda mustaqil respublikaga aylangan. Greklar qismi­da 1-oktabr — Mustaqillik kuni. Kiprning turklar qismi­da Milliy bayram — 15-noyabr. Prezident — davlat va hukumat boshlig‘i. Kiprning turklar qismida o‘z prezidenti, premyer-ministri va Vazirlar Kengashi bor. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament — Vakillar palatasi. Kiprning turklar qismida o‘z parlamenti — Respublika Majlisi faoliyat ko‘rsatadi. Asosiy siyosiy partiyalari: Demokratik yig‘ilish, Liberallar partiyasi, Kipr mehnatkash xalqining progressiv partiyasi, Demokratik partiya, Markazning yagona demokratik ittifoqi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlari: (YIMning 14% i) tog‘-konchilik, yengil mashinasozlik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash sanoati, kimyoviy o‘g‘itlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish. Kiprda xizmat ko’rsatish sohasi rivojlangan (YIMning 53% i), turizm jadal suratda rivojlanmoqda.
   Qishloq xo‘jaligidagi asosiy tarmoqlar: uzum va sitrus mevalarga ishlov berish. 2012-yil YIM miqdori 18,1 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 18,1 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Brita­niya, Gretsiya, Germaniya.
Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 10780 km. Portlari: Kireniya, Larnoka, Limasol, Pafos, Famagusta.
   Tarixi. Kipr m.a. Ill ming yillik boshlaridayoq suriyaliklar va anatoliyaliklarga ma’lum edi. M.a. XVI asrda orol misrliklar tomonidan bosib olinganidan keyin m.a. 1450-yildan mamlakat tarixida ellinlar davri boshlandi. M.a. IX-VIII asrlarda Kipr mustaqil davlatga aylangan. Lekin m.a. 707-yildan boshlab ossuriyaliklar, misrliklar va forslar tomonidan navbatma-navbat zabt etilgan. Aleksandr Makedonskiy imperiyasi inqirozga uchragandan keyin Kiprda Ptolemeylar hukmronlik qildi. 58-yildan Kipr Rim provinsiyasiga, 395-yilda Vizantiya imperiyasi qismiga aylandi. Orol arablar tomonidan okkupatsiya qilingandan keyin 632-864- yillar davomida ular hukmronligi ostida bo‘ldi. So‘ng 1191-yilgacha yana Vizantiya imperiyasi hukmronligiga o‘tdi. 1192-1489-yillarda Kipr va Quddus qirolligi, bundan keyin 1571-yilgacha Venetsiya mustamlakasi, 1898-yildan-Britaniya mustamlakasi. 1960-yili Kipr mustaqillikka erishdi, lekin hududiy yaxlitligini saqlab qola olmadi. 1974-yilda turk qo‘shinlarining okkupatsiyasi natijasida ikkiga bo‘linib ketdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.