Kuba 

8 507

 Rasmiy nomi — Kuba Respublikasi. Poytaxti — Gavana. Hududi – 110,9 ming km.kv. Aholisi -11,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katolik. Pul birligi — kuba pesosi.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Kuba Karib havzasi, Kuba oroli va unga yaqin orollarda joylashgan davlat. AQSH tomonidan ijaraga olingan Guantanamo harbiy bazasi (Kuba hududi hisoblanadi) bilan chegara uzunligi — 29,1 km. Kuba janubda Karib dengizi, shimolda Kubani Florida shtatidan (AQSH) ajratib turgan Florida qo‘ltig‘i, janubi g‘arbda Yukatan qo‘ltig‘i, sharqda suv orqali Gaiti bilan tutash. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 3735 km.kv. Mamlakat hududi asosan tekisliklar va tepaliklardan iborat. Tog’lar hududning to‘rtdan bir qismini egallaydi. Asosiy daryosi — Kauto. Asosiy tabiiy resurslari: nikel, kobalt, mis, marganes, xrom, yog‘och. Haydaladigan yerlari hududining 23%, o‘tloq va maysazorlar 23% ini egallaydi.  Iqlimi — tropik. Palmaning har xil turlari, sitrus o‘simliklari keng tarqalgan. Hayvonot dunyosi kambag‘al. Yirtqich hayvonlar va zaharli ilonlar yo‘q. Qushlar, mollyuskalar ko£p.
 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi respublika, amalda mamlakatda kommunistik avtoritar rejim o‘rnatilgan. Mamlakat tarkibi 14 ta provinsiya va Xuventud munitsipiyasidan iborat. Kuba 1898-yili Ispaniyadan mustaqillikni qo‘lga kiritdi, lekin 1902-yil 20-maygacha AQSH boshqaruvida bo‘ldi. Milliy bayramlari: 26-iyul — Xalq qo’zg‘oloni kuni (1953-yil) va 1-yanvar — Ozodlik kuni (1959-yil). Ijro etuvchi hokimiyat Davlat Kengashi raisi (davlat boshlig‘i) va Vazirlar Kengashi raisi (hukumat boshlig‘i)ga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament — Milliy Assambleya. Yagona siyosiy partiyasi: Kuba Kommunistik partiyasi.
 Iqtisodi va transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodi inqirozni boshdan kechirmoqda. Keyingi yillarda hukumat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirishga, turizm va sanoat korxonalari uchun chet el investitsiyalarini jalb etishga faol harakat qilmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: MDH mamlakatlari, Ispaniya, Xitoy, Argentina. Temiryollarining umumiy uzunligi — 12947 km, avtomobil yo‘llari — 26477 km, ichki suv yoilari — 240 km. Portlari — Gavana, Kartinas, Mansanilyo, Mantansas, Santyago de-Kuba.
  Tarixi. Kuba 1492-yil Kolumb tomonidan kashf etilgan. Ispan mustamlakachilari oroldagi mahalliy aholini deyarli yo‘qotib, Kubaga plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan qullarni olib keldilar. AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mustaqillik uchun urush 1868-yilda boshlanib, muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 1898-yil AQSH Ispaniyaga urush e’lon qilib, o‘z qo‘shinlarini Kubaga yubordi va Kuba 1902-yilda mustaqil Respublika deb e’lon qilindi. Kuba AQSHga iqtisodiy qaram bo‘lgan holda, bir nechta diktatorlik rejimlami boshidan o‘tkazdi. 1959-yilda Fidel Kastro boshchiligidagi kubaliklar Batista diktaturasini ag‘darib tashlab, mamlakatni sotsialistik yo‘ldan rivojlanuvchi davlat deb e’lon qildi. 2007-yilning dekabrida F.Kastro kasalligi tufayli hukumatni boshqarishni ukasi R.Kastroga topshirdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.