Yangi Zelandiya 

18 825

  Rasmiy nomi — Yangi Zelandiya. Poytaxti — Vellington. Hududi – 270,5 ming km2. Aholisi – 4 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — xristianlik. Pul birligi — yangi zelan­diya dollari.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining janubiy qismida ikkita yirik orolda (Kuk bo‘g’ozi ajratib turadigan shimoliy va janubiy orollarda) va bir nechta mayda orollarda (Styuart, Chatem, Kermadek, Kempbell) joylashgan davlat. Sharqda — Tinch okeani, shimolda — Fidji dengizi, g’arbda esa orollarni Avstraliya materigidan ajratib turadigan Tasman dengizi bilan tutashib ketgan. Bundan tashqari, Yangi Zelandiya Tinch okeanining markaziy qismida joylashgan Tokelau, Kuk, Niue orollariga ham egalik qiladi. Sohil bo’ylab chegara uzunligi — 15134 km. Qirg’oqlari joylarda fordlar bilan ajralgan. Hududining katta qismini tog‘lar, qoyalar va tepaliklar egallagan. 200 dan ko‘proq cho‘qqilarning balandligi 2300 m dan oshiq. Eng yuqori nuqtasi Kuk tog‘i (3754 m)da joylashgan. Faol harakatdagi vulqonlar, geyzerlar, issiq mineral buloqlar bor. Tez-tez zilzila bo‘lib turadi. Mamlakatda vulqonlar natijasida paydo bo‘lgan ko‘llar juda ko‘p boiib, ulardan eng yirigi — Taupo (606 m2) ko‘lidir. Bosh daryosi — Uaikato. Asosiy tabiiy resurslari — tabiiy gaz, temir rudasi, ko‘mir, mis, oltin, gidroenergetik resurs- lar. Umumiy yerlarining yarmidan ko‘prog‘i (53%)ni o‘tloq va yaylovlar, 38% hududini o‘rmon va to‘qayzorlar egallaydi. Iqlimi — mo‘tadil. Janubiy orolning tekisliklari va shimoliy orolning bir qismi tassek (qumlikda o‘sadigan o‘simliklar) bilan qoplangan. Toglarda janub buki o‘rmonlari, shimoliy orolda esa subtropik o‘rmonlar bor. Orollarning faunasi juda o‘ziga xos. Yangi Zelandiyadagi qushlarning 90%i endemiklardir. Bu yerda hayvonlarning ayrim guruhlari umuman yo’q. Kam uchraydigan, uchmaydigan qushlarning ko‘pchilik turlari — kivi, kakapo to‘tisi, juda kam uchraydigan takaxe qushi ham uchraydi. Yangi Zelandiyada uchray­digan eng qadimgi umurtqalilardan — tuatara yoki gatteriyalar bu yerda mamontlar paydo bo‘lgunga qadar ham istiqomat qilishgan.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Mamlakat Buyuk Britaniya hamdo‘stligi tarkibiga kiradi. Yangi Zelandiya 10 ta provinsiyaga bo‘lingan. Mamlakat 1907-yil 26- sentabrda Buyuk Britaniyadan mustaqillik olgan. Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Milliy bayrami — 6-fevral — Vaytongi kuni (1840). Davlat boshlig’i rasmiy ravishda britan monarxi (hozirgi kunda qirolicha Yelizaveta II) hisoblanadi, uning nomidan general-gubernator ish yuritadi. Amalda ijroiya hoki­miyat premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ — Vakillar palatasi (bir palatali parlament)dir. Yirik siyosiy partiyalari: Yangi Zelandiya Milliy partiyasi, Yangi Zelandiya leyboristlar partiyasi, Mana Motuxake (Bizning meros).
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Oxirgi o‘n yillik davomida hukumat Buyuk Britaniyaga bog‘liq bo‘lgan va agrar iqtisodiyot yo‘nalishini erkin bozor munosabatlariga asoslangan jahon iqtisodiyotiga moslashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Sanoatining nisbatan taraqqiy etgan tarmoqlari: oziq-ovqat ishlab chiqarish, selluloza-qog‘oz, kimyo, mashinasozlik, to‘qimachilik. Yuksak darajada rivojlangan qishloq xo‘jaligida (YIM — 9%) peshqadam o‘rinni chorvachilik egallaydi (qishloq xo’jalik mahsulotlarining 80%ini beradi). Mamlakat iqtisodiyotida o‘rmonchilik va baliqchilik ham muhim o‘rin tutadi. Muhim savdo hamkorlari — YI mamlakatlari, Yaponiya, Avstraliya, AQSH. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 4716 km, avtomobil yo’llari — 92648 km (49547 km qattiq qoplamali yoilar), ichki suv yo’llari esa — 1609 km. Mamlakatning asosiy portlari — Vellington, Oklend.
  Tarixi. Maori xalqlari istiqomat qilib kelgan Yangi Zelandiya 1642-yili A. Tasman tomonidan kashf etilgan. XX asrda inglizlar tomonidan mamlakatni mustam- lakalashtirish maorilar qarshilik ko‘rsatganligi tufayli (1842-1846, 1860-1868-yillardagi maori urushlari) ju­da sekinlik bilan bordi. 1851-yilda Buyuk Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilingan Yangi Zelandiya 1907-yili dominion maqomini qoiga kiritdi. Britan hamdo‘stligi tarkibida mustaqillikka esa 1931-yili erishdi. Fransiya tomonidan Tinch okeanida yadro sinovlarining o‘tkazilishi Yangi Zelandiya tomonidan qattiq qoralandi, 1985-yilgi «Grinpis ishi»dan keyin esa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.